Elektr energetika tizimlarining holatlarini boshqarish va optimallash
Download 1.31 Mb.
|
ABT dan laboratoriya ishi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI ELEKTR ENERGETIKA TIZIMLARINING HOLATLARINI BOSHQARISH VA OPTIMALLASH fanidan laboratoriya mashgʻulotlar uchun uslubiy koʻrsatma Toshkent – 2023 UDK 621.311.16 Xamidov.Sh.V., Pulatov.B.M., Shanazarov A.E. - «Elektr energetika tizimlarining holatlarini boshqarish va optimallash» fanidan amaliy mashgʻulotlar uchun uslubiy koʻrsatma – Toshkent: ToshDTU, 2023, – 62 b. Uslubiy koʻrsatma bakalavriatning 60710600 - Elektr energetikasi (Energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash) taʻlim yoʻnalishida tahsil oluvchi bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, keltirilgan amaliy ishlar majmui mazkur fanning namunaviy dasturiga muvofiq ishlab chiqigan. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga muvofiq chop etildi. (№ 8 sonli may “26” 2023 )
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2023 KIRISH Elektr energetikasining hozirgi taraqqiyoti ularning samarali ishlashini taʻminlovchi boshqarish usullarini ishlab chiqishi talab etadi. Xalq xoʻjaligining koʻpgina boshqa tarmoqlaridagi singari energetikada ham samaradorlik ikkita yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin. Ulardan birinchisi yangidan ishga tushiriluvchi jihozlarni takomillashtirish, energetika tizimi parametrlari va tuzilmasini takomillashtirishga asoslangan. Bunday tadbirlar katta miqdordagi xarajatlarni talab qilib, faqat yangidan ishga tushirilayotgan qurilma va obʻyektlarning holatlariga taʻsir etadi. Ikkinchi yoʻl, uzatiluvchi elektr energiyaning sifati va miqdorini taʻminlagan holda, elektr energetika tizimining holatini optimallash orqali maksimal darajada xalq xoʻjalik samarasini olishdan iborat. Qisqa muddatli davr uchun ikkinchi yoʻl boʻyicha hal etiluvchi masalalarning bir qismi boʻlib: keyingi optimallash uchun zarur boʻlgan ayrim agregat va stansiyalarning bir qator texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlash; elektr enegetika tizimining aktiv va reaktiv yuklamalarini elektr stansiyalari (ularning agregatlari) orasidagi optimal taqsimlash va elektr tarmoqning holatini optimallash masalalari hisoblanadi. Yuqorida qayd etib oʻtilgan optimallash masalasi umuman bir vaqtda kompleks tartibda yechilishi lozim. Shu bilan bir vaqtda kompleks optimallash masalasining oʻlchami (yaʻni ularda topilishi lozim boʻlgan nomalumlar soni) juda katta boʻlganligi sababli ularni yagona algoritm asosida yechish murakkab masala hisoblanadi. Shu sababli bu qiyinchiliklarni yengib oʻtishning asosiy yoʻli masalalarni maqsadga muvofiq tarzda dekompozitsiyalash, yaʻni alohida masalalarga ajratib yechishdan iboratdir. Ushbu uslubiy qoʻllanmada «Elektr energetika tizimlarining holatlarini boshqarish va optimallash » fanidan amaliyot ishlari boʻyicha dastlabki tayyorgarlik, ularni bajarish, ular boʻyicha hisobotlarni rasmiylashtirish yuzasidan koʻrsatmalar va zaruriy maʻlumotlar berilgan. Har bir laboratoriya ishi boʻyicha ishning maqsadi, nazariy maʻlumotlar, ishning dasturi, ishni bajarish tartibi, topshiriq variantlari va sinov savollari keltirilgan Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling