IX. Dravid tillariga quyidagi tillar kiradi:
a) tamil tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 3,5 millionga yaqin kishi bo‘lib, ular Hindistonning Janubi-sharqida va Seylon orolining shimolida yashaydi;
b) malayalam tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 13 milliondan ko‘proq kishi bo‘lib, ular Hindistonning Janubi-g‘arbida yashaydi;
v) kannara tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 14,5 million kishi bo‘lib, ular G‘arbiy Hindistonda yashaydi;
g) telugu tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 31 million kishi bo‘lib, ular Hindistonning Janubi-sharqida yashaydi;
d) braxun tili (260 mingga yaqin kishi so‘zlashadi) va boshqa bir qancha kichik tillar dravid tillar oilasiga kiradi.
X. Malay-polineziya tillari. Bu tillarga malay yoki indoneziya tili kiradi. Indoneziya Respublikasining (poytaxti Jakarta) davlat tili. Shuningdek, madura tili, bali tili, yavan tili, tagalog tili, maori tili, samoa tili va uvea tili kabi bir qancha tillar ham shunga kirdi. Bu tillarda so‘zlashuvchi kishilar soni hali yaxshi aniqlanmagan. Umuman, malay-polineziya tillarida 90 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
XI. Avstraliya guruhi tillari. Bu tillar oilasiga juda ko‘p kichik tillari kiradi, lekin ular ham yaxshi o‘rganilmagan.
XII. Papua tillari. Bu tillarda so‘zlashuvchilar Yangi Gvineya orolida yashaydi. Bu tillar ham hali yaxshi o‘rganilmagan.
XIII. Sudan tillari. Sudan tillarida so‘zlashuvchilar Afrikada yashaydi. Bu tillar bir necha guruhlarga bo‘linadi: chunonchi: nil-chad, nil-abissan, nil-ekvator, kardofan, nil-kongo, ubang, shor niger-chad, niger-kamerun, quyi-niger, dagomey, niger-latgal, liberi va senegal gviney guruhlari kabi.
XIV. Bantu tillari. Bu tillarda so‘zlashuvchilar markaziy va Janubiy Afrikada yashaydi. Bu tillar: teke, songo, suaxeln, konde, makua va sotko kabi bir necha guruhlarga bo‘linadi.
XV. Paleoafrika tillari. Bu tillarda so‘zlashuvchilar ham Afrikada yashaydi. Ular ikki guruhga ya’ni bushmen va gottentog tillari guruhiga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |