Dtm namunasidagi test 1


Download 157.59 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi157.59 Kb.
#203103
Bog'liq
DTM namunasidagi testlar 1


DTM NAMUNASIDAGI TEST 1


1.Arab yozuvi vujudga kelgan hududda qadimda quyidagi qaysi davlat mavjud bo’lgan?
A) Mitanni podsholigi B) Xett podsholigi
C) Ossuriya podsholigi D) Isroil podsholigi
2. Hindistonda nechanchi yilda radikal oqim shakllanadi?
A) 1909-yil B) 1911-yil C) 1895-yil
D) 1890-yil
3. XIX asr oxirida metallurgiyada avtomatlashtirish masalasini kim hal etgan?
A) I.A.Time B) L.Bakeland C) R.Kirxgof
D) A.Bekkerel
4. 1920-yillarda qaysi davlat tashqi siyosatining asosiy vazifasi yangi hokimiyatni xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish bo’lgan?
A) Fransiya B) Turkiya C) SSSR
D) Eron
5. Quyidagi hukmdorlardan qaysi biri Qrim va Kavkazga borganida qimmatbaho sovg’alarni va saroylarni xarid qilardi?
A) Amir Abdulahad B) Amir Olimxon
C) Xudoyorxon D) Asfandiyorxon
6. Quyidagi qal’alardan qaysi biri nisbatan keyinroq qurilgan?
A) Orsk B) To’rg’ay C) Sergiopol
D) Ulug’ tog’
7. Marokash Songai davlatini bosib olgan davrni toping
A) XV asr boshlarida B) XVI asr oxirida
C) XVI asr boshlarida D) XIV asr o’rtalarida
8. Baqtriya va Parfiya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan davrda quyidagi voqealarda qaysi biri yuz bergan?
A) Xitoyda Xan sulolasi hokimiyatga keladi
B) Platon Afina akademiyasiga asos soladi
C) Qang’ davlati qudratli davlatga aylanadi
D) Rim qo’shini butun Italiyani zabt etadi
9. Mag’oki attori masjidi qaysi sulola davrida bunyod etilgan?
A) Somoniylar B) G’aznaviyar C) Qoraxoniylar
D) Xorazmshohlar
10. Xioniylar davlati mavjud bo’lgan davrlarni toping
A) V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha
B) IV asrning o’rtalaridan V asrning 20-yillarigacha
C) IV asrning 70-yillaridan V asrning 2-yarmigacha
D) V asrning 2-yarmidan VI asrning boshlarigacha
11. 1930-yil avgustda qaysi shaharda O’zbekiston SSR Maorif xalq komissarligida bir guruh rahbar xodimlar hibsga olinadi?
A) Samarqand B) Buxoro C) Xorazm
D) Toshkent
12. RSFSRning davlat suvereniteti to’g’risida Deklaratsiya qabul qilingan sanani toping
A) 1990-yil 12-iyun B) 1991-yil 23-aprel
C) 1991-yil 17-mart D) 1991-yil 29-avgust
13. Qaysi davrda respublikamizda 90 000 tonna pestitsidlar qishloq xo’jaligida qo’llaniladi?
A) XX asrning 90-yillari boshida
B) XX asrning 80-yillari oxirida
C) XX asrning 70-yillari boshida
D) XX asrning 80-yillari o’rtalarida
14. O’zbekistonda oziq-ovqat va sanoat tovarlariga kartochka tizimi bekor qilingan sanani toping
A) 1949-yil yanvar B) 1946-yil aprel
C) 1947-yil dekabr D) 1948-yil may
15. Kushon davlati inqirozga yuz tutgan davrni toping
A) Milodiy III asr B) Milodiy IV asr
C) Milodiy II asr D) Milodiy I asr
16. O’rta asrlarda Yaponiyaning qaysi shaharlari budda ibodatxonalari yaqinida vujudga keladi?
1) Otsu 2) Nara 3) Xyogo 4) Nagoya 5) Xeyyan
A) 1,3 B) 2,4 C) 2,5 D) 1,2
17. Kuba xalqi o’z milliy qahramoni Xose Marti va Maksimo Gomeslar boshchiligida qo’zg’olon ko’targan yili______________
A) Adua yonidagi jang yuz berdi
B) Argentinada Sotsialistik partiya tashkil etiladi
C) Fransiya G’arbiy Sudanni bosib oladi
D) AQSH Gavayi orollarini bosib oldi
18. Toxaristonda hunarmandchilikning qaysi sohalari yuksalgan edi?
1) To’qimachilik 2) Bo’yoqchilik 3) Shishasozlik
4) Zargarlik 5) Qurolsozlik 6) Kulolchilik
A) 1,2,3 B) 2,5,6 C) 1,2,4 D) 1,3,5
19. Tarjima adabiyot qaysi sulola davrida vujudga kelgan?
A) Mo’g’ullar davrida B) Qoraxoniylar davrida
C) Temuriylar davrida D) Xorazmshohlar davrida
20. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O’rta Osiyoning qaysi shaharlari ko’nchilik ishlab chiqarishi rivojlangan edi?
1) Hazorasp 2) Xonqa 3) Buxoro 4) Ko’hna Urganch
5) Xiva 6) Yangi Urganch 7) Xo’jayli 8) Porsu
A) 2,3,5,6,7 B) 1,3,4,5,8 C) 3,4,6,7,8
D) 1,2,4,5,6
21. Quyidagi qaysi davlat qadimda O’rtayer dengizining sharqiy sohili bo’ylab joylashgan edi?
A) Isroil B) Finikiya C) Parfiya D) Mitanni
22. Rus qo’shini tomonidan 1866-yil 24-may kuni egallangan shaharni toping
A) Jizzax B) Sirdaryo C) Erjar
D) Xo’jand
23.Rasmda berilgan shaxs kim?

A) J.J.Russo B) D.Defo
C) Sh.Monteskyo D) Volter
24. Xaritada yulduzcha bilan berilgan davlat haqida to’g’ri ma’lumot berilgan javobni toping

A) Mustamlakachilik davrida ikkiga bo’linib ketgan edi
B) Asosiy daromadi neftdan keladi
C) 1997-yilda Mobutu diktaturasi ag’darib tashlanadi
D) Sanoat sohasi bilan aholining 5 foizi shug’ullanadi
25. Quyidagi davlatlarning qaysi birida X-XI asrlarda qishloq xo’jaligi,hunarmandchilik va savdoning o’sishi yuz bergan?
A) Angliya B) Vizantiya C) Xitoy
D) Fransiya
26. Quyidagi shaxslardan qaysi biri 1475-1535-yillarda yashagan?
A) Xondamir B) Mirxond C) A.Jomiy
D) K.Behzod
27. Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat keskinlashgan davrda jahon tarixida quyidagi qaysi voqea yuz bergan?
A) Oltin O’rdada aholini ro’yhatga olish tadbiri o’tkaziladi
B) Mo’g’ullar ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat-mulkiy tabaqalanish kuchayadi
C) Papa Innokentiy III yangi salib yurishlarini tashkil etishga kirishadi
D) Normandiya Fransiya tarkibiga qo’shib olinadi
28. Quyidagi shaxslardan qaysi biri paxta xarid narxini oshirishni Markaz oldiga qo’yib buni uddalaydi?
A) Usmon Yusupov B) Amin Niyozov
C) Sobir Kamolov D) Nuriddin Muhitdinov
29. Samarqand viloyatidagi istiqlolchilarga nechanchi yillarda Bahrombek va Ochilbek kabi mashhur qo’rboshilar rahbarlik qilgan?
A) 1919-1924-yillarda
B) 1918-1923-yillarda
C) 1917-1922-yillarda
D) 1919-1923-yillarda
30. Qadimda etrusklar Italiyaning qaysi qismida yashagan?
A) Janubi-g’arbiy qismida
B) Shimoli-sharqiy qismida
C) Janubi-sharqiy qismida
D) Shimoli-g’arbiy qismida

Download 157.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling