- LOGOPEDIK MASSAJNING FIZIOLOGIK TA'SIRI.
- Insonning yuz qismida tananing boshqa qismlariga qaraganda nerv toqimalari, mayda qon tomirlari, limfa yo‘llari ko‘p.
- Bu kishining emosional xolatini ko‘rsatishda yuzdagi muskullarini o‘zgarishida yaqqol ko‘rinadi. Yuzdagi o‘zgarishlar kishining kayfiyati xis tuyg‘ularini bildiradi. Yuz terisini mexanik ta'sirlarini sezuvchandir. Shuning uchun massaj vaqtida muskullar va asab tolalari o‘rtasida nozik bog‘liqlik vujudga keladi. bu kishining kayfiyati o‘zini xis qilishida ko‘rinadi.
- Massaj kishi organizmiga maqbul fiziologik ta'sir ko‘rsatadi. Uqalash natijasida kishi organizmida qator aloxida va umumiy o‘zgarishlar xosil bo‘ladi. Bunda barcha arganizmlar to‘qimalar ishtirok etadi. Terining ustki qavati ulkan sezuvchi maydon bo‘lib, u markaziy asab sistemasi bilan chambarchas bog‘langan. Uqalash vaqtida teri qatlamlari, yog‘ qatlami qon tomirlar va markaziy asab sistemasi ta'sirlanadi.
- Uqalash teri qatlamini ish faoliyatini yaxshilaydi, limfa tugunlarida qon aylanishini kuchaytiradi. Moddalar almashinuvini va oziqlanishini yaxshilaydi. Logopedik massaj teri kapilyarlariga yaxshi ta'sir qiladi. kapilyar tizimi qon tomirlar tizimining sezuvchan qismi bo‘lib xisoblanadi. Kapilyarlarni uqalash natijasida qon tomirlar tizimida o‘zgarish vujudga keladi, kapilyarlar kengayadi, gaz almashinuvi (teri va qon o‘rtasida) kislarod terapiyasi vujudga keladi. Ritmik uqalash xarakatlari qonning arteriyadagi xarakatini yengillashtirib , venaga qaytishini tezlashtiradi.
- Logopedik massaj limfatik tizim ishiga reflektor ta'sir etish natijasida limfa ishini yaxshilaydi. Massaj natijasida muskullar ishi sezilarli darajada o‘zgaradi. Birinchi navbatda muskul to‘qimalarining egiluvchanligi, ularning qisqarish kuchi va xajmi oshishi, yuz muskulining ishchanligi va aktivligini tiklanishi kuzatiladi.
Bo’shashtiruvchi uqalashni o’tkazishda umumiy ko’rsatmalar: 1. Uqalash sekin tempda amalga oshiriladi. 2. Muskullarni bo’shashtirishga musiqa jo’rligi asosida sekin bir-biri bilan uyg’unlashib ketishi. Duduqlanuvchi bolada massaj orqali xotirjamlikning yoqimli xislarini uyg’otish kerak. 3. Uqalovchi logopedning qo’llari albatta issiq bo’lish kerak. - Logopedik massajning maqsadi:
- - Umumiy yuz xarakati va muskul artikulyatsiyasi va muskul pay tonusini normallashtirish.
- - Yuz muskuli va artikulyatsiya apparatiparalichi xolatini kamaytiradi.
- - Nutq apparatining potologik ko‘rinishi (sinkinezlar, giperkinezlar,tutqanoq).
- - Sezishni rivojlantirish.
- - Artikulyatsion xarakat xajmi va amlitudasini oshirish.
- - Pereferik nutq apparatini aktivlashtirish.
- Bo’yin muskullarini bo’shashtirishga oid mashqlar:
- Duduqlanuvchi bolada bo’yin va yuqori yelka qatori muskullarning tonusi baland bo’ladi. Bo’yin muskullarini bo’shashtirish reflektor tarzda til ildizining tonusini pasaytiradi, pastki jag’ning xarakatlarini faolashtiradi.
- Quyidagi uqalash xarakatlarini o’tkazish tavsiya etiladi:
- 1. Ikki qo’l kaftlari bilan yuqoridan pastga qarab bo’yinni sekin silash;
- 2. Qo’llarni ensaga, bo’yinning orqa qismiga qo’yish;
- Qo’llarni bo’yinni yoki qismi bo’ylab pastga qo’ltiq osti chuqurchasigacha sirpantirish.
- Massajdan so’ng bo’yin mushaklarining bo’shashishiga ko’maklashuvchi mashqlar qo‘llasa bo’ladi.
- a) Boshni oldinga tushurish , “uxlab qoldik xarakatini bajarish;
- b) Boshni yengil engashtirish va xuddi shu xolatda o’ngga, chapga xarakatlantirish;
- c) Boshni egish, keyin tushurish.
Yuz mushaklarini bo‘shashtirishga oid mashqlar:
1. Uqalash peshonaning o’rtasida chakkalar tomon bo’ylab boshlanadi.
2. Qoshlardan boshning sochli qismiga xarakatlar bo’shashtiruvchi uqlashning ikkinchi yo’nalishidir.
3. Iyakdan ikki yoqlama c hakka chuqurchalari tomon xarakatlar.
4. Burundan quloqning chig‘onog’i tamon uqalash.
5. Yuqori labning o’rtasidan quloq chiqonoqlari tamon xarakat.
6. Peshonaning o’rta chizig’idan pastga qarab, chakka chuqurchalari orqali yanoqlar bo’ylab iyakning o’rtasigacha xarakatlantirish.
7. Iyakning o’rtasidan pastki lab bo’ylab, og’iz-lab burmasi bo’ylab, yon tomondagi sirtlar bo’ylab peshonaning o’rtasiga va peshona bo’ylab chakka chuqurlari tamon, xarakatlarni terini yengil bosish bilan yakunlash.
Bu xarakatlar asosan ko’rsatgich, o’rta va nomsiz barmoqlar yordamida amalga oshiriladi. Xar bir xarakat barmoq yostiqchalarini yengil bosish bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |