Bu fanning erishgan yutuqlari va istiqbollari to‘g‘risida


Download 1.05 Mb.
bet1/9
Sana23.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1288075
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BJJ Sillabus 2022






Kirish

Bu fanning erishgan yutuqlari va istiqbollari to‘g‘risida, ko‘p bosqichli murakkab biotexnologik ishlab chiqarish tizimlari, biotexnologik ishlab chiqarish tizimining samaradorlik mezonlari va asosiy prinsiplari xamda uni optimallashtirish, fermentyorlardagi biosintez jarayonlarini optimallashtirish va xisoblash, ishlab chiqarish fermentyorlarini tanlash va ularning texnik - iqtisodiy tavsifi, mo‘‘tadil biotexnologik ishlab chiqarishni va fermentyorlarni loyihalashda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi hamda uning vazifalari mukammal tarzda o‘rganib chiqiladi.


Fanini o‘qitishdan maqsad - biotexnologik jarayonlarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan maxsus jihozlar tuzilishi, konstruksiyalari, ishlash prinsiplari tayyor mahsulot va xom-ashyoga, texnologik jarayon operatsiyalari, uskunalariga, jarayon samaradorligiga turli omillarning ta’siri to‘g‘risida ishlab chiqarish hisoblarini amalga oshirish va nazorat qilish haqidagi bilimlarni berishdan iboratdir.
Fanining vazifasi - talabalarni hozirgi zamonda tutgan o‘rni va fan yutuqlari bilan talabalarni yaqindan tanishtirish va ularda malakaviy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.


2.Talabalar bilimini baholash tizimi

Talabalarning fanni o’zlashtirish boyicha baholanishi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli buyrug’iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish baholash tizimi to’g’risidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.


Oraliq nazoratlar. Oraliq nazoratlar semestr davomida 2 marta o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi va modullar bo’yicha talabalarning bajargan ishlari portfolio shaklida jamlanib tahlil qilib baholanadi.
Joriy nazoratlar. Joriy nazoratlar talabaning amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida bajargan ishlari bo’yicha baholanadi. Joriy nazoratlar semestr davomida 2 marta o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi va modullar bo’yicha talabalarning bajargan ishlari portfolio shaklida jamlanib tahlil qilib baholanadi.
Barcha 9 ta laboratoriya mashg’ulotining har biri bo’yicha o’zlashtirish natijalari ballik tizimda baholanadi va jami 91 ballgacha to’planadi, talabaning darslardagi faolligi va ishtirokiga umumiy 9 ballgacha qo’yiladi. Umumiy hisobda joriy nazorat topshiriqlari 100 ballik tizimda baholanadi.
Barcha 15 ta amaliy mashg’ulotning har biri bo’yicha o’zlashtirish natijalari ballik tizimda baholanadi va jami 85 ballgacha to’planadi, talabaning darslardagi faolligi va ishtirokiga umumiy 15 ballgacha qo’yiladi. Umumiy hisobda joriy nazorat topshiriqlari 100 ballik tizimda baholanadi.

Joriy baholashlar quyidagicha amalga oshiriladi:






Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling