Egamberdiyev Ollobergan 22-55 guruh talabasi


Download 11.01 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi11.01 Kb.
#1300072
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Egamberdiyev Ollobergan 22-55 guruh talabasi


Mavzu:O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari
O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari bo’yicha qilinayotgan ishlari
O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari va ko’rinishlari
O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning o’ziga xos xususiyatlari
Muxtasar aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida“Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassam topgan.
Biz nimalarni maqsad qilmoqdamiz? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirmoqdamiz.
Maqsadga ko‘ra, mazkur anjuman ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etishda bevosita qatnashayotgan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari hamda tajribalarini konstruktiv muhokama qilish, o‘zaro fikr almashishlari uchun xalqaro platforma vazifasini o‘taydi. Bu format shak-shubhasiz,O‘zbekistonning ochiqligini, faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribalarini o‘rganish asosida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etishga tayyorligini ham namoyish etadi.
Shuni alohida aytish kerakki, mazkur g‘oya Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT), Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XKK), Umumevropa kasaba uyushmalari mintaqaviy kengashi (UYEKUHK), Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Va uning ishida mazkur tashkilotlar mutasaddilari, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiyot va huquq sohasidagi milliy va chet ellik ekspertlar qatnashishi kutilayotir.
Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga safar uyushtirilishini ham ko‘zda tutgan. Qolaversa, anjumanda yalpi majlislardan tashqari, aholining real daromadlari va bandligini izchil oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishidagi davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholining yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish istiqbollari, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha munozaralari ham rejalashtirilgan.
    • Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy-madaniy sohaga: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo‘naltiriladi. Zero, milliy qadriyatlarga tayanish, o‘zaro yordam va aholini qo‘llab-quvvatlashning jamoaviy shakllari xalqimizning bu boradagi o‘ziga xos qadriyatlaridan biridir. Xususan, mahalla instituti mazkur yo‘nalishda alohida o‘rin tutadi.

O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi.
Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxt­­li yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Dasturga ko‘ra, 2017-yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli uylar bunyod etildi.
Bugun, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Bugun maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayapti. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo‘shimcha toza ichimlik suv bilan ta’minlab, mamlakat bo‘yicha aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish ko‘rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko‘tarish imkonini beradi.
Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir muammo — yo‘llar muammosini olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. Ayni vaqtda yurtimizda mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo‘l hamda yo‘l-transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi asosida 1,7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 10,4 ming kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shahar, tuman markazlari, shahar tipidagi qo‘rg‘onchalar, qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalar yo‘l qoplamalarini kapital va joriy ta’mirlash ishlari ro‘yobga chiqarilayapti.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish jarayonida kam ta’minlangan oilalar, ko‘p bolali oilalar, pensionerlar, urush va mehnat faxriylarini jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali moddiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi.
Chunonchi, 2017-yilning o‘zida kasaba uyushmalari tomonidan 3073 nafar mehnat faxriysi va keksaning respublikamizdagi tarixiy shaharlar hamda diqqatga sazovor joylari bo‘ylab ekskursiyasi tashkil etilgan bo‘lsa, 592 nafar yolg‘iz keksa va nogironning kommunal to‘lovlari qoplab berildi. Davlat bayramlari munosabati bilan “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilib, u yerdagilarga 136,4 million so‘mlik maishiy texnika, kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar berildi.
Ayni chog‘da jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 110 ming nafar keksa avlod vakili ish beruvchilar va kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan 41,9 milliard so‘m miqdorida moddiy qo‘llab-quvvatlandi.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi 2017-2018-yillarda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator manzilli dasturlar ijrosini ham muvofiqlashtirmoqda.Xususan, kasaba uyushmalari Ishchi guruhlari tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida hunarmandchilik, tadbirkorlik yo‘nalishlarini ochish, shaxsiy tomorqa uchastkasini, shuningdek, chorva mollari yoki parranda xarid qilish,yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z oilasining iqtisodini tiklash istagini bildirgan minglab kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kreditlar olib berildi.Yuzlab nochor oilalarning uy-joyi ta’mirlandi, minglab xonadonlarga maishiy texnika olib berildi. Shunday oilalarning a’zolari bo‘lgan yuzlab og‘ir xasta bo‘lgan bemorlarga moddiy ko‘mak berildi. Joriy yilda ham bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 2366 nafar urush va mehnat fronti faxriysi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan sog‘lomlashtirildi, 7385 nafar ishlovchi pensioner va kasaba uyushma a’zosining ota-onalari esa imtiyozli asosda, shuning­dek, 344 nafar ishlovchi pensionerga bepul sog‘liqlarini tiklash uchun imkoniyat yaratib berildi.

  • Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 2366 nafar urush va mehnat fronti faxriysi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan sog‘lomlashtirildi, 7385 nafar ishlovchi pensioner va kasaba uyushma a’zosining ota-onalari esa imtiyozli asosda, shuning­dek, 344 nafar ishlovchi pensionerga bepul sog‘liqlarini tiklash uchun imkoniyat yaratib berildi.
  • Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb nomlangan 2017-yilda kasaba uyushmalari mutasaddilari barcha nodavlat va notijorat tashkilotlar vakillari bilan birga Qoraqalpog‘is­ton Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari bo‘ylab 2 million 160 ming xonadonga tashrif buyurib, oddiy odamlar hayotini o‘rganishdi. Ularda aholini qiynayotgan qariyb 650 mingta muammo aniqlanib, 556,5 mingta muammoni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda yil mobaynida ularning ijrosi nazoratga olindi.

Download 11.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling