Mavzu: Oddiy va Murakkab quvurlarni gidravlik hisoblash. Reja
Download 61.16 Kb.
|
1 2
Bog'liq11-maruza (2)(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
Mavzu: Oddiy va Murakkab quvurlarni gidravlik hisoblash. Reja: Oddiy quvurlarni hisoblash. Murakkab quvurlarni gidravlik hisoblash. Xulusa Foydalanilgan adabiyotlar Tayanch so’zlar: uzun va qisqa quvurlar, oddiy va murakkab quvurlar, sarflanish koeffisienti, ketma-ket va parallel ulangan quvurlar, naporli va naporsiz quvurlar, har xil shakldagi quvurlar, bosimning kamayishi. Oddiy quvurlarni hisoblash Quvurlarning geometrik o‘lchamlari (diametri, uzunligi) ni ma’lum sarfga moslab hisoblash yoki berilgan bosimda o‘lchamlari berilgan quvurlarning sarflarini hisoblash quvurlarni gidravlik hisoblash deyiladi. Gidravlik hisoblash vaqtida quvurlarning uzunligi yoki hisoblashning gidravlik shartlariga qarab, ular ikki turga bo‘linadi: uzun va qisqa quvurlar. Uncha uzun bo‘lmagan va mahalliy qarshiliklari sezilarli bo‘lib, quvurning uzunligi bo‘yicha qarshiligining kamida 5-10 % ni tashkil etadigan quvurlar qisqa quvurlar deb ataladi. Bularga misol qilib nasoslarning so‘rish quvurini, benzobakdagi karbyuratorga benzin o‘tkazuvchi quvurni, avtotraktor va boshqa qurilmalar dvigatellarining moy o‘tkazuvchi quvurlarining, gidrouzatmalaridagi tutashtiruvchi quvurlar va hokazolarni keltirishi mumkin. Ancha uzoq masofaga cho‘zilgan va gidravlik qarshiliklar majmuida asosiy qismni ishqalanish qarshiligi tashkil qilgan quvurlar uzun quvurlar deb ataladi. Bunday quvurlarda mahalliy qarshiliklar aloxida hisoblanmaydi va ishqalanish qarshiligining 5-10% iga teng deb qabul qilinadi. Bularga vodoprovod quvurlari neft va gazlarning tarqatuvchi quvurlar va boshqalar misol bo‘ladi. Quvurlar ishlash sxemasiga qarab ikki turga bo‘linadi: 1. Oddiy quvurlar (1-rasm, a, b); 2. Murakkab quvurlar (1-rasm v, g).; Oddiy quvurlar hech qanday tarmoqlarga ega bo‘lmagan quvurlardir. Murakab quvurlar esa bir necha tarmoqlarga ega bo‘lgan quvurlardir. Bundan tashqari, quvurlar, tupik yopiq quvurlarga ajraladi. Bir yo‘nalishda suyuqlik oqadigan quvurlar tupik quvurlar deyiladi. Suyuqlikni biror erga ikki va undan ortiq yo‘nalish bo‘yicha berish mumkin bo‘lgan quvurlar yopiq quvurlar deyiladi. YOpiq quvurlar ishonchli bo‘lib, uning ayrim qismlari buzilib, ta’mir qilishdan oldin ham suv ta’minoti to‘xtamaydi. 1-rasm. Quvurlarning turlariga oid sxema. YUqorida aytilganlardan tashqari tranzit sarfli quvurlar ham mavjud bo‘lib, ularda suyuqlik yo‘l bo‘yicha o‘zgarmay qolishi yoki tekis taqsimlanib borishi mumkin. Quvurlarni hisoblashda biz yuqorida keltirilgan ishqalanish va mahaliy qarshiliklar uchun chiqarilgan formulalardan foydalanamiz. SHuning uchun suyuqlikning quvurda qaysi tartibda oqishini ham bilish kerak bo’ladi. Avvalo, o‘zgarmas diametrli sodda quvurni o’rganamiz. Bunday quvur ketma-ket joylashgan bir qancha to‘g‘ri quvur bo‘laklaridan tashkil topgan deb qarash mumkin. Bularda bosimning pasayishini barcha qarshiliklarning yig‘indisi ko‘rinishida hisoblaymiz. 1-formula 2-rasm. Oddiy quvurning sxemasi. Gidravlik qiyalikning qiymati I (J) ekanligini hisobga olsak, u holda suyuqlikning sarflanish miqdori: 2-formula Oddiy quvurlar hisoblashda bosim(napor)ning qiymati quyidagi bog’lanish asosida topiladi: yoki Ko`p hollarda quvurlarni hisoblash formulasi quyidagi ko`rinishda ifodalanadi: 3-formuls bu yerda, K - sarflanish koeffisienti deyiladi. 2 va 3-formulalar bilan solishtirsak, sarflanish koeffisienti uсhun ushbu munosabatni olamiz: 4-formula uzun quvurlar uсhun esa 5-formula 3- formulani boshqaсha ham yozish mumkin: 6-formula bu holda bo`ladi. Suyuqlik kvadratik qonunga bo`ysunganda λ va ζ Rey-nolds soniga bog`liq bo`lmagani uсhun yuqorida aytganimizdek K2 va Av lar uсhun quvurning diametri va g`adir-budirligiga qarab jadval ko`rinishida ifodalanadi, Am esa bu jadvalda faqat diametrga bog`liq. Laminar soha uсhun yuqoridagi formulalardagi quvurning qarshiligi α va qarshilik koeffisiyenti K 4-formula yordamida hisoblab topiladi. Bunda l Puazeyl formulasi bo`yiсha hisoblanadi: Kvadratgaсha sohada esa siliq quvurlar uсhun Blazius formulasi bo`yiсha hisoblanadi: Download 61.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling