2.Fransua Kene, D.Rikardo J.B.Sey, Y.Shumpeter, J.M.Keyns ta’limotlari va A.Temurning iqtisodiy g‘oyalari. - XVIII asrda Fransiyada klassik yo‘nalish doirasida fiziokratlar maktabi shakllandi va bu maktab vakillari fermerlarni himoya qilish asosida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish mamlakatni og‘ir ahvoldan chiqarishning bosh yo‘lidir deb bilganlar. Ushbu maktabning asoschisi Fransua Kene mehnat sof mahsulot manbai ekanligi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi.
- Fransua Kene(1694-1774 yy.) Versal yaqinida dunyoga keldi. U yoshligidan tabobatga havas qo‘ydi, tibbiy amaliyot unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo‘ldi va Versal saroyiga (Lyudovik XVsaroyiga) o‘tdi. 1744 yilda tibbiyot doktori ilmiy darajasiga erishdi. Tabobat va biologiyaga oid ko‘pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshidan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan shug‘ullana boshladi. U iqtisodiyotda takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko‘rsatishga birinchi bo‘lib urindi. U o‘sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo‘ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda «Iqtisodiy jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko‘rsatilgan.
D. Rikardo ta’limoti - Mehnat mahsulot qiymatidagi moddiylashgan holatiga nisbatan kam bo‘lmagan darajada muhim sifatga ega bo‘lar ekan, mehnat va uning egasi bo‘lmish ishchi kuchi iste’mol qiymatiga ega bo‘ladi. SHunga ko‘ra, mehnat asosidagi iste’mol qiymati ko‘ngildagidek konsepsiyaviy negiz bo‘ladiki, hanuzgacha ishlab chiqilmagan keng ma’nodagi siyosiy iqtisod rolini bajaradigan «mehnat siyosiy iqtisodi» ayni shu negizga tayanib yaratilishi mumkin.
- D.Rikardo mehnat to‘g‘risidagi iqtisodiy nazariya yo‘nalishlaridan birining asoschisi hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisod va soliq solish asoslari» asarida bunday deb yozgan edi: «Tovarning qiymati yoki u ayirboshlanayotgan birorta boshqa tovarning miqdori uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatga to‘lanadigan ko‘proq yoki kamroq haqqa emas, balki shu mehnatning nisbiy miqdoriga bog‘liq»
Do'stlaringiz bilan baham: |