O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti
Geografiya oqitish metodikasi kafedrasi Qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi fanidan
M A ' R U Z A L A R M A T N I
Tayyorlagan: Radjapov M.Ya.
NUKUS-2022
Ma'ruza N«1
Qoraqalpog'iston tabiiy geografiyasi faniga kirish. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari, o'lkaning geografik joylashgan o'rni va chegaralari
Reja:
Kirish
Fanning mazmuni, maqsadi va vazifasi
O'lkaning geografik joylashgan o'rni va chegaralari
Kirish
O'zbekiston respublikasi o'z mustaqilligiga erishgandan keyin Qoraqalpog'iston tabiiy geografiyasi fani yangi avlodlarga xozirgi kunning talablari asosida malakali bilim berish maqsadida oliy o'quv yurtlarida talaba yoshlarga va geografiya fani o'qituvchilariga qo'shimcha darslik sifatida tavsiya qilinmoqda. Geograflar mazkur fanni o'rganish davrida, Qoraqalpog'istonning tabiiy resurs saloxiyatini va undan xalq xo'jaligi soxalarida maqsadga muvofiq foydalanishning xozirgi darajasi, respublikaning tabiiy resurs manbalari va uning mexnat resurslari bilan taminlanish darajasiga muvofiq kelishi xalq xo'jaligining territorial strukturasi va unda sanoat, qishloq xo'jaligi va transbo'rt soxalarining tutgan nisbiy ulushi xalq xo'jaligi soxalarini bundan keyin rivojlantirishda axoliga xizmat ko'rsatuvchi sohalarni tuzish va ularni intensiv rivojlantirish muammolarini echishga bag'ishlangan ilmiy-praktik va tarbiyaviy axamiyatga ega ma'lumotlarga ega bo'ladi. O'quv qo'llanmaning eng axamiyatli ta'lim-tarbiyaviy tomonlaridan biri unda yosh avlodlar o'lkashunoslik tamoyillarida o'z elini sevishga va uni ardoqlaydigan qilib solishtirishlar orqali bilim manbalarini o'rgatish yo'llari tavsiya qilingan. Shu asosda Qoraqalpog'istonning tabiiy zonalari bo'yicha ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish muammolari ko'rib chiqilgan va eshlarga ekologik ta'lim berish uchun boy ma'lumotlar va dalillar berilgan. Bu kabi, respublika geograflariga tavsiya etilgan o'quv uslubiy xarakterdagi ma'lumotlar yoshlarga o'z o'lkasining geografiyasi bo'yicha bilim asoslarini egallashdagi katta ilmiy-amaliy axamiyatga ega ish bo'lgan bo'lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |