Mavzu: muhammad sodiq qoshg`ariyning pedagogik qarashlari
Download 0.75 Mb.
|
slayd
Mavzu:MUHAMMAD SODIQ QOSHG`ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARIBajardi: Abdumannonova Iroda Barchamizga ma`lumki, inson ta`lim-tarbiyasida pedagogika fani muhim rol o`ynaydi. Insonni qay tarzda kamol toptirish, uning odob-axloqiga, xulq-atvoriga “javobgar” fan bu pedagogika desak, aslo mubolag`a bo`lmaydi. Aytish lozimki, pedagogika fanining shakllanishi bugungi kundan emas, balki qadim tarix davrlariga borib taqaladi. Ushbu fan haqida mutafakkirlar tomonidan bildirilgan fikrlar, turfa mulohazalar pedagogika fanining qiymatini yanada oshiradi. Biz siz bilan tadqiq qilmoqchi bo`lgan maqolada esa Mahmud Sodiq Qoshg`ariyning pedagogikaga oid qarashlari ilgari suriladi. Mahmud Sodiq Qoshg`ariy XVII-XIX asrlar oralig`ida yashab o`tgan tarixchi, filolog, shoir hisoblanadi. “Tazkirai azizon”, “Tazkirai as`hob ul qahf”, “Risolayi kasbdor” va shu kabi qator asarlar muallifi sanalmish Mahmud Sodiq Qoshg`ariy “Sodiq” taxallusi ostida ijod qilgan. Bundan tashqari, Mahmud Sodiq Qoshg`ariy yetuk tarjimon hisoblanib, Tabariyning “Tarixi Tabariy”, Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” kabi asarlari aynan Mahmud Sodiq Qoshg`ariy tomonidan tarjima qilingan. Mahmud Sodiq Qoshg`ariy ijodidan turli janrdagi asarlar o`rin olgan bo`lib, xususan, g`azal, muxammas, ruboiy, masnaviy, qit`a va shu kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin[ “Tazkirai azizon” “Tazkirai as`hob ul qahf” “Risolayi kasbdor” Mahmud Sodiq Qoshg`ariy pedagogika sohasida ham yetakchi olim hisoblanib, u o`zining pedagogik qarashlarida turli fikrlarni ifoda etgan. Uning “Odob as-solihin”, ya`ni “Solihlar odobi” asari pedagogik fikrlarning tayanch manbasi bo`lib hisoblanadi. "Odob as-solihin” asarida odob-axloq qoidalarining guruhlanishi Zohiriy Botiniy “Odob as-solihin” asarida quyidagi inson odob-axloqiga oid quyidagi pedagogik qarashlar ilgari suriladi[3]: - inson xulq-atvorining kundalik turmushdagi o`rni; - xulq-atvorning yaxshi bo`lishi lozimligi; - salom berish va salomga alik olish masalalari; - muloqot odobi; - suhbatlashishning o`ziga xos qonun-qoidalari va hokazo. Odob-axloq qoidalarining yuqorida qayd etilgan ko`rinishlari inson , ayniqsa, yoshlar hayotida muhim rol o`ynashi haqida batafsil fikrlar keltiradi. Mahmud Sodiq Qoshg`ariyning “Odob as-solihin” asarida shaxs xulq-atvorining nega yaxshi bo`lishi lozimligi va buning ahamiyati nimada ekanligi tavsiflangan. E'tiboringiz uchun rahmat Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling