Dronlar va ularning imkoniyatlari


Download 143.94 Kb.
bet1/4
Sana19.12.2022
Hajmi143.94 Kb.
#1033541
  1   2   3   4
Bog'liq
Dronlar va ularning imkoniyatlari-fayllar.org


Dronlar va ularning imkoniyatlari

DRONLAR VA ULARNING IMKONIYATLARI

O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasi avvalgidek emasligi, endilikda, u ilm-fanga asoslangan, zamonaviy yo'nalishlardan biriga aylanib borayotgani haqida ko'p gapiryapmiz. Chindan ham bugungi qishloq xo'jaligi tizimi bir necha yil oldingisidan tubdan farq qiladi. Ammo bunga birgina ilg'or texnikalar emas, balki sohani tubdan takomillashtirish, ishlarni tashkil etishda resurstejamkor va eng so'nggi innovatsion texnologiyalarni qo'llash evaziga erishilmoqda.


  • O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasi avvalgidek emasligi, endilikda, u ilm-fanga asoslangan, zamonaviy yo'nalishlardan biriga aylanib borayotgani haqida ko'p gapiryapmiz. Chindan ham bugungi qishloq xo'jaligi tizimi bir necha yil oldingisidan tubdan farq qiladi. Ammo bunga birgina ilg'or texnikalar emas, balki sohani tubdan takomillashtirish, ishlarni tashkil etishda resurstejamkor va eng so'nggi innovatsion texnologiyalarni qo'llash evaziga erishilmoqda.

Ilm-fan yutuqlari, olimlarning izlanish va tajribalarga asoslangan bu texnologiyalar yerga ishlov berishdan tortib, tayyor mahsulot olingunga qadar bo'lgan jarayonlarni ortiqcha mehnat va sarf-xarajatlarsiz, ilg'or texnikalar, raqamlashtirilgan uskunalar yordamida aniq va puxta amalga oshirish imkonini beryapti. Natijada yurtimizda qishloq xo'jaligi yerlarida raqamli axborot tizimlarini joriy etish ko'lami kengayib bormoqda


  • Ilm-fan yutuqlari, olimlarning izlanish va tajribalarga asoslangan bu texnologiyalar yerga ishlov berishdan tortib, tayyor mahsulot olingunga qadar bo'lgan jarayonlarni ortiqcha mehnat va sarf-xarajatlarsiz, ilg'or texnikalar, raqamlashtirilgan uskunalar yordamida aniq va puxta amalga oshirish imkonini beryapti. Natijada yurtimizda qishloq xo'jaligi yerlarida raqamli axborot tizimlarini joriy etish ko'lami kengayib bormoqda

Qishloq xo'jaligi faoliyatini zamonaviy dron texnologiyalari asosida raqamlashtirish ilmiy-amaliy loyihasi doirasida ish olib borayotgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi “Geoinnovatsiya markazi” DUK mutaxassislari ham mazkur yo'nalishda dastlabki natijalarga erisha boshladi. Loyiha Prezidentning 2021 yil 3 fevraldagi “Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko'rsatishni yanada rivojlantirish to'g'risida”gi Farmoni hamda boshqa tegishli qarorlar asosida amalga oshirilmoqda. Joriy yilning mart oyida Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 10 gektar g'alla maydoni, 4 gektar uzumchilik maydoni va 5 gektar shudgor qilingan erlarda o'tkazilgan ilk tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli olib borildi. Jarayonda foydalanilgan bir dona o'zi uchar dron qurilmasi belgilangan maydonlarda kuzatuv ishlarini atigi 6 daqiqada yakunladi


  • Qishloq xo'jaligi faoliyatini zamonaviy dron texnologiyalari asosida raqamlashtirish ilmiy-amaliy loyihasi doirasida ish olib borayotgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi “Geoinnovatsiya markazi” DUK mutaxassislari ham mazkur yo'nalishda dastlabki natijalarga erisha boshladi. Loyiha Prezidentning 2021 yil 3 fevraldagi “Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko'rsatishni yanada rivojlantirish to'g'risida”gi Farmoni hamda boshqa tegishli qarorlar asosida amalga oshirilmoqda. Joriy yilning mart oyida Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 10 gektar g'alla maydoni, 4 gektar uzumchilik maydoni va 5 gektar shudgor qilingan erlarda o'tkazilgan ilk tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli olib borildi. Jarayonda foydalanilgan bir dona o'zi uchar dron qurilmasi belgilangan maydonlarda kuzatuv ishlarini atigi 6 daqiqada yakunladi

Download 143.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling