1-mavzu: Mehnat toʻg‘risidagi fanning yuzaga kelishi va uning jamiyat rivojlanishidagi roli


Download 0.65 Mb.
bet1/4
Sana16.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1204156
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

1-mavzu: Mehnat toʻg‘risidagi fanning yuzaga kelishi va uning jamiyat rivojlanishidagi roli

Reja:

  • 1.Mehnat toʻg‘risidagi fanning yuzaga kelishida Arastudan A.Smitgacha boʻlgan davr.
  • 2.Fransua Kene, D.Rikardo J.B.Sey, Y.Shumpeter, J.M.Keyns ta’limotlari va A.Temurning iqtisodiy goyalari.
  • 3.Mehnat toʻg‘risidagi fanni yuzaga kelishida Islom iqtisodiyoti mafkurachilar va sharq iqtisodiy tafakkurining oʻrni.

1.Mehnat toʻg‘risidagi fanning yuzaga kelishida Arastudan A.Smitgacha boʻlgan davr.

Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi insoniyat tarixiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan nazariyalar bilan bog‘langan. Zero ular insonning eng muhim, uni boshqa jonzodlardan farqlaydigan mohiyati – mehnat qilish qobiliyati, ya’ni tabiat ashyolarini ongli ravishda o‘zgartira borib, ularni o‘z talab-ehtiyojlariga moslashtira olishiga taalluqlidir.

  • Aristotelning g‘oyalarida ikkala yo‘nalish kurtaklari mavjud. U qiymat qonuni muammosini qo‘yadi, lekin unga to‘la javob topa olmaydi. U almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko‘radi. “Nikomaxov axloqi” asarida u shunday fikr yuritadi: “Jamiyat ikki vrachdan tashkil bo‘lmaydi, balki vrach va dehqondan, umuman bir xil va teng bo‘lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni bir- biriga tenglashtirish zarur. SHuning uchun almashuvga uchraydigan barcha narsalarni tenglashtirish, solishtirish zarur.

Platon (Aflotun) “Davlat” va “Qonunlar” asarlarida ideal davlat qanday bo‘lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‘ldi. Uningcha, bu davrda xususiy mulk va erkin xo‘jalik tashabbusiga o‘rin yo‘q. U aholini uch toifaga ajratgan:


1. Faylasuflar – davlatni boshqaruvchilar.
2. Harbiylar – davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo‘lib, ular biror mulk egasi bo‘lish huquqiga ega emas, iste’mol qilish esa ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
3. “Qora” toifa – dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo‘lib, ular mulk egasi bo‘lishi kerak.

Siyosiy iqtisodning ajralmas qismi bo‘lgan mehnat to‘g‘risidagi fanni rivojlantirishga ingliz iqtisodchi olimi Adam Smit nihoyatda katta hissa qo‘shdi.

  • Adam Smit (1723 SHotlandiyaning Kerkoldi shaharchasida tug‘ilgan, - 17.1790, Edinburg shahrida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi va faylasuf, klassik burjua siyosiy iqtisodining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi. Bojxona amaldorining o‘g‘li bo‘lib, u Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim olgan. 1764- 66 yillarda Fransiyada yashagan, u erda fiziokratlar bilan tanishgan. 1759 yilda uning “Axloqiy hissiyot nazariyasi” deb nomlangan kitobi yaratildi. 1776 yilda A. Smitning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot” deb nomlangan asosiy asari nashr qilindi. A.Smitning xizmati mehnat qiymati nazariyasining eng muhim kategoriyalarini ishlab chiqqanligidan iborat. Smitning ilmiy g‘oyalari klassik burjua siyosiy iqtisodining poydevori bo‘ldi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling