Egiologiyasi


Download 0.61 Mb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1393204
  1   2   3
Bog'liq
OVQAT TOKSIKOINFEKSIYALARI

OVQAT TOKSIKOINFEKSIYALARI

OVQAT TOKSIKOINFEKSIYALARI

  • Salmonellyozlardan tashqari boshqa mikroblar bilan zararlangan ovqat mahsulotlarini iste'mol qilganda ham ovqatdan zaharlanish hollari kuzatiladi. Ularning sababchilari juda xilma-xil. Jumladan, stafilokokklar, enterokokklar (https://azkurs.org/agiz-boslugunda--mikroorqanizmlere-daha-cox-rast-gelinir-burad.html), ichak tayoqchalarining ayrim serovarlari, protey, sitrobakter, iyersiniya, klostridiyalar va boshqa mikroblar ovqatdan zaharlanishga sabab bo'lishi mumkin. Bu kasalliklarning barchasi uchun qo'yidagi 2 holat umumiy hisoblanadi:
  • 1. Kasallik asosan mikrob tushib qolib ko'paygan ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish oqibatida kelib chiqadi.
  • 2. Kasallik alomatlari bemor organizmiga ham mikrobning o'zi, ham uning zahari (toksin) ta'siridan kelib chiqadi. Shuning uchun bu kasalliklar majmuasiga ovqat (https://azkurs.org/oziq-ovqat-mahsulotlarini-standartlashtirish-boyicha-fikr-va-m.html)toksikoinfeksiyalari deyiladi.

Egiologiyasi.

  • Bu kasalliklarning ko'pchilik qo'zg'atuvchilari shartli-patogen mikroblar guruhiga mansub, yani ularning ba'zilar sog'lom odam tanasida, ichagida ma'lum miyedorda doimo mavjud. Shu sababli bu kasallik alomatlari bor bemorlarda mikrob ko'p miqdorda topilgandagana uning etiologik o'rni haqida fikrlash mumkin. Bemor qon zardobida ushbu mikroblarga qarshi antitelolar borligi aniqlansa (https://azkurs.org/reja-qon-va-uning-funksiyalari-qon-plazmasi-va-shakli-elementl.html), kasallik sababchisi ushbu mikrob ekani to'la isbotlangan bo'ladi.

Epidemiologiyasi.

  • Ovqat toksikoinfeksiyalari respublikamizda yoz oylarida ko'p uchrab turadi. Bemorlarning asosiy (70 /o) qismini 14 yoshgacha bo'lgai bolalar tashkil etadi. Ularning orasida eng ko'p xastalanganlari - 3 oylikdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar hisoblanadi. Kasallik mikrob bilan ifloslangan ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish tufayli kelib chiqadi. Xastalik qo'zg'atuvchisi organizmga og'iz orqali tushadi. Go'sht va uning mahsulotlari, sut maxsulotlari (ayniqsa, tort va pirojnoy), baliq, hatto sabzavotlar kasallik tarqatuvchi omillardandir.
  • Stafilokokklar sababchi bo'lgan ovqatdan zaharlanishda infeksiya manbai odam hisoblanadi. Angina yoki turli yiringli hasalliklar: sachratqi, chipqon, xasmol va terisida boshqa yiringli yaralari bo'lgan kishilar tort (https://azkurs.org/mavzu-uzoq-muddatli-aktivlar-hisobini-avtomatlashtirish.html), pirojnoye, muzqaymoq, smetana, suzma tayyorlashda ishtirok etganida ushbu mahsulotlar stafilokokk yoki streptokokk bilan ifloslanib qoladi. Bunday mahsulot sovutgichda saqlanmasa, mikrob juda tez ko'payadi va iste'mol qilgan odamlar kasallanadi.
  • Ovqat toksikoinfeksiyalari bilan baravariga bir necha odam kasallanganida ularni aniqlash qiyin emas. Amalda avj odishlarga nisbatan sporadik kasallanish hollari ko'proq uchraydi. Bunday hollar sababi ko'nincha bakteriologik jihatdan anqlanmay qoladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling