2-ma’ruza. Tillar tasnifi soat Reja : Morfologik tasnif


IV. Ugor-fin tillari oilasi 2 guruhga


Download 38.1 Kb.
bet7/10
Sana19.01.2023
Hajmi38.1 Kb.
#1100514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IV. Ugor-fin tillari oilasi 2 guruhga: 1) ugor tillari; 2) fin tillari guruhiga bo‘linadi.
1.Ugor tillariga quyidagilar kiradi:
a) venger (mojar) tili. Bu til Vengriya Respublikasining (poytaxti Budapesht) davlat tili bo‘lib, bu tilda 13 milliondan ko‘p kishi so‘zlashadi;
b) mansi tili. Bu til Xanti-Mansi milliy okrugida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 7 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
v) xanti tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 22 mingdan ko‘p bo‘lib, ular ham Xanti-Mansi milliy okrugida yashaydilar.
2. Fin tillariga quyidagilar kiradi:
a) fin tili. Bu til Finlandiyaning (poytaxti Xel‘sinki) davlat tili bo‘lib, bu tilda 4 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Bu tilda so‘zlovchilarning bir qismi Kareliya Respublikasida yashaydi;
b) eston tili. Bu til Estoniya respublikasining (poytaxti Tallin) davlat tili bo‘lib, bu tilda bir milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
3.Ming kishi so‘zlashadigan veps tili, 15 ming kishi so‘zlashadigan ijor tili ham fin tillari guruhiga kiradi. Bu tillarda so‘zlashuvchilar Sankt-Peterburg viloyatida yashaydilar;
v) komi-permyak tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 180 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular Rossiya Federasiyasining Komi-Permyak milliy okrugida yashaydilar;
g) komi-ziryan tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 250 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular Komi Respublikasida yashaydilar;
d) udmurd tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 580 ming kishi bo‘lib, ular Udmurd Respublikasida yashaydilar.
e) mari tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 500 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular asosan, Mari Respublikasida yashaydilar.
Bulardan tashqari, erzya va moksha-ijor tillari ham fin tillari guruhiga kiradi.
V. Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi:
a) ozarbayjon tili. Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 15 milliondan oshadi. Bulardan 9 milliondan ko‘prog‘i Eronda, 6 milliondan ko‘prog‘i esa Ozarbayjonda yashaydi. Bu til Ozarbayjon Respublikasining (poytaxti Boku) davlat tilidir;
b) turk (usmonli turk) tili. Bu til Turkiyaning (poytaxti Anqara) davlat tili bo‘lib, bu tilda 40 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
v) turkman tili. Bu til Turkmaniston Respublikasi (poytaxti Ashxobod) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
g) o‘zbek tili. Bu til O‘zbekiston Respublikasining (poytaxti Toshkent) davlat tili bo‘lib, bu tilda 16 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;
d) qozoq tili. Bu til Qozog‘iston respublikasining (poytaxti Olma-Ota) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
e) qirg‘iz tili. Bu til Qirg‘iziston Respublikasining (poytaxti Bishkek) davlat tili bo‘lib, bu tilda 1,5 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;
j) tatar (Qozon tatarlari) tili. Bu til Tatariston Respublikasining asosiy davlat tili bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilar 6,5 milliondan ortiqdir;
z) uyg‘ur tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 5 milliondan ortiqroq bo‘lib, ular asosan Xitoy Xalq Respublikasining Sin‘-szan-uyg‘ur avtonom tumanida yashaydilar;
i) chuvash tili. Bu til Chuvash Respublikasida yashovchi xalqning tili bo‘lib, bu tilda 1,5 milliondan ko‘proq kishi so‘zlashadi;
k) boshqird tili. Bu til Boshqirdiston respublikasida yashovchi asosiy xalqning tili bo‘lib, bu tilda 1 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
l) yoqut tili. Bu til Yoqutiston respublikasida yashovchi xalqning tili bo‘lib, 300 mingdan ko‘p kishi so‘zlashadi;
m) qoraqalpoq tili. Qoraqalpog‘istonda yashovchi xalqlarning tili bo‘lib, bu tilda 200 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi;
i) tuva tili. Tuva respublikasida yashovchi asosiy xalqning tili bo‘lib, bu tilda 150 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi.
Shuningdek, qumiq tili (310 ming kishi so‘zlashadi), qorachoy tili (100 mingcha kishi so‘zlashadi), balqar tili (50 ming kishi so‘zlashadi), xakas tili (60 ming kishi so‘zlashdi) va yana bir qancha boshqa tillar hamda o‘lik tillardan o‘rxo‘n, pechenet, qipchoq, qadimgi uyg‘ur, bulg‘or va hazar tillari ham turkiy tillar oilasiga kiradi.

Download 38.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling