2-ma’ruza. Tillar tasnifi soat Reja : Morfologik tasnif


Kelt tillari guruhiga quyidagilar kiradi


Download 38.1 Kb.
bet5/10
Sana19.01.2023
Hajmi38.1 Kb.
#1100514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7.Kelt tillari guruhiga quyidagilar kiradi:
a) irland tili. Bu til Irlandiya Respublikasining (poytaxti Dublin) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 800 ming kishi so‘zlashadi;
b) shotland tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 140 mingdan ko‘p kishi bo‘lib, ular Angliyada yashaydi;
v) breton tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq kishi bo‘lib, ular Fransiyaga qarashli Bretan‘ yarim orolida yashaydi;
d) uel‘s (valli) tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq kishi bo‘lib, ular Angliyaning g‘arbiy qismida yashaydi.
O‘lik tillardan gal va kornoul tillari ham kal‘t tillari guruhiga kiradi.
8.Grek (yunon) tili guruhiga yangi grek (yangi yunon) tili kiradi:
Bu til Gretsiyaning (poytaxti Afina) davlat tili bo‘lib, bu tilda 9 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;
O‘lik tillardan qadimgi yunon, o‘rta yunon yoki Vizantiya tillari ham grek tili guruhiga kiradi.
9.Alban tili guruhiga alban tili kiradi. Alban tili Albaniya Xalq Respublikasining (poytaxti Tirana) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 2 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. Alban tilidagi yozuv yodgorliklari XV asrdan beri ma’lumdir.
10.Arman tili guruhiga hozirgi zamon arman tili kiradi. Bu til Armanistonning (poytaxti Erevan) davlat tili bo‘lib, bu tilda 3 milliondan ko‘proq kishi so‘zlashadi. O‘lik tillardan qadimgi arman tili ham bu guruhga kiradi.
11.Xom-som tillari oilasi. Bu tillar oilasi ikki katta guruhga: 1) som tillari guruhiga va 2) xom tillari guruhiga bo‘linadi.
1. Som tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
Arab tili. Bu tilda 50 milliondan ortiqroq kishi so‘zlashadi. Arab tili Birlashgan Arab Respublikasi (poytaxti Qohira), Iroq respublikasi (poytaxti Bag‘dod), Sudan (poytaxti Xartum), Marokash (poytaxti Rabat), Livan (poytaxti Bayrut), Tunis (poytaxti Tunis), Iordaniya (poytaxti Irlandiya), Liviya (poytaxti Tripoli), Jazoir Xalq respublikasi (poytaxti Jazoir), Yaman respublikasi (poytaxti Sana), Suriya arab resupblikasi (poytaxti Damashq) kabi bir qancha arab mamlakatlarining davlat tilidir.
Afrika qit’asida yashovchi yana bir qancha xalqlar arab tilida so‘zlashadi. Shuningdek, janubiy arab tili, amxar tili, aysar tili hamda o‘lik tillardan asseriya, vavilon, xonaney, qadimgi yahudiy va aramay tillari ham som tillari guruhiga kiradi.
2. Xom tillari guruhiga: shilx, tuareg, kabil, amazirt tillari, o‘lik tillardan esa liviya, numid, shtul, qadimgi misr tillari va boshqa tillar kiradi. Umuman, xom-som oilasiga kirgan tillar yaxshi tekshirilib o‘rganilmagan.

Download 38.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling