Ekskursiya dars ishlanmasi Ekskursiya mavzusi: Tabiatga sayohat
Download 498.69 Kb.
|
Muxiddinova .Ekskursiya dars
Ekskursiya dars ishlanmasi Ekskursiya mavzusi: Tabiatga sayohat ( Hayvonot bog’iga) Ekskursiya maqsadi: Butun yil davomida o’rgangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko;nikmasini shakllantirish, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarni bir biridan ajrata olish, sinflar o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni ko’ra olish ko’nikmalarini shakllantirish. Turlarning xilma xilligi va organizmlarning muhitga moslashganligiga oid bilimlarni mustahkamlash, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish va ekologik tarbiya berish. Jihozlar: daftar, ruchka, chizg’ich, durbin Ekskursiyaning borishi: I-O’quvchilarni ekskursiyaning maqsadi, borishi, kuzatiladigan va bajariladigan topshiriqlar bilan tanishtirish. 2. O’quvchilarni kichik guruhlarga ajratish va ularga o’quv topshiriqlarini tavsiya etish. 3. O’quvchilarni kichik guruhlarda mustaqil ishini tashkil etish. 1-topshiriq. O’quvchilar umurtqasizlar tipiga oid hayvonlarni kuzatib, ularni o’ziga xos jihatlarini tahlil qilish 1-jadval
2-topshiriq. Sutemizuvchilar sinfiga mansub hayvon turlarini kuzatish va tahlil qilish. 2-jadval
3-topshriq.Qushlar sinfiga mansub hayvon turlarini kuzatish va tahlil qilish. 3-jadval
4-topshiriq. Sudralib yuruvchilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi vakillari bilan tanishish va tahlil qilish 4-jadval
5-topshiriq. Baliqlar sinfi vakillari bilan tanishish va tahlil qilish 5-jadval
IV kichik guruhlarning topshiriqlar yuzasidan axborotlarini tinglash. V Ekskursiya mobaynida kuzatilgan hayvon turlarini turlari turkumlari, morfologiyasi, ekologiyasi va ahamiyati bo’yicha hisobot tayyorlash. VI Ekskursiyani yakunlash. O’quvchilar tomonidan yig’ib kelingan ma’lumotlar umumlashtiriladi. Har bir guruh o’zi o’rgangan topshiriqlar yuzasidan qolgan guruh a’zolariga ma’lumotlarni aytib o’tadi. O’qituvchi tomonidan ma’lumotlar xulosalanadi va yakunlanadi. Download 498.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling