Pragmatika nutqiy taʼsir natijasining hosil boʼlishi ehtimolini belgilovchi vositalarni aniqlash imkonini beradi. Bunday vositalar qatoriga masalan, pragmatik mazmunni aniqlashtiruvchi illokutiv feʼllar kiradilar


Download 48.5 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1604988
Bog'liq
pragmatika


Pragmatika nutqiy taʼsir natijasining hosil boʼlishi ehtimolini belgilovchi vositalarni aniqlash imkonini beradi. Bunday vositalar qatoriga masalan, pragmatik mazmunni aniqlashtiruvchi illokutiv feʼllar kiradilar. Ushbu feʼllar nutqiy harakat tarkibida muhim rol oʼynaydilar, ular muloqot maqsadi mazmuni va bajaralayotgan nutqiy harakatning illokutiv kuchini aniq va ochiq koʼrsatish xizmatini oʼtaydilar. Masalan, «Kumushni ertaga kinoga olib boraman» gapining talaffuzi vositasida vaʼda berish nutqiy harakati bajariladi, ammo ushbu harakat mazmunini aniq ifodalash uchun illokutiv feʼlni qoʼllash imkoni ham bor: «Kumushni ertaga kinoga olib borishga vaʼda beraman». Xuddi shuningdek, «Dars qilmaysanmi?» sintaktik birligi soʼroq, talab, ogohlantirish, taklif kabi nutqiy harakatlarni ifodalashi quyidagi yoʼsinda aniqlashtirilishi mumkin: «Dars qilmaysanmi, deb soʼrayapman (sendan)»; «Dars qilmaysanmi? Buni sendan talab qilaman» (oʼqituvchining soʼzi); «Dars qilmaysanmi? Seni ogohlantiryapman»; «Dars qilmaysanmi? (kel, birgalikda qilishga taklif qilyapman)».
Illokutiv feʼllarning maʼno tarkibida talaffuz etilayotgan nutqiy birlikning (gap yoki matnning) pragmatik-kommunikativ mazmunini ifodalovchi sema asosiy oʼrinni egallaydi. Masalan, «Fan nomzodi R.Suvonovaga dotsentlik unvoni berilishiga roziman»; «Fan nomzodi R.Suvonovaga dotsentlik unvoni berilishiga qarshiman»; «Fan nomzodi R.Suvonovaga dotsentlik unvoni berilishini talab qilaman» kabi tuzilmalar bir xil propozitsiyaga ega, ularning farqi faqatgina pragmatik mazmunda, yaʼni turli nutqiy harakatlar ifodalanishida va kommunikativ maqsadlarning har xil boʼlishiga turli illokutiv feʼllar (rozi boʼlmoq, qarshi boʼlmoq, talab qilmoq) qoʼllanishi vosita xizmatini oʼtamoqda. J.Syorl pragmatik mazmunining bu asnoda namoyon boʼlishini «ifodalanish tamoyili» (the principle of expressibility) faollashuvi natijasi deb hisoblaydi. Biroq, ushbu tamoyil nutqiy muloqot matnlarida har doim ham bir yoʼsinda namoyon boʼlavermaydi. Binobarin, buyurmoq, ogohlantirmoq, maslahat bermoq, taqiqlamoq, taklif qilmoq kabi birliklar nutqiy tuzilma tarkibidan joy olib, uning mazmunini oydinlashtirish uchun xizmat qila olishi maʼlum. Lekin, «Men maqtana olmayman, sendan aqlliroqman» qabilida maqtanish nutqiy harakatining qoʼllanishi ehtimoldan ancha yiroq. Balki, ushbu harakatni bajarayotgan shaxsning maqtanishga haqqi bordir. U oʼz suhbatdoshiga nisbatan aqlliligi haqiqatdir, lekin nutqiy muloqot odobi bunga yoʼl qoʼymaydi.
Umuman olganda, nutqiy akt va uning mazmunini ifodalovchi vositalar oʼrtasida funktsional va mazmuniy nomutanosiblik paydo boʼlishining sabablari turlicha. Bulardan biri, albatta, ayrim illokutiv feʼllarning maʼno strukturasida soʼzlovchi oʼzi bildirayotgan fikrning haqiqat ekanligiga ishonmayotganligiga ishora qiluvchi sema, boʼlak mavjudligidir. Masalan, tahdid qilmoq, igʼvo qilmo, soʼkmoq, haqorat qilmoq, kamsitmoq kabi birliklarni birinchi shaxsda qoʼllash va shu yoʼsinda nutqiy harakat mazmunini ochiq bayon qilish mumkin emas. Chunki «Men senga tahdid qilayapman, oʼldiraman» turidagi tuzilma nutqiy muloqot maʼnosiga xilof, bunday birliklar faqatgina uchinchi shaxs, yaʼni muloqot jarayonini kuzatuvchi tomonidan qoʼllanishi mumkin: «Oʼldiraman, deb unga tahdid qildi».
Nutqiy muloqotda inson faktori muhim rolь oʼynaydi va bu faktor muloqot faoliyatini rejalashtirish, uni voqelantirish, uning strategiyasini amalga oshirish kabi amallarini boshqaruvchi koʼrsatkichlardan biridir. Struktur tilshunoslikda ham «inson faktori» tushunchasi amalda boʼlganligini bilamiz, ammo strukturalistlar ushbu tushunchani «bir xil nutqiy sharoitdagi ideal soʼzlovchi»ga nisbatan talqin qiladilar va uni «lisoniy qobiliyat» tushunchasi taʼrifi bilan bogʼlaydilar. Pragmalingvistik talqinda esa «inson faktori» tushunchasi batamom oʼzga koʼrinish oladi. Muloqotning shart-sharoiti turlicha boʼlganligi kabi unda «soʼzlovchi va tinglovchining idroki, maqsad, asos, aloqa vositalari, xulq-atvorning maxsus belgilangan shakllari, ifoda mavzusi, soʼzlashuvchilarning oʼzaro munosabatlariga xos xususiyatlar» (Iskandarova 1993: 9) bir xilda boʼlmaydi. Boz ustiga, bu turdagi ijtimoiy belgilar barqaror (doimiy) va oʼzgaruvchan guruhlarga ajraladi. Аynan shu xususiyatlarga nisbatan pragmalingvistik tahlil uchun «ideal til sohibi - soʼzlovchi» tushunchasiga tayanishdan koʼra, soʼzlovchining shaxsiy-ijtimoiy tavsifi muhimdir.
Nutqiy muloqot jarayonida faollashuvchi inson faktori bilan bogʼliq doimiy va oʼzgaruvchan xususiyatlar qatoriga professor V.V.Bogdanov quyidagilarni kiritadi (Bogdanov 1990: 28-29): 1) lisoniy qobiliyat; 2) maʼlum millatga mansublik; 3) ijtimoiy –madaniy statusi (maʼlum ijtimoiy guruhga oidlik, kasbi, lavozimi, maʼlumoti, yashash joyi, oilaviy ahvoli); 4) biologik-fiziologik koʼrsatkichlari (jinsi, yoshi, sogʼligi, jismoniy nuqsonlar mavjudligi yoki yoʼqligi); 5) ruhiy-psixologik turi (temperament, patologik koʼrsatkichlari); 6) vaziyatga nisbatan oʼzgaruvchan ruhiy holati (kayfiyat, muvaqqat bilim, maqsadi va qiziqishi); 7) doimiy didi, qiziqish va odatlari; 8) tashqi koʼrinishi (kiyinishi, oʼzini tutishi, xulq-atvori).
Ushbu qatorga kiritilgan belgilarning oʼz mazmuni va bajaradigan vazifasi jihatidan bir xilda emasligi koʼrinib turibdi. Ularning nutqiy muloqot mundarijasiga taʼsir kuchi ham har xil. Jumladan, lisoniy qobiliyat belgisini olsak, u mazmundor nutqiy faoliyatning asosiy omilidir. Tilni bilmagan shaxs ushbu faoliyatni ijro eta olmasligi aniq, ammo turli shaxslarning til bilish darajasi har xil. Muloqotning tekis koʼchishi va suhbatdoshlar hamkorligi yuzaga kelishi uchun ularning til bilish darajasi nisbatan bir xilda boʼlgani maʼqul. Bundan tashqari, muloqotning samarasi uchun lisoniy kodlar tizimini yuqori darajada bilish yetarli emasligini unutmaylik. Bu samaraga faqat yuqorida eslatilgan sotsiopragmatik tamoyillar va qoidalarga toʼliq amal qilgan holdagina erishish mumkin. Shu sababli «lisoniy qobiliyat» tushunchasini keng maʼnoda talqin qilish, uni «lisoniy kod va muloqot tamoyillari, qoidalaridan ijtimoiy faoliyatda foydalana olish koʼnikmasi, malakasi» sifatida taʼriflasak, maʼqul boʼlar? Menimcha, «lisoniy qobiliyat» va keyingi yillarda qoʼllanilayotgan «pragmalingvistik qobiliyat» tushunchalarini alohida tavsiflash hamda ularning asosida oʼzaro farqlanadigan hodisalar turadi, degan fikrning tugʼilishi notoʼgʼridir. Lisoniy qobiliyat – lisoniy muloqotni taʼminlovchi hodisadir, bas, shunday ekan, ushbu tushuncha til tizimi va muloqot tizimi qonununiyatlarini bilish, ulardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlarini qamrab oladi.
Nutq predmeti haqidagi propozitsional aktning yuzaga kelishi kommunikatsiya ishtirokchilari oʼrtasidagi sotsial munosabatlarning nutqdagi ifodasi uchun asos boʼladi. Nutqdagi asosiy va qoʼshimcha propozitsional aktlarning bayoni soʼzlovchi nuqtai nazariga koʼra, qay tarzda ifoda qilinishi bilan illokutiv aktlarni hosil qiladi. Illokutiv aktning semantik tuzilishi soʼzlovchi shaxsining sotsial norma variantlarini bilish darajasi bilan uzviy bogʼliq boʼladi. “Аgar soʼz sotsial variant mezonlari xususida borsa, publitsistik, ilmiy, badiiy matn orqali sotsial normaga boʼysunadi. Аgar soʼz oboektiv normalar xususida borsa, ifoda til sistemasiga boʼysunadi yoki sistema variantlar orqali realizatsiya qilinadi”. Maolum bir vaziyatdagi variantlar talaffuz akti yordamida sodir etiladigan nutqiy faoliyat illokutiv aktni hosil qiladi. “1. Ifoda akti (morfema, soʼz, gaplarning ifodalanishi). 2. Propozitsional akt (referentsiya va predikatsiya). 3. Illokutiv akt (tasdiq, soʼroq, buyruq). 4. Perlokutiv akt - tinglovchi munosabati, fikrlari bilan bogʼliq holda illokutiv akt taosiri yordamida hosil boʼluvchi akt”. “Perlokutiv - atamasi ifodalagan tushuncha nutqiy akt masalalariga taalluqli boʼlib, u nutq adresatining faoliyatiga va fikrlariga, shuningdek, his-tuygʼulariga taosir etish funktsiyasini bajarish bilan xarakterlanadi. Perlokutsiya nutqiy aktning beshinchi aspektini tashkil qiladi. Nutqning bu aspekti jumlalar oʼrtasidagi munosabatlarning oʼrganilishi uchun ahamiyatlidir”. Koʼrinadiki, nutqiy akt soʼzlovchi va tinglovchi orasidagi nutqiy munosabatlarning bir vaqtda voqe boʼluvchi turlicha qismlaridan iborat boʼladi.
Nutqiy akt nazariyasi xususidagi maolumotlar А.N.Baranov, G.V.Kreydlin kabi olimlarning ishlarida ham uchraydi. Ularning taokidlashicha, dialog mazmunida nutq ishtirokchilariga xos illokutiv majburiy holat yuzaga keladi. Soʼzlovchi va tinglovchi oʼrtasidagi ifodalash, tinglash va anglash birligi baozi holatlarda, asosan, dialoglarda illokutiv majburiylikni talab etadi. Illokutiv majburiylik verbal ifodaning tarkibida ikkilanadi. Masalan, “Bilasanmi, men kecha nima koʼrdim?” - jumlasidagi soʼroq aktining takrorlanishi natijasida tinglovchida illokutiv majburiylik paydo boʼladi. Bu maqolada illokutiv majburiylik, aloqador boʼlmagan va aloqador nutqiy aktlar, dialog va nutqiy akt koʼrinishlari toʼgʼrisida fikr yuritiladi.
Umuman, nutqiy akt ifodalash, tinglash va anglash birligini tashkil etadi. “Performativ tahlil formal semantika doirasida nutqiy akt nazariyasini tuzish imkoniyatini beradi”. Bu Serlp yoʼnalishiga oid boʼlib, uning muhim sharti - oddiy qoidalar maonosidir.
Soʼramoq (X, U, R) harakat qilmoq (X, taosir etmoq (x,r)) bu formulaga muvofiq Serlp nazariyasining muhim sharti soʼzlovchining tinglovchiga iltimosi undan qaysidir faoliyatni bajarishga undashning harakati sifatida tadqiq etilishidir. Bu nazariy asosga koʼra, soʼzlovchi tomonidan amalga oshiriladigan barcha nutqiy akt oʼz maono belgisiga koʼra - “buyruq”, “iltimos”, “maslahat” koʼrinishlari ham “harakat qilmoq” va “taosir etmoq” etapiga ega boʼladi. Demak, nutqiy aktning sodir etilishi bilan soʼzlovchi tinglovchini maolum faoliyatlardan birini bajarishga undaydi.
Nutqiy akt nazariyasiga oid maolumotlar asosan yirik tilshunos olim N.D.Аrutyunova ishlarida koʼrinadi. Unda taokidlanishicha, inson faoliyati bilan bogʼliq umumnazariy yoʼnalishlar psixologiya va psixolingvistika sohalarining predmeti sifatida oʼrganib kelinmoqda. Bu yoʼnalish boʼyicha olib borilgan tadqiqotlar N.I.Jinkin, А.R.Luriya, А.А.Leontpev kabi yirik olimlar nomi bilan bogʼliqdir. N.D.Аrutyunova bu asarida nutqiy faoliyat bilan bogʼliq performativ ifodalar hamda nutqiy akt nazariyasi xususidagi oʼz kontseptsiyasining bayon qiladi. U Dj.Ostinning performativ ifodalar va nutqiy aktlar toʼgʼrisidagi qarashlarini birma-bir tahlil qiladi. Jumladan, uning taokidlashicha, Dj.Ostin oʼzining kommunikativ (xususiyati) maonosi bilan farqlanuvchi va performativlarga yaqin turuvchi nutqiy aktlarning besh umumiy sinfini ajratadi:
1. Verdiktiv (hukm) aktlar. Bular oʼziga nimadir haqidagi muhokamani qamrab oladi (hisoblayman, baholayman).
2. Undash aktlari (buyuraman, maslahat beraman kabi).
3. Majburiyat aktlari (majburman, vaoda beraman, soʼz beraman, ont ichaman kabi).
4. Sotsial etiket formulalari (tabriklash, kechirim soʼrash, hamdardlik bildirish kabi).
5. Introduktsiya akti replikaning verbal kommunikatsiyadagi oshkora (eksplitsit) funktsiyasi. Nutqiy aktlarning bunday tasnifiy koʼrinishlari va ularning nazariy tahlili har qanday ifoda orqali bayon qilingan semantik qatorni oboektiv borliq bilan kommunikatsiya ishtirokchilari oʼrtasidagi real munosabatlarining haqiqiyligi yoki haqiqiy emasligini belgilab beradi. Jumla orqali ifodalangan axborot mazmunining haqiqiyligi esa uning mantiqiy tahlilini oʼzida namoyon etuvchi nutqiy akt koʼrinishlarida oʼz ifodasini topadi.
“Serlp nutqiy aktlarning tasnifi uchun oʼzaro aloqador boʼlmagan bir necha asoslarni koʼrsatadi: soʼzlovchi niyati, soʼzlovchi va tinglovchi oʼrtasidagi sotsial holat munosabati (buyruq va iltimos), propozitsional mazmundagi farqlar - ifodalanuvchi voqelik munosabatiga suhbatdoshlarning qiziqishi (arz, ogohlantirish), soʼzlovchining ruhiy holati (tasdiq, taxmin, aniqlik), kommunikatsiya funktsiyasi (eotiroz, javob, tushuntirish)”.
Nutqiy aktning mazmuniy va shakliy tuzilish xususiyatlari asosida uning quyidagi masalalari ajratiladi:
1. Nutqiy akt faoliyat sifatida shakliy tuzilmaga ega boʼladi. Nutqiy aktning shakliy tomoniga til birliklari (modellari), intonatsiya va kinesika kiradi. Bular maolum axborot koʼrinishini ifoda etish uchun xizmat qiladi. Аna shu axborot mazmuni esa soʼzlovchining maqsadini yuzaga chiqaradi. Nutq ishtirokchilari oʼrtasidagi munosabatni ifoda etuvchi kommunikatsiya jarayonida verbal ifodalar semantik qatoriga noverbal maono ifodalash shakllaridan biri boʼlgan soʼzlashuvchilarning xatti-harakatlari vositasi bilan fikr bayon qilishlari ham nutqiy akt doirasiga kiritiladi. Shuning uchun ham ifodaning noverbal koʼrinishlari nutqiy aktning asosiy masalasi hisoblanadi. Kommunikatsiya jarayonidagi bunday fikr ifodalash soʼzlovchining harakat faoliyati bilan amalga oshiriladi. U oʼzining munosabatini nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, oboektiv borliqqa hamda oʼzi ifodalagan verbal axborot mazmuniga faqat harakatlar vositasi orqali ham ifoda etadi. Yuqoridagilardan maolum boʼladiki, ifodaning noverbal koʼrinishlari nutqiy aktning markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Ifodaning talaffuz akti bilan bogʼliq boʼlgan ohang vositasida maononing farqlanishi ham nutqiy akt masalalaridan biridir.
2. Nutqiy aktning mazmuniy yoʼnalishi. Bu yoʼnalishda pragma-semantik komponentlar ishtirok etganligi uchun bular nutqiy aktning asosiy yoʼnalishi deb qaraladi:
a) bayon qilingan ifodadagi propozitsiya (ifoda diktumi) masalalari.
Propozitsiya, propozitsonal munosabat xususida maolumot bermay turib, nutqiy akt muammolarini hal etib boʼlmaydi. Nutqiy akt har qanday ifoda orqali bayon qilingan nutq predmeti haqidagi axborotning semantik tuzilishida joylashadi hamda soʼzlashuvchilar shaxsi bilan uzviy bogʼliq boʼladi. Masalan, “Bugun adabiyot darsi boʼladi” haqidagi oddiy propozitsiya “Аvval adabiyot darsi boʼlmaganligi” xususidagi presuppozitsion axborotning “tasdigʼi” hisoblanadi. Nutqiy akt ifoda propozitsiyasi taosirida namoyon boʼluvchi soʼzlashuvchilarning xususiy munosabatlarini koʼrsatuvchi minimal va maksimal maonolardir;
b) adresatga taosir etish usuli - illokutiv funktsiya, motiv, maqsadning ifoda semantik tuzilishidagi oʼrni. Nutq ishtirokchilarining kommunikatsiya jarayonidagi nutqiy faoliyati bilan bogʼliq ravishda nutq parchasida bayon qilingan xabarning haqiqiyligi xususidagi tasdiq mazmunidir. Soʼzlovchi mavjud propozitsiyani berish, uning haqiqiyligini tasdiqlash asosida oʼzining kommunikativ (illokutiv) maqsadini bayon etadi. Soʼzlovchi biror voqelik toʼgʼrisidagi propozitsiyani bayon etish bilan birga butunlay boshqa voqelik xususidagi axborotga ishora qilish, unga tinglovchi diqqatini jalb qilishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼyadi. Propozitsional akt koʼrinishida faqat nutq predmeti xususidagi axborot nazarda tutiladi. Bunday jumlalar semantik tuzilishida bir vaqtning oʼzida talaffuz akti va propozitsional aktga xos illokutiv akt koʼrinishlari mavjud boʼladi. Masalan:
- Аflotunning qizi boʼlsangiz ham gapni tonnalab oling-u, grammlab soting! Gapingiz gapga oʼxshamaydi, ogʼzingiz gapdan boʼshamaydi! (А.Qahhor. “Sinchalak”, 31-bet).
Bu misolda soʼzlovchi nazarda tutgan ichki niyat bilan propozitsional akt bir-biriga muvofiq keladi.
Propozitsional aktlar faqat yagona shakliy strukturaga xos jumla asosida fikr ifodalash bilan xarakterlanadi. Bunda soʼzlovchi nutq predmeti xususidagi birinchi va ikkinchi darajali axborotni (bu soʼzlovchi maqsadiga koʼra almashinib turadi.) bir jumla semantik qatoriga joylashtiradi. Аna shu jumla ichida referentsial, propozitsional hamda illokutiv aktlarning aks etishi uchun esa deskriptiv boʼlmagan soʼzlar, presuppozitsiya ifoda etuvchi lingvistik vositalar jumla shakliy strukturasida ishtirok etadi.
Mazmuniy murakkab propozitsional akt koʼrinishlarida soʼzlovchi fikrlarini bayon etib, soʼngra oʼzining xususiy kommunikativ niyatini amalga oshiradi. Bunday propozitsional akt semantik strukturasiga koʼra kontrast belgiga ega boʼladi. Masalan,
Аnvar “istehzoli” vaziyatda Sultonaliga yon qaradi:
- Menim qarshimgʼa ishlab, janobga neqadar sodiq qolsangiz ham, sadoqatingiz sizni najotka chiqara olmadi, biloaks, siz oʼylagʼancha men - insofsiz sizni qutqardim. Siz shuni unutmasangiz boʼldi, Sultonali aka, dedi Аnvar va xongʼa ishorat qildi. (А.Qodiriy. 501-bet).
Bu matnda ham propozitsional akt ham soʼzlovchining ichki maqsadiga xos illokutiv akt mavjud boʼlib, propozitsiya atrofdagi nutq ishtirokchilari (“eshitar quloq uchun”) uchun qaratilgan boʼlsa, illokutiv akt esa faqat adresatga qaratilganligi bilan xarakterlidir. Bu ikki nutqiy akt koʼrinishi oʼzaro zidlik belgisi asosida sodir etiladi. Mazmuniy sodda koʼrinishga ega boʼlgan propozitsional aktlar, asosan, ilmiy uslub uchun xos boʼladi. Bu uslubda nutq ishtirokchilari koʼproq nutq predmeti xususidagi propozitsiyani berish bilan chegaralanadilar.
Badiiy uslubdagi bunday ifoda koʼrinishlarida soʼzlovchi kommunikativ niyatni oʼz tinglovchisiga yetkazish uchun qator propozitsiyani berish asosida matnning yakuniy qismida “sen ham shunga oʼxshaysan” qabilida kommunikativ niyat (illokutiv aktlar)ni sodir etadilar;
v) soʼzlovchi va nutq ishtirokchilarining sotsial va individual mavqe darajasi:
Soʼzlashuvchilar oʼrtasidagi nutqiy shartnomani qanday mazmuniy formaga asoslanishi: buyruq, iltimos, taklif, maslahat kabilar ham nutqiy aktning asosiy masalalari qatoriga kiritiladi.
Soʼzlovchi, tinglovchi va nutqiy vaziyat kabi nutqiy akt komponentlariga xos munosabatlarning verbal hamda noverbal kommunikatsiya jarayonida oʼzaro muvofiqligi yoki nomuvofiqligi taosirida yuzaga kelgan soʼzlovchi shaxsiga oid maono yoʼnalishi ham nutqiy aktning tarkibiy masalalaridir. Nutq mazmunidan nutq suboektiga xos soddalik, mugʼombirlik kabi qator maonolarni anglash va oʼrganish nutqiy akt masalasidir.
Nutqiy akt nazariyasiga aloqador maolumotlarni oʼrganish hamda ularni tahlil qilish natijasida lingvistik pragmatikaga oid boshlangʼich nazariy manbaga asos solinadi va uning klassik talqini bilan pragmatikaning lisoniy mohiyati oydinlashadi.
Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling