Ekzistensializm


Download 35.5 Kb.
Sana02.05.2020
Hajmi35.5 Kb.
#102783
Bog'liq
Ekzistensializm Abdumutalov Asadbek


Ekzistensializm (lot. — yashash, mavjudlik), mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada, Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S.Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya Ekzistensializmning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy E. (K. Yaspers, G. Marsel, N.A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik E. (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi — ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan gʻamxoʻrlik, qoʻrqish, qatʼiylik, vijdon kabilarda namoyon boʻladi. Dahshat, qoʻrquv, oʻlim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson oʻzini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik oʻz-oʻzini, oʻzining mohiyatini tanlashdan iborat boʻlib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun masʼuliyat yuklaydi. Ekzistensializm borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targʻib qiladi. Ekzistensializm oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hozirgi kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U gʻarb adabiyoti va sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Ekzistensializm (lot. existentia - "mavjudlik") insonlar oʻz hayotlari maʼnosini oʻzlari yaratishlarini taʼkidlovchi falsafiy oqimdir.

Ekzistensializm mavjudlik maʼnosi olamshumuldir deb uqtiruvchi metafizik prinsiplarni rad etadi. Oqimga 19-asrda Kierkegaard hamda Nietzsche ishlari asos solgan, deb hisoblanadi. 1940-50 yillarda fransuz faylasuflari, jumladan Jean-Paul Sartre va Simone de Beauvoir ekzistensializm bilan bogʻliq ilmiy hamda taxayyuliy asarlar yozishgan, ularda "dahshat, zerikish, begonalashish, absurd, ozodlik, vafo, [va] boʻshliq" mavzulari yoritilgan.

Shunday qilib ekzistentsial psixologiya quyidagilarni oʼrganadi:

1) oʼlim, hayot va vaqt muammolarini;

2) tanlash va javobgarlik erkinligi muammolarini;

3) yolgʼizlik, sevgi va muloqot muammolarini;

4) mavjudlikning mazmunini qidirish muammolarini

L. Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistentsial nazariyasi

Binsvanger va Boss individga xuddi buyumdek qarashga qarshi chiqdilar. Ular fikricha, insonga bunday munosabat nafaqat psixologiyaga insonlarni hayotdagi mavjudligi pozitsiyasidan anglash imkonini bermaydi, balkim alal oqibat shaxs degumanizatsiyasi koʼrinishida namoyon boʼladi.Ular insonlarning texnisizm, byurokratiya, mexanizatsiya natijasida chetga chiqib qolishi, uzlatga chekinishi va buzilishi haqida soʼz yuritgan. Olimlar nuqtai nazariga koʼra, insonlar bilan buyum kabi munosabatda boʼlganda, ular ham oʼzlarini ega boʼlish, nazorat qilish, forma berish, ishlatish mumkin boʼlgan buyum deb hisoblay boshlashadi.



ROLLO MEY АYBDORLIK HISSINI KELTIRIB ChIQАRUVChI 3 TА VАZIYaTNI KELTIRIB OʼTАDI
-TАBIАTDАN OʼZINI АJRАLIB QOLGАNLIGINI TUShUNISh;
-YaQIN KIShILАRINING MUHTOJLIKLАRINI АNGLАGАN VАQTDАGI IMKONSIZLIK;
-АTROF OLАMNI OʼZGАRTIRIShGА BOʼLGАN ShАXSIY IMKONIYaTINING MАVJUD EMАSLIGI.
ROLLO MEY
*HАR BIR ShАXS OʼZ OLАMINI KАShF QILАDI, IXTIRO QILАDI.

*PSIXOTERАPEVTNING VАZIFАSI HАM PАTsIENTNING MАQSАDI, YOʼNАLIShLАRI VА USTАNOVKАLАRINI ShАKLLАNTIRISh QOBILIYaTIGА ERIShTIRIShDАN IBORАT.

*RАSSOMNING HАYoTI NАMUNА BOʼLIB XIZMАT QILАDI.

*NEVROZDАN XАLOS BOʼLISh, HАR BIR INSONNING OʼZ HАYoTINI АRTISTI BOʼLIShI, IJOD QILIShGА OʼRGАTIShDАN IBORАT.

*MEN HISSINI TАRKIB TOPTIRISh.

*MEN HISSI INSONNING PSIXOLOGIK HАYoTINING KELIB ChIQISh NUQTАSIDIR.

*HАR QАNDАY ShАXSNING TАRKIB TOPIShI MEN TUYGʼUSINING KАMOL TOPIShIDIR.

V.Frankl : ekzistensial taxlil va logoterapiya nazariyasi

Oʼz asarlarida Frankl butun hayotning maʼnosi emas, balki muayyan insonning muayyan momentdagi hayotining maʼnosi masalasi muhim ekanligini taʼkidlaydi. Insonning qanday qilib oʼz mohiyatini anglashini logoterapiya amaliyotida hal qiluvchi masaladir. Maʼnolar bizga berilmagan, biz oʼzimizga maʼnolarni tanlab ololmaymiz, biz faqatgina maʼnoni anglab yetishga zamin yaratuvchi chorlovni tanlashimiz mumkin. Biroq, maʼnoni toppish bu yarim ish; uni amalga ohirish ham kerak. Inson oʼz hayotining unikal maʼnosini amalga oshirishga maʼsul.



Shunday qilib, Frankl taʼlimotining bosh tezisi: inson hayoti hech qanday shart-sharoitda maʼnosini yoʼqotmaydi; hayot mohiyati har doim topilishi mumkin.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling