1-mavzu: Mehnat toʻg‘risidagi fanning yuzaga kelishi va uning jamiyat rivojlanishidagi roli


Download 0.65 Mb.
bet3/4
Sana16.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1204156
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Ishchi kuchi insonning o‘z qiymatidan ko‘proq qiymat yaratadigan mehnat qobiliyati bo‘lib, klassik iqtisodchi olimlar A. Smit, D. Rikardolar tomonidan ishlab chiqilgan qiymatga oid mehnat nazariyasi va tovarlar qiymatining negizida mehnat yotadi, degan qoidaga tayangan.

  • Bu o‘rinda shuni aytib o‘tish kerakki, fransiyalik iqtisodchi Jan Batist Seyishlab chiqarish omillari nazariyasini 1803 yilda yaratgan bo‘lib, bu nazariyaga ko‘ra qiymat mehnat, er va kapital kabi omillarning amal qilishi bilan belgilanadi.
  • Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning ikkinchi boshlang‘ich mulohazasi uning «ishchi kuchi» tushunchasining o‘ziga xos talqinini kiritganligidadir.Ishchi kuchi yoki mehnat qobiliyati deganda biz inson organizmi, insonning tirik shaxsi ega bo‘lgan va u har safar biron-bir iste’mol qiymatini ishlab chiqarayotganida ishga soladigan jismoniy va ruhiy qobiliyatlarining yig‘indisini tushunamiz. Ishchi kuchi deganda odamlarning turli toifalari tushunilgan. Hozirgi kunda ushbu ta’rifdan tashqari yana bir qancha ta’riflar mavjud.
  • Ishchi kuchi deganda yoshi 16 dan oshgan va shu vaqtda ishlab turgan yoxud faol ravishda ish izlayotgan, yoxud ishdan bo‘shaganidan keyin uning xizmatlariga yana murojaat qilishlarini kutadigan xodimlar nazarda tutiladi - hozirgi amerikalik mehnat iqtisodiyoti tadqiqotchilari ishchi kuchi tushunchasini ana shunday talqin qiladilar

3.Mehnat toʻg‘risidagi fanni yuzaga kelishida Islom iqtisodiyoti mafkurachilar va sharq iqtisodiy tafakkurining oʻrni.

  • O‘rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy bilimlarini egallashlarida islom dinining tarqalishi, uning iqtisodiy g‘oyalari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ma’lumki, islom iqtisodiy g‘oyalari musulmonlarning muqaddas kitobi «Kur’oni Karim»da, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam (570-632) Xadislarida, mashhur «Muhtasar» deb nomlangan kitobda va boshqa ko‘plab tarixiy kitoblarda o‘z ifodasini topgan.
  • «Kur’oni Karim»da iqtisodiyotga oid juda ko‘p ko‘rsatmalar bilan bir qatorda mehnat qilish va mehnat orqali hayot kechirishga da’vat qilingan. Mehnat har bir musulmon uchun ham bu dunyo, ham u dunyoda halovat ko‘rishning manbai deb tushuntiriladi.
  • Inson jamiki boyliklari, hayot quvonchlarini mehnat, faqat mehnat orqali yaratadi. «Islom iqtisodiyoti» mafkurachilari ham mehnat va mehnatkashlikni ulug‘laydilar, uning ildizlarini islom ko‘rsatmalari bilan bog‘laydilar. Mehnatni musulmon odamning muqaddas vazifasi, ijtimoiy taraqqiyotning so‘zsiz sharti deb biladilar. Masalan, Muhammad ash-SHarani «Islomda ijtimoiy kafolat» degan kitobida shunday yozadi: «Mehnat – muqaddas ish bo‘lib, islom unga jiddiy munosabatda bo‘lishga da’vat etadi. Inson mehnati uning aqli va tanasining faoliyatidir. Ko‘pincha inson mehnatdan zavq-shavq oladi. Mehnat ijtimoiy zulmga qarshi yo‘ldir»

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling