Materialshunoslik nimani o’rganadi


Download 234.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi234.96 Kb.
#1608590
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
M. va M. K. T mustaqil ish



 Materialshunoslik nimani o’rganadi 
Metall va qotishmalaming ichki tuzilishi bilan tarkibi va xossalarini o‘zaro 
bog‘langan holda o‘rganuvchi fan «Materialshunoslik» deyiladi. 
«Materialshunoslik» metall va qotishmalarni termik va kimyoviy - termik 
ishlashning, bosim bilan ishlash, kesib ishlash va payvandlashning nazariy asosidir. 
Materialshunoslikni bilmay turib, xilma-xil xossali qotishmalar hosil qilish, bu 
qotishmalardan tayyorlangan detal, asbob va boshqalarning xossalarini zarur 
tomonga o‘zgartirish mumkin bolmaydi. «Materialshunoslik» fani XIX asrning 
oxirida og‘ir sanoatning turli tarmoqlari jo ‘shqin rivojlanayotgan yillarda fan 
tariqasida vujudga keladi. «Materialshunoslik» fani fizika, kimyo kabi aniq fanlarga 
asoslanadi, o'zi esa texnologik fanlarga asos bo'ladi. «Materialshunoslik» fani faqat 
metall va qotishmalaming ichki tuzilishi bilan tarkibi va xossalarini bir-biriga 
boglagan holda ko‘rib, ular xossalarining o‘zgarish sabablarini tushuntirish bilangina 
chegaralanmay, balki xossalarini ehtiyojga ko‘ra o‘zgartirish mumkin bo‘lgan 
yollami ham o4rgatadi. Materialshunoslik fani asoslari XIX asrning ikkinchi yarmida 
yaratilgan bo'lishiga qaramay, hozirda ham fan yangiliklariga asoslanib, keng 
rivojlanmoqda. Rus olimi М. V. Lomonosov (1711-1765) metallarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini birinchi bo'lib tasvirlab berdi va talab etilgan xossali qotishmalar 
hosil qilish yo‘lini ko‘rsatdi. Metallarning xossalari ularning atom kristall tuzilishiga 
qarab o'zgaradi, elementlarning D. 1. Mendeleev (1834- 1907) kashf etgan davriy 
sistemasi ana shu qonuniyat sabablarini izohlashga imkon berdi. Rus olimi E. S. 
Fedorov (1853-1919) kristallarda ion, atom va molekulalarning joylanish 
qonunlarini topdi. Rus olimi P. P. Anosov (1797-1871) polat strukturasini o‘rganish 
uchun mikroskopdan jahonda birinchi bo'lib foydalandi. «Materialshunoslik»ning 
ilmiy asoslarini ulug rus olimi D. K. Chernov (1839-1921) yaratdi. D. K. Chernov 
po‘latning xossalari uning kimyoviy tarkibigagina emas, balki tuzilishiga ham bog‘liq 
ekanligini ko‘rsatdi. U kritik nuqtalar vaziyatining po‘lat tarkibidagi uglerod 
miqdoriga bog4Iiq ekanligini aniqlab, temir - uglerod qotishmalari holat 
diagrammasini tuzish uchun asos yaratib berdi. Temir - uglerod diagrammasi bir 
qator olimlaming: R. Austen, F. Osmond, A. Le-Shatel’e va boshqalarning ishlariga 
asoslanib, XIX asrning oxirida tuzib chiqildi. Rus olimi N. S. 9 Kurnakov (1860-1941) 
metallarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va fizikaviy xossalari orasida bog‘lanish 
borligini topdi va jahonda birinchi bo‘lib, tarkib - xossa diagrammalarini tuzdi. 


Uning qotishmalar nazariyasiga oid ishlari ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi 
vaqtda «Materialshunosiik>>da davlatimiz olimlarining ham hissalari bor. 
Shulardan V. A. Mirboboyev va I. Nosirovlami misol qila olish mumkin. Bular 
Respublikamizning mustaqillik vaqtida «Materialshunoslik» fanidan qator ilmiy 
izlanishlar va adabiyotlar yaratdilar. Mashina detallari uchun material tanlash 
masalasi va ularni ishlash texnologiyasida uchrovchi bir-biriga zid bo4lgan texnik 
masalalar bor, masalan, puxta detal qimmat turadigan sifatli po4latni talab etsa, 
nafis ishlov berish ularning narxini oshiradi. Demak, bunday hollarda masalani 
shunday ratsional ravishda hal etish kerakki, natijada arzon, puxta va ko4rkam 
mashina yaratilsin. Bunday murakkab injenerlik masalalarini hal etishda 
«Materialshunoslik» fanining ahamiyati katta. «Materialshunoslik» mashina 
yaratish jarayonida konstruktorlar va texnologlar oldida yuz beruvchi murakkab 
konstruktiv va texnologik masalalarni ratsional hal etishga yordam beradi. 
«Materialshunoslik» fani nima va u nimani o'rgatadi? Metall va qotishmalaming 
ichki tuzilishi bilan tarkibi va xossalarini o‘zaro bog‘langan holda o‘rganuvchi fan 
«Materialshunoslik» deyiladi. Masalan, ko‘prik to4sinlari shu ko4prikdan o4tuvchi 
transport vositalarining eguvchi kuchlari ta’siriga bardosh berishi, dvigatel 
ishlayotganda uning podshipnik materiali turli kuchlar ta’siriga chidamli bo4lishi, 
kam yeyilishi kerak. Demak mashinalarning konstruksiyasiga va ishlash sharoitiga 
ko‘ra, ularning ba’zi detallari materiali cho4zilishga, ba’zilarniki egilishga, yana 
boshqalariniki esa burilishga va shu kabi deformatsiyalarga yuqori darajada 
qarshilik ko‘rsatishi talab etiladi. Xossa - bu materialni boshqa materiallarga 
nisbatan son yoki sifat tomondan bir xilligi yoki farq qilish xarakteristikasi 
(ko4rsatgichi). Materialni tanlashda quyidagi xossalar asosiy o4rin egallaydi: 1-
foydalanishlik - ishlatishlik, 2-texnologiklik, 3-tannarxlik xossalari. Bulami ichida eng 
birinchi ahamiyatlisi bu foydalanishlik xossasidir. Mashina detallarini, asboblami ish 
berish qobiliyatiga (kuchli, tezlikli, chidamlili, turg'unlili va texnik-ishlatish 
ko'rsatgichlari) foydalanishlik xossasi deyiladi. Bu xossa materialning mexanik, fizik, 
kimyoviy xossalariga bog‘liq. Ko'pchilik mashina detallarini (hammasini desa ham 
bo‘ladi) ishlatishlik xossalarini ularning mexanik xossalarini ta’minlaydi. Mexanik 
xossalari ulami tashqi kuch ta’sirida o4zini tutishini ifodalaydi. Materiallammg 
mexanik xossalari katta guruh ko'rsatgichlarga ega. 



Download 234.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling