Do’stlikka hiyonat kuz. Sentabr. O’quv yilining boshi. Havo iliq


Download 14.14 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi14.14 Kb.
#1367030
Bog'liq
DO


DO’STLIKKA HIYONAT
Kuz. Sentabr. O’quv yilining boshi. Havo iliq.
Maktab hozir bolalar bilan gavjum. Darsga kirish qo’ng’irog’i chalindi. Hasan va Said bir sinfda, bir partada o’tirishardi. Ular maktabga birga borar, birga dars tayyorlar, bir-birlaridan hech narsani sir tutishmasdi. Ammo Hasan biroz dangasaroq bo’lganligi uchun ko’p narsani Saiddan ko’chirardi. Said unga qancha yordamlashishga urunmasin ‘’Bukruni go’r tuzatar degandek’’ Saidning harakatlari zoya ketaverardi. Agar Said ko’chirtirmasa hasan hafa bo’lishini bilib noiloj rozi bo’lardi. Kunlarning birida vaziyat o’zgacha tus oldi. Said daftarini Hasanga bermadi. Hasanga o’zing yoz deya daftarini tortib oldi. Hasanning jaxli chiqa boshladi. Ammo uning g’azabi o’rinsiz edi. O’sha kuni Hasan 2 baho oldi. Jaxl bilan uyiga yolg’iz aytdi. Said bu ishim unga saboq boladi deb o’ylagandi. Lekin afsus bunday bo’lmadi. Ertasi kuni hasan saidni janga chaqirdi. Hasan kuchli edi. Said esa janglardan nari yurar edi. Saidning eshitishicha Ahmad Hasanga shunday debdi; Said ozini sendan kuchli hisoblashini, o’zini zo’rligini aytdi. Bu gal Said qutulib qoldi. Ahmad har doim Saidni ko’ra olmagan. To’g’rida Said sinf sardori va Ahmaddan bilimliroq edi. Ikki do’st orasida nizo kelib chiqdi. Hasan Ahmad tarafga o’tgan. Said qilgan barcha yaxshiliklarni unutgandi. Hasan endi oldiga Saidni yengish rejasini qo’ydi. Bir kuni tarix darsida savol-javob vaqti Hasan va Said do’skaga chiqishdi. O’quvchilar savol berishni boshlashdi. Said juda yaxshi javob berar Hasan esa javob berolmadi. O’qituvchi Saidni rosa maqtadi. Hasan bunga chiday olmadi. Darsdan so’ng Hasan va Said ochiqchasiga gaplashib olishdi.
-O’zingni aqlli sanaysanda dedi Hasan.
-Yo’q dedi kamtarlik bilan Said.
-Endi men uchun dushmansan deya hasan ketti.
Said esa bunday do’stning menga keragi yo’q deya hasandasn voz kechdi.
Bu voqeadan keyin ular bir-birlari bilan sira gaplashishmadi. Hasan Ahmad tomonga o’tgandan so’ng ahvol yanada yomonlashdi. Hasan ikkichila qatoriga tushub qolgan. Said esa yanada oldinlashda davom etardi. Said o’ziga yangi do’st topgandi. Uning ismi Alisher . Alisherning o’z kuchiga tayanishi Saidga juda yoqqandi. Hasan saidga yana do’st bo’lishni taklif qildi. Said unga shunday javob qildi;
-Har kimning gapiga uchub do’stga hiyonat qiluvchi do’st qadrini bilish o’rniga undan foydalanadigan do’stning menga keragi yo’q.
Hasanni hatto Ahmad ham tashlab ketdi.
Download 14.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling