Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari


Download 80.36 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi80.36 Kb.
#1292573
Bog'liq
Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari-fayllar.org

EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYANING ASOSIY TAMOYILLARI



Reja:

1.Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari


2.Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari
3.Pedagogik qobiliyatlar.
Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi.
U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi.
Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2 yarmida vujudga kelgan.
Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta qissa qoʻshganlar.
Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi.
Bixevioristik psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi.
Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uzviy bogʻliq.
Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psixologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi.
Taʼlim psixologiyasida oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakteri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi.
Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir.
Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish.
Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.
30-yillarning o‘rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy tamoyillari: determinizm tamoyili, ong va faoliyatning birligi tamoyili, psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili aniq ifodalab berildi.
Determinizm tamoyili psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi.
Agar hayvonlar psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda bu psixikaning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash bilan belgilanadi.
Agar odamning psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda kishida ong shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi pirovard natijada tirikchilikning moddiy vositalarini ishlab chiqarish usullarini rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi.
Kishi ongining ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega ekanligini tushunish kishi ongining ijtimoiy borliqqa bog‘liqligi haqidagi umumiy materialistik tamoyilidan kelib chiqadigan eng muhim xulosadir.
Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan tamoyili ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi.
Оng faoliyatning iсhki rejasini, uning programmasini tashkil etadi.
Voqelikning o‘zgaruvchan modeli aynan ongda hosil bo‘ladiki, odam o‘zini qurshab turgan muhitda Shuning yordamida mo‘ljal oladi.
Psixologiyada eksperiment metodining qo`llanilishi psixologik bilimlarning qayta tuzilishida va psixologiyaning falsafa tarkibidan mustaqkil fan sifatida ajralib chiqishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan. eksperimental psixologiya XIX asrning o`rtalarida keng rivojlangan fiziologik laboratoriyalar negizida vujudga kela boshlagan. O`sha davrlarda bu laboratoriyalarda-sezgi, idrok, reaktsiya vaqti kabi eng oddiy psixik funktsiyalar o`rganilar edi. Bunday tadqiqotlar falsafa va fiziologiyadan farq qiluvchi eksperimental psixologiyaning fan sifatida vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratdi. eksperimental psixologiyaga Vil’gel’m Vundt asos soldi. 
V.Vundt (1832 - 1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi bo`lgan. V.Vundt inson ongini turli qismlarga ajratib, bu qismlar o`rtasidagi aloqa va bog`lanishlarni laboratoriya eksperimenti orqali o`rganadigan fiziologik psixologiya fanini tashkil etish haqidagi g`oyalarni o`zining “Fiziologik psixologiya asoslari” (1880-1881) nomli kitobida ilgari suradi.
V.Vundt tomonidan 1879 yili Leyptsig shahrida tashkil etilgan psixologik laboratoriya butun dunyoda eksperimental psixologiyaning markaziga aylandi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, turli qo`zg`atuvchilarga javob berish vaqti assotsiatsiya (bog`lanish)lar, diqqat va oddiy his-tuyg`ular o`rganilgan.
V.Vundtning fikricha nutq, tafakkur, iroda kabi yuksak psixik jarayonlarni eksperiment orqali o`rganish mumkin emas. Bu jarayonlarni o`rganishda madaniy-tarixiy metodlardan foydalanish maqsadga muvofikdir.
Agar dastlabki davrlarda eksperimental psixologiyaning ob`ekti normal etuk insonlar bo`lgan bo`lsa, keyinchalik bolalar, ruhiy kasal kishilar va hayvonlar ustida tajribalar olib borildi (K.Lloyd-Morgan, e.Torndayk). eksperimental psixologik tadqiqotlar psixik jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini o`rganish bilan cheklanib qolmay, balki sezgirlik, xotira, reaktsiya tezligi kabi individual xususiyatlarni ham qamrab ola boshladi. (F.Gal’ton, D.Kettel). Ayni paytda eksperimental psixologiya zamirida yangi yo`nalish differentsial psixologiya vujudga kela boshladi. eksperimental psixologiya tomonidan qo`lga kiritilgan yutuqlar nazariy ahamiyatga ega bo`libgina qolmay, balki maktabgacha tarbiya pedagogikasidan tortib kosmonavtikagacha bo`lgan inson faoliyatining barcha sohalarida qo`llanila boshlandi. eksperimental psixologiya texnikaviy, ijtimoiy va biologiya fanlar bilan o`zaro bog`liq holda rivojlanmoqda.
Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar:

1. Tadqiqotni rejalashtirish metod va metodikalarni tanlash va ularni moslashtirishni o`z ichiga oladi. Psixologik tadqiqot uchun ajratib olingan jarayonga ta`sir etuvchi barcha ichki va tashqi omillar e`tiborga olinishi kerak. Rejalashtirish-bu tadqiqotning mantiqiy va xronologik loyihasini tuzish, tekshiriluvchilar soni va kontingentini aniqlash, tekshirishlar sonini belgilash, matematik statistik tahlil rejasini ishlab chiqishdan iboratdir.
2. Tadqiqot o`tkaziladigan joy tashqi ta`sirlardan holi bo`lishi (xech bo`lmaganda ular hisobga olinishi kerak). Sanitariya-gigiena va injener-texnik talablarga javob berishi zarur.

3. Tadqiqotning texnikaviy ta`minoti hal etilishi, lozim bo`lgan vazifalarning talablariga mos bo`lishi kerak.
4. Tekshiruvchilarni tanlashda ularning sifat jihatdan bir xil bo`lishiga e`tibor berish lozim.
5. Tadqiqotchi ishni rejalashtirishdan tortib xulosa va tavsiyalar ishlab chiqqunga kadar tadqiqotning borishiga, shubhasiz, ta`sir etib turadi.
6. Tekshiriluvchi uchun ko`rsatma rejalashtirish bosqichida tayyorlanib, u qiska, lo`nda va tushunarli bo`lishi kerak.
7. Tadqiqot bayonnomasi to`liq va maqsadga muvofiq holda to`ldirilib borilishi zarur.
8. Olingan ma`lumotlar miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilinishi lozim.
Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri natijalarni sifat jihatdan tahlil etilishidir. Bunda tekshiriluvchi tomonidan vazifani necha marta bajarganligi emas, qanday amalga oshirganligi e`tiborga olinadi.
Har qanday metoddan foydalanish jarayonida quyidagi metodologik tamoyillarga rioya qilish zarur:
· 
metod fanning predmetiga mos kelishi va uning o`ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi kerak;
· 
psixologiyaning umumiy metodi ob`ektiv bo`lishi shart.
· 
genetik (evolyutsion) tamoyilni saqlash kerak.
· 
individual farqlar e`tiborga olingan holda ilmiy umumlashtirishdan foydalanish zarur.

ilmiy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi va differensiatsiyalash


· 
Shu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi bilan mashg‘ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning maxsus yoki amaliy sohalari ham ajratiladi
· 
Psixologiya fanida ilmiy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi va differensiatsiyalash jarayonlari ro‘y beradi. Xususan, psixologiyaning jadal rivojlanishi uning differensiatsiyasiga – psixologiya fanlari qator sohalarining, shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog‘lovchi fanlararo sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, psixik jarayonlarning asosi bo‘lgan fiziologiya mexanizmlarini o‘rganuvchi psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik faolligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning alohida sohasi bo‘lib psixogigiena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi masalalarini, patopsixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi psixik jarayonlarning izdan chiqish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi), neyropsixologiya (psixik jarayonlarning bosh miya ma’lum tuzilmalari bilan aloqasini o‘rganuvchi) va psixokorreksiyani o‘rganuvchi tibbiyot psixologiyasi hisoblanadi
Download 80.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling