E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bo‘yicha qo‘llanma


Download 17.46 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi17.46 Kb.
#1430175
Bog'liq
Qo\'llanma


E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bo‘yicha
QO‘LLANMA

I. “Imtiyozdan foydalanish yuzasidan xabardor qilish” interaktiv xizmati yuzasidan ma’lumot.
Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali – “my.soliq.uz”da soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yo‘llash interaktiv xizmati ishga tushirildi.
Bu amaldagi soliq imtiyozlaridan to‘g‘ri foydalanish, imtiyozlarni foydalanishda asosini noto‘g‘ri tanlash holatlarini oldini oladi va natijada, aniqlashtirilgan hisobotlarini qayta topshirish holatlarini kamaytiradi.
Soliq to‘lovchilar mavjud imtiyozlaridan foydalanish haqida soliq organlarini xabardor qilishi uchun:
1. my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, “xizmatlar ro‘yxati”dan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” oynasi tanlanadi;


2. “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” oynasi tanlanganda dastlab “Imtiyozlar” va “Murojaatlar” bo‘limi ochiladi.
Imtiyozlar” bo‘limiga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqdim etilgan barcha soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan;


3. Ushbu bo‘limdan “Murojaatlar” tanlanadi.
Ushbu bo‘limda tegishliligi bo‘yicha hujjat turi, soliq turi, hujjat raqami tanlanadi. Bunda imtiyoz boshlanish va tugash sanasi, imtiyoz matni qatorlari avtomatik ravishda shakllanadi. Agar soliq imtiyozi tovar (xizmat) uchun berilgan bo‘lsa ushbu tovar (xizmat)ning MXIK kodini soliq to‘lovchi o‘zi kiritishi lozim.
Shundan so‘ng “Faylni tanlang” tugmasi orqali asoslovchi hujjatlar (jpg/pdf) biriktirilishi kerak;

4. Shuningdek, mol-mulk yoki yer solig‘i tanlanganda alohida qo‘shimcha oyna ochiladi. Bunda imtiyozga ega bo‘lgan obyektning kadastr raqami tanlanadi.
So‘ngra mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtyozga ega mulk qiymati va maydoni, shuningdek yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega yer maydoni qatorlari to‘ldiriladi.
Shundan so‘ng “Faylni tanlang” tugmasi orqali asoslovchi hujjatlar (jpg/pdf) biriktiriladi.
Soliq to‘lovchi bir necha obyektlar bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lsa, “qo‘shish” tugmasi orqali har bir obyekt va ularning ma’lumotlarini yuqorida ko‘rsatilgan tartibda alohida kiritadi;

5. Barcha qatorlarga so‘ralgan ma’lumotlar to‘liq kiritilgach, “Yuborish” tugmasi bosiladi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan yuborilogan murojaatlar “E-imtiyoz” tizimining murojaatlar bo‘limiga kelib tushadi.
Murojaatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar maxsus ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilib, ularning tegishli xulosasi asosida qabul qilinadi.
Soliq to‘lovchilar o‘z murojaatlar holatini “Yuborilgan murojaatlar” bo‘limida real vaqt rejimida kuzatib borishlari mumkin.
II. Soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun ma’lumotlarni “E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish.
1. Soliq to‘lovchilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar tizimning “Murojaatlar” bo‘limiga kelib tushadi.

Kelib tushgan murojaatlar “Soliq imtiyozlarini hisobini yuritish va tahlil qilish” bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilib, qabul qilinadi yoki rad etiladi.

Nizoli bo‘lgan murojaatlar bo‘yicha bo‘lim xodimlari tomonidan toifalarga ajratiladi hamda ishchi guruhiga ko‘rib chiqish uchun yo‘naltiriladi.


Ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar uch ish kuni ichida o‘rganib chiqilib, hulosa qabul qilinadi va ushbu hulosaga asosan tegishli imtiyozlar MXIKlarga yoki tashkilotlarga biriktiriladi.



Qabul qilingan ma’lumotlar tizimning “Qabul qilingan” bo‘limiga va rad etilgan murojaatlar “Rad etilgan”lar bo‘limiga o‘tadi va soliq to‘lovchilar murojaat holatini “Murojaatlar ro‘yxati” bo‘limidan tekshirib ko‘rishlari mumkin.

Soliq to‘lovchilar imtiyozga biriktirilgan MXIKlarni barcha operatorlarga joylashtirilgan “QQSsiz mahsulotlar yoki xizmatlar” bo‘limidan, Korxonalarga biriktirilgan imtiyozlarni “QQSsiz (yoki 0%) sotuvchi tashkilotlar” bo‘limidan tekshirib ko‘rishlari mumkin.

Shuningdek, mazkur ma’lumotlarni “E-imtiyoz” tizimida “Imtiyozlarni qo‘shish” oynasiga joylashtirilgan imtiyozli tovarlar (xizmatlar), imtiyozga ega bo‘lgan tashkilotlar bo‘limlaridan tekshirib ko‘rishlari mumkin.
Download 17.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling