Dunyoning ishlari


Download 13.87 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi13.87 Kb.
#163703
Bog'liq
Dunyoning ishlaridan yopiq test


“Dunyoning ishlari” dan yopiq test

  1. Yaqin insonlarning qadriga yetishga, hayotning mazmunini teranroq anglashga, ona oldidagi farzandlik burchi ma’sulyatlarini tuyishga undaydigan asar qaysi?

  2. Odam bir yo’la ham muhabbatidan, ham do’stidan ayrilib qolsa og’ir bo’larkan. Ushbu jumla qaysi hikoyadan?

  3. U ko’zingni bu ko’zing o’yaman deb tursa, eng sirdosh kishilaring xiyonat qilib tursa, do’sting xiyonat qilsa, nima qilish kerak?!

Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?

  1. Haqiqat havoga o’xshaydi, nafas olib turasiz-u o’zini ko’rmaysiz. Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?

  2. Oq surp kiygan, mosh-guruch soqolli o’ziga yarashgan go’rkov qaysi hikoyada uchraydi?

  3. Ehtimol, osmondagi eng yorqin yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so’ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir. Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?

  4. Ona uchun bolaning katta – kichigi bo’lmaydi. Mehrning yosh-qarisi bo’ladimi? Ushbu parcha qaysi hikoyadan?

  5. Namanganlik va moskvalik mehmonlar qaysi hikoyada uchraydi?

  6. Qiziq har gal bosh ustiga bosib tushgudek mag’rur qad kerib turgan tog’larni, ulkan novvot parchasidek qirrador qoyalarni ko’rganda hayot abadiy emasligini o’ylab qolaman. Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?

  7. Onalar farzandlarini hamisha birga bo’lishini istaydilar. Qismat esa, ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi. Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?

  8. Gazetachining ishi bir tomondan uloqchi otga, ikkinchi tomondan omoch tortadigan otga o’xshaydi. Uloqchi otdek manzilga yuguradi-yu, yer haydaydigan otdek har kuni omoch tortadi. Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?

  9. Vera xola qaysi hikoyada uchraydi?

  10. Oftob haqida cho’pchak qaysi hikoyada uchraydi?

  11. “Ikki afsona” hikoyasida Qonqusda oqib ketay degan obraz kim?

  12. Kavkaz tomonlarda gilam paypoqni nima deyishadi?

  13. Qahramon qaysi hikoyada uchraydi?

  14. Rus shoiri Pushkin qaysi hikoyada uchraydi?

  15. “Onang-chi, onang xiyonat qildimi senga? Biror marta, aqalli biror marta xiyonat qildimi? Har kim har kimning ko’ziga cho’p solishi mumkin, har kim har kimga xiyonat qilishi mumkin. Faqat ona o’z bolasiga hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon davom etib kelayotgani shundandir”. Ushbu parcha qaysi hikoydan olingan?

  16. Bilmagan ekanman, men onamning emas, onam mening suyangan tog’im ekan. Tog’im to’satdan qulab tushdi. Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?

  17. “ Mahallaning shayxi” hikoyasida “z” ni aytolmay “dz”, “s” ni aytolmay “ts” deydigan obraz kim?

Download 13.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling