Ek 92 guruh talabasi Aliyev Shahobiddinning Mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi


Download 6.26 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi6.26 Kb.
#1314671
Bog'liq
ALiyev Shahobiddin EK92

EK 92 guruh talabasi Aliyev Shahobiddinning Mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi

Mavzu: Elastiklik tushunchasi va uning turlari

Elastilik nazariyasi tushunchasi

  • Iqtisodiyotda elastiklik — maʼlum bir x qiymatining oʻzgarishi oqibatida y qiymatiga boʻlgan oʻzgarilish nisbati. Masalan, narx yoki daromadning 1 foizga oʻzgarishi talab va taklifning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatilib berilishidir. Bu tushuncha hosila yordamida kiritiladi. U biror ishlab chiqarish faktoriga qarab iqtisodiy ko‘rsatkichning o‘zgarish darajasini anglatadi. Elastiklik miqdori elastiklik koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Elastiklik koeffitsienti tekshirilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichning unga taʼsir etuvchi iqtisodiy faktorlardan birining qolganlari o‘zgarmas bo‘lganda birlik nisbiy o‘zgarishi taʼsiridagi o‘zgarishni ko‘rsatadi.
  • Koʻpgina iqtisodiy hodisalarda chekli naflilikning kamayish qonuni sababli koʻrsatkich qanchalik absolyut katta boʻlsa, unga sarflangan resurslar samarasi shunchalik past boʻladi. Masalan, dunyoning rivojlangan davlatlarida yillik iqtisodiy oʻsish rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan kamligi yoki 2 va undan ortiq bir-biriga bogʻliq empirik oʻzgaruvchilardan tashkil topgan iqtisodiy modelning faqat bir oʻzgaruvchisiga eʼtibor berish elastiklikni pasaytiradi. Xususan, soliq siyosati, xalqaro savdo kabi muhim iqtisodiy tarmoqlarda aynan elastiklik asosiy tahliliy koʻrsatkich.

Absolyut elastiklik talab

Ep=0

narx oʻzgarganida tovar hajmi oʻzgarmaydi

Noelastik talab

-1

talab hajmi narx oʻzgarishidan pastroq oʻzgaradi:

Birlik elastiklik

Ep=-1

talab narxga proporsional tarzda oʻzgaradi

Elastik talab

-∞

talab hajmi narxdan koʻra koʻproq oʻzgaradi

Absolyut elastik talab

Ep<-∞

narxning ozgina oʻzgarishi talab hajmini cheksizlikkacha oʻzgartiradi

Narxga bo`gliq talab elastikligi

  • Narx bo`yicha talab elastikligi – narxning bir foizga o`zgarishi natijasida talabning son jihatdan foiz bo`yicha o`zgarishi darajasini ko`rsatadi.
  • Bunga eng muhim misollardan biri, narxga bog`liq bo`lgan talab elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o`zgarishi, unga bo`lgan talabning necha foizga o`zgarishini ko`rsatadi.
  • Narxga bog`liq talab elastikligi talab chizig`ining alohida nuqtasida o`lchanadi va egri chiziq bo`yicha siljiganimizda, u o`zgarib boradi. Shunga mos ravishda, real statistik ma‘lumotlarga ko`ra, nuqtaviy va yoysimon elastiklik koeffisientlarini aniqlash mumkin.

Talabning narx elastikligiga ta`sir etadigan omillardan quyidagilarini alohida ko`rsatish mumkin:

  • 1. Bozorda o`rinbosar tovarlarning mavjudligi.
  • 2. Vaqt omili.
  • 3. Tovarga bo`lgan harajatlar darajasi.
  • 4. Tovarning iste`molchi uchun zarurligi.

Taklif elastikligi

  • Narxga bogʻliq taklif elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi, unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. Agar tovar narxining 10 foizga kamayishi, taklif etiluvchi tovarlar hajmini 20 foizga kamaytirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi

Taklif elastikligining 3 xil ko`rinishi

Kesishgan elastiklik

  • A tovar narxining oʻzgarishi B tovarga boʻlgan talab yoki taklifning oʻzgarishiga olib kelsa, bu oʻzgarishlarning nisbati kesishgan elastiklik deyiladi. Baʼzi tovarlarning narxi oʻzgarishi nafaqat oʻsha tovarning oʻziga, balki boshqa tovarlarga ham (oʻrinbosar va toʻldiruvchi tovarlar) taʼsiri bor hisoblanadi. Masalan, benzin narxining oshishi vaqt oʻtishi bilan avtomashinalar sotuviga taʼsir oʻtkazadi. Benzin va avtomashinalar toʻldiruvchi tovarlar boʻlgani uchun, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik teskari hisoblanadi. Lekin, tovarlar oʻrinbosar boʻlsa, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik toʻgʻri boʻladi

Download 6.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling