Yuldashev Dilshod - Qozon agregatlarida ilon izi ko'rinishda ishlangan isitgich ekonomayzer sifatida ishlatiladi. Issiqlik almashinuv jadalligini ko'tarish uchun ekonomayzer kichik diametrli (ДИЧ = 2030 mm) uvurlardan ishlangan. Ekonomayzer quvurlarining uchlari kirish va chiqish kollektorlari bilan birlashtirib qo'yilgan. Kollektorlar gaz yo'lining tashqi tomonida o'rnatiladi.
- Ekonomayzer quvurlari bug' generatorining old tomoniga nisbatan perpendikulyar yoki parallel holda joylashtiriladi. Birinchi variantda ilon izisimon quvurlarning uzunligi unchalik katta bo'lmaydi va ularni mahkamlash oson. Ikkinchi variantda esa kirish kollektorining uzunligi va quvurlar soni ancha kamayadi, ammo ilon izisimon quvurlar uzunligi oshadi va ularni makamlash qiyin bo'ladi.
Ekonomayzer kompanovkasi. a-qozonning yon tomonidan ko'rinishi; v-qozonning old tomonidan ko'rinishi. 1-baraban; 2-ta'minot suvini barabanga etkazib beruvchi quvurlar; 3- ekonomayzer; 4-kirish kollektorlari - Ekonomayzerlar qaynaydigan va qaynamaydigan bo'lishi mumkin. Gaz tomonidan issiqlik almashinuv jadalligini ko'tarish uchun suzgichli va ikki qo'shni quvurlar bir-biriga pardaga o'xshash plastinkalar bilan birlashtiriladi. Suzgichli quvurlar ekonomayzer kattaligini 40-50% ga kamaytiradi. Ekonomayzerlar membranali ham bo'ladi.
- Havo isitgich - o'zidan o'tayotgan havoni qizdiradigan issiqlik almashinuv apparatidir. Energetikada ko'llaniladigan havo isitgichlar regenerativ RVP va rekuperativ TVK bo'lishi mumkin. Rekuperativ havo isitgichning asosiy turi - vertikal o'rnatilgan quvurli havo isitgichlardir. Bunda tutun issiqligi havoga quvurlar devori orqali uzluksiz uzatiladi
Rekuperativ havoisitgich. 1 - po'lat quvurlar 40x1,5 mm; 2,6 - 20-25 qalinli ustki va pastki quvur taxtalari; 3 - issiqlik kengaytmali kompensatorlar; 4 - havo uzatuvchi quti; 5 - oraliq quvur taxtasi; 7,8 - tayanch egarlar va kolonnalar. - O'ta qizitilgan bug' - to'yingan bug' bosimidagi va uning haroratidan yuqori haroratga ega bo'lgan bug'. O'ta qizigan va to'yingan bug' haroratlari o'rtasidagi farq o'ta qizish darajasi deyiladi. O'ta qizigan bug' xossalari o'ta qizish darajasi ortishi bilan ideal gaz xossalariga yaqinlashadi. O'ta qizigan suv bug'i - bug'-kuch qurilmasining ishchi jismidir. O'ta qizish harorati oshirilganda qurilmalar tejamli ishlaydi. O'ta qizigan bug' maxsus bug' qizdirgichlarda hosil qilinadi.
- Bug' o'taqizdirgichi - qozon agregatining o'ta qizigan bug' olish elementidir. Bug' o'taqizdirgich aylanma tarzda bukilgan, ichki diametri 20-60 mm bo'lgan parallel quvurlar tizimidan iborat. Uning bir uchi kirish kollektoriga, ikkinchi uchi esa chiqish kollektoriga biriktirilgan. Konvektiv bug' o'taqizdirgich qozonning gaz yo'llariga, radiasion bug' o'taqizdirgich o'txona shipi va devorlariga, yarimradiasion (pardali) bug' o'taqizdirgich esa, o'txonadan chiqishda o'rnatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |