Dushmanga nafrati bo'lmaganning Vatanga muhabbati bo'lmas. Kishi yerida sulton bo'lguncha


Download 15 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi15 Kb.
#143615
Bog'liq
maqollar


Dushmanga nafrati bo'lmaganning Vatanga muhabbati bo'lmas.

Kishi yerida sulton bo'lguncha,

O'z elingda cho'pon bo'l.

Kishi yurtida shoh bo'lguncha,

O'z yurtingda gado bo'l.

Eliga vafo qilgan

Yoviga jafo qilar.

Er yigit o'zi uchun tug'ilar,

Eli uchun o'lar.

Yaxshi yigit yurt tuzar,

Yomon yigit yurt buzar.

O'zga yurtning gulidan,

O'z yurtingning cho'li yaxshi.

Birlashgan daryo bo'lar,

Tarqalgan irmoq bo'lar.

Birlashgan — o'zar,

Birlashmagan — to'zar

Birlikli uy — barakatli,

G'ovg'ali uy — halokatli.

Ko'p ko'makka yaxshi,

Oz — barakka.

Ko'p ko'makka yaxshi,

Oz — barakka.

Ari zahrin chekmagan

Bol qadrini bilmas.

Gapni oz so'zla,

Ishni ko'p ko'zla.

Yig'lab-yig'lab yop qazisang,

Kulib-kulib sug'orasan.

Mehnatli non — shakar,

Mehnatsiz non — zahar

Mingta chiroyli so'zdan,

Bitta xunuk ish yaxshi.

Oz yesang, ko'p yashaysan,

Mehnat qilsang, ko'p oshaysan

Tanbalga jannat yo'q,

Qaytib kelsa do'zax yo'q.

Qulday bo'lib ishlasang,

Boyday bo'lib yasharsan

Eshakning go'shti harom,

Mehnati — halol.

Egri bo'lsang, sinar qanoting,

To'g'ri bo'lsang, chiqadi oting.

Bir yaxshi bilan bir yomon kelishar,

Ikki yomon kelishmas.

Yomon atalib tirik yurguncha,



Yaxshi atalib o'lgan yaxshi
Download 15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling