2-ma’ruza. Tillar tasnifi soat Reja : Morfologik tasnif
Boltiq tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi
Download 38.1 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- German tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi
- 6.Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi
4.Boltiq tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) litva tili. Bu til Litva respublikasining (poytaxti Vil‘nyus) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2,2 million kishi so‘zlashadi; b) latish tili. Bu til Latviya respublikasining (poytaxti Riga) davlat tili bo‘lib, bu tilda 1,5 million kishi so‘zlashadi. O‘lik tillardan prus tili ham boltiq tillari guruhiga kiradi. 5.German tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) ingliz tili. Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 400 millionga etadi. Bu tilda so‘zlashuvchilar Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shimoliy Amerika Shtatlari, Kanada, Janubiy Amerika Ittifoqi va boshqa joylarda yashaydi. Ingliz tili buyuk Britaniya (Poytaxti London), Shimoliy Amerika Qo‘shma Shtatlari (poytaxti Vashington), Kanada (poytaxti Ottava) kabi bir qancha mamlakatlarning davlat tilidir; b) nemis tili. Nemis tili Germaniya Federativ Respublikasining (poytaxti Berlin), Avstriya Respublikasining (poytaxti Vena davlat tili bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 100 milliondan oshadi); v) daniya tili. Bu til Daniyaning (poytaxti Kopengagen) davlat tili bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 4 millionga yaqindir; g) shved tili. Bu til Shvesiyaning (poytaxti Stokgol‘m) davlat tili bo‘lib, bu tilda 7 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi; d) norveg tili. Bu til Norvegiyaning (poytaxti Oslo) davlat tili bo‘lib, bu tilda 3,5 million kishi so‘zlashadi; e) golland tili. Bu til Gollandiyaning (Niderlandiyaning) (poytaxti Amsterdam) davlat tili bo‘lib, bu tilda 13 million kishi so‘zlashadi; j) island tili. Bu til Islandiyaning (poytaxti Reykyavik) davlat tili bo‘lib, bu tilda 250 ming kishi so‘zlashadi. O‘lik tillardan vesgod va ostgot tillari ham german tillari guruhiga kiradi. 6.Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) fransuz tili. Bu til Fransiyaning (poytaxti Parij) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 60 million kishi so‘zlashadi; b) italyan tili. Bu til Italiyaning (poytaxti Rim) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 50 millionga yaqin kishi so‘zlashadi; v) ispan tili. Bu til Ispaniyaning (poytaxti Madrid) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 95 millionga yaqin kishi so‘zlashadi; g) portugal tili. Bu til Portugaliyaning (poytaxti Lissabon) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 45 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi; d) rumin tili. Bu til Ruminiya Respublikasining (poytaxti Buxarest) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 18 millionga yaqin kishi so‘zlashadi; e) moldava tili. Bu til Moldaviya respublikasining (poytaxti Kishinev) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 2 millionga yaqin kishi so‘zlashadi; j) provansal tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 10 milliondan ko‘p kishi bo‘lib, ular Fransiyaning janubi-sharqida yashaydi; z) sardin tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq bo‘lib, ular Italiyaga qarashli Sardiniya orolida yashaydi; i) katalan tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar besh milliondan oshiq kishi bo‘lib, ular asosan, Ispaniyada yashaydi; k) reto-roman tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 550 ming kishi bo‘lib, ularning aksariyati Italiyada yashaydi. O‘lik tillardan latin, osk, umbr tillari ham roman tillari guruhiga kiradi. Download 38.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling