1-Mavzu. «Makroiqtisodiyot» fanining predmeti va mazmuni


Download 137.78 Kb.
bet1/7
Sana17.02.2023
Hajmi137.78 Kb.
#1204752
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu


1-Mavzu. «Makroiqtisodiyot» fanining predmeti va mazmuni

  1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti

2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari
3. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning
doiraviy oqimi modeli



  1. Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti

Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan bo’lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo bo’ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’siri xos bo’lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Frantsiya qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali” ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo’lladi.
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valьras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo’yilgan edi deb ta’kidlash mumkin. Keyinchalik, K.Marks o’zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab chiqarish sxemasi, V.Leonьtev esa o’zining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo’limi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi. Djon Meynard Keyns (1883- 1946) esa o’zining “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga yetkazdi. SHu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.
SHunday qilib, makroiqtisodiyot o’z predmeti va tadqiqot usullariga ko’ra mustaqil fan sifatida XX asrning o’rtalariga kelib shakllanib bo’ldi.
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi hisoblanib, unda milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanadi:
a) pozitiv makroiqtisodiyot;
b) normativ makroiqtisoiyot.

Download 137.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling