Maktabgacha bolalar psixologiyasi


Download 16.24 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.24 Kb.
#1595093
Bog'liq
Maktabgacha bolalar psixologiyasi


Maktabgacha bolalar psixologiyasi
Ulug‘vor deb hisoblangan ta’lim tizimi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri –bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar yoshlarni o‘z xohishi, irodasi va intilishiga qarab, ularga chuqur bilimlar berish, o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to‘la xoli bo‘lgan yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlashdir. Komil insonni, ya’ni o‘zida ruhiy boylik, ahloqiy poklik va jismoniy yetuklikni to‘la mujassamlashtirgan talabalarni kelgusi faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash uchun umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni bilishlari muhim sanaladi. Buning uchun bolalarning psixik taraqqiyoti qonunlarini, ularning yosh davrlari va individual xususiyatlarini bilish muhimdir. Bu borada, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari -hozirgi zamon psixologiya fanining rivojlangan sohalaridan bo‘lib, bu o‘rinda muhim o‘rin egallaydi, zero u inson ruhiy olamining tabiati va uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohalardir. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta, umumiy jarayonni - ulg‘ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. 6 Biroq, shunday bo‘lsa-da, bu ikki fan psixologiya fanining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o‘z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir. Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi. Ontogenez ~ (yunoncha,. optos-mavjud, jon, zot; genezis- kelib chiish , paydo bo‘lish) - individning paydo bo‘lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni. Yoshning ulg‘ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo‘lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar -yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi.  Yosh psixologiyasi fani – psixologiya fanining tarmoqlaridan biri bo‘lib, u insonning ontogenezdagi psixik rivojlanishiga xos xususiyatlarni o‘rganadi.  Yosh psixologiyasi fanining predmeti – inson psixikasining ontogenezda taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xususiyatlarining yosh jihatdan rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Yosh psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi. Bular : 1.Bolalar psixologiyasi 2.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi. 3.O‘smir psixologiyasi. 4.Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi. 5.Katta yoshdagilar psixologiyasi. 6.Gerontopsixologiya ( qarilik) psixologiyasi.
Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o‘rganishda qo‘lga kirgan ilmiy dalillarini ta’lim-tarbiya sohalariga tadbiq etish tashkil etadi. Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so‘ngti yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo‘la oladi. Ma’lumki keyingi o‘n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda. Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal qilib bo‘lmaydi. Yosh davrlar psixologiyasi Bolalar psixologiyasi O'smirlik davri psixologiyasi Каtta yoshdagilar psixologiyasi Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar psixologiyasi O'spirinlik davri psixologiysi Qarilik psixologiyasi 8 Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun ta’lim jarayonining o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini, ko‘nikma va malakalarni, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib toptirishni yaxshi bilish lozim bo‘ladi. Psixolog L.S. Vigotskiy ko‘rsatib o‘tganidek, ular ma’lum hodisalarga nisbatan o‘zlarining kundalik hayotdagi oddiy tushunishlari bo‘ladi. Bu esa ilmiy tushunchalarning tarkib topishiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Bundan keyin, tushunchalarni tarkib toptirishda hissiy negizga qay darajada tayanish lozimligini, qaysi paytda ko‘rgazmalilikdan va yakka hodisalardan qutilib, mavhumlik hamda umumiylikka o‘tish maqsadga muvofiqligini bilish kerak. Ko‘rgazmali tayanchdan barvaqt voz kechish ham ana shu bosqichda sun’iy ravishda to‘xtab qolish ham bir xil xatodir. Shuning bilan birga ko‘rib va eshitib idrok qilish xususiyatlarini hamda ularning o‘zaro munosabat xarakterini bilish kerak. O‘tilgan materiallarni qanday yo‘l bilan psixologik jihatdan samarali qilib mustahkamlash mumkin? O‘quvchiga savolni qanday berish mumkin: umumiy qilibmi yoki konkret shakldami? Bir xil savollarni beraverish to‘g‘rimi? Yordamchi savollarning roli qanday? (Psixologiyada shu narsa ma’lumki, javob beriladigan savolning ifodalanish xarakteriga ham bog‘liq bo‘ladi). Pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. Shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-e’tiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, to‘g‘ri tarbiya berish mumkin emas.
Yuksak tafakkur namoyondalarining asarlarida bilim olishga keng o‘rin berilgan bo‘lib, o‘tmishda ham, hozirda ham, qaerda ta’lim sohasiga e’tibor yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda taraqqiyot doimo ilgarilab borganligi yaqqol ko‘rinadi. Sharqning qomusiy olimlari asarlarida ta’lim-tarbiya, shaxs kamoloti borasidagi fikrlari bilan birga bilim egallash, ilm olish yo‘llari xususida qator ilmiy ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi olim va mutafakkirlarning asarlarida yuqoridagi muammolar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar keltiriladi. Qomusiy olim Imom al-Buxoriy ham ilm o‘rganishni yuqori darajaga qo‘yib, o‘z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: “Kishi ilm bobida nafaqat o‘zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o‘zidan past bo‘lganlardan hadis olmaguncha, yetuk muhaddis bo‘la olmaydi”. Imom Buxoriy ushbu fikri bilan o‘quv faoliyatining ijobiy motivlari ustoz-muallim tomonidan shakllantirilishiga urg‘u beradi.
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bo‘lsagina, u to‘g‘ri tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin. Bu tamoyil psixologlardan P.P. Blonskiy, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, S.L. Rubinshteyn, B.M.Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topdi. Psixikaning taraqqiyotini dialektik nuqtai nazardan tushunish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bo‘lgan psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. L.S. Vigotskiy, ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, degan fikrni aytib, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi, deb ta’kidlaydi.
Psixologik-pedagogik eksperiment - o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini . tabiiy sharoitda maxsus usullar yordamida o‘rganishdir. Mazkur eksperiment o‘quvchilarni maxsus uyushtirilgan ta’lim sharoitida maqsadga muvofik, ulardan o‘zgarishlarni kuzatishni taqozo etadi. Bu eksperiment aniqlovchi va tarkib toptiruvchi bosqichlardan iborat bo‘lib, maxsus uyushtirilgan 19 ta’lim tarkib toptiruvchi eksperiment jarayonida olib boriladi. U quyidagi tuzilishga ega: eksperimentator yoki tadqiqot olib boruvchi, sinaluvchilar, faraz, reja, yo‘l-yo‘riq, tajribaning bir-biriga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgaruvchan, nazorat qilinadigan va qilinmaydigan qismlardan iborat. Eksperimental tadqiqotning asosiy bosqichlari: farazni ilgari surish, metodikani tanlash, eksperimentni rejalashtirish, olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish, taxlil etish va izohlashdan iboratdir. Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari.
Suhbat metodi erkin, nutqiy munosabat tufayli olingan kishi psixik faoliyatining xulosasini tekshirish demakdir. Bu metod yordamida inson psixikasini o‘rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obtekti va sub’ekti tanlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati,
Download 16.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling