Elektr prinsipial sxemlarda shartli grafik belgilashlar


Download 1.51 Mb.
Sana23.12.2022
Hajmi1.51 Mb.
#1044409
Bog'liq
Тарқатма материал ЭЛЕКТР 2022


Elektr prinsipial sxemlarda shartli grafik belgilashlar


Elektr sxemasi – elektrotexnika qurilmalari yoki kompleks qurilmalarning tarkibi va ishlarini aniq belgilar yordamida qisqa shaklda yoritib bera oladigan matn hisoblanadi. Har qanday matnni o‘qish uchun alifboni va o‘qish qoidasini bilish kerak. Sxemani o‘qish uchun esa simvollar, shartli belgilar va ular nimani anglatishi qoidalarini bilish kerak bo‘ladi. Har qanday elektr sxemasi turli element va qurilmalarning shartli grafik belgilanishi va ular orasidagi bog‘lanishlar asosida quriladi. Sxemada tasvirlangan elementning vazifasi va funksiyasi simvollar orqali o‘ziga xos tilda tushintirib beriladi.
Elektr sxemalar va ayrim qismlarining barcha to‘g‘ri grafik shartli belgilanishi standartlarda jadval ko‘rinishida beriladi.
Shartli grafik belgilashlar oddiy geometrik shakllardan: kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, aylanalar, hamda tutash va shtrix chiziqlar, nuqtalardan hosil qilinadi. Standartda ko‘rib chiqilgan maxsus tizim bo‘yicha ularni birgalikda qo‘llash, turli xil elektr apparatlarni, uskunalarni, elektr mashinalarini, mexanik tarmoqlarni, elektr bog‘lanishlarni, obmotkali bog‘lanish turlarini, tok turi, tartibga solish usullari va shu kabilarni oson tasvirlash imkonini beradi. Bundan tashqari prinsipial elektr sxemalarda shartli grafik belgilashlarga qo‘shimcha ravishda sxemaning u yoki bu elementining o‘ziga xos ishini yoritib berish maqsadida maxsus belgilar foydalaniladi. Masalan, uch turdagi ulanishlar mavjud - tutashtiruvchi, uzib qo‘yuvchi ulanish, o‘zgartiruvchi ulanish. Shartli belgilar ulanishning asosiy funksiyasini aks ettiradi, ya’ni zanjirning tutashishi yoki uzib qo‘yilishi.
Muayyan ulanishning qo‘shimcha funksional imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun ulanishning harakatlanadigan qismini tasvirlashda standartda ko‘zda tutilgan maxsus belgilardan foydalaniladi. Qo‘shimcha belgilar sxemada ulanishning tugmali boshqaruvini, rele vaqtini, yo‘ldagi o‘chirgichlarni va sh.k. larni topish imkonini yaratadi.
Elektr sxemadagi ba’zi bir elementlar sxemada bir nechta variantlarda belgilanishi mumkin. Masalan, o‘zgartiruvchi ulanishlarni belgilashning bir nechta varianlari mavjud, yoki transpormator obmotkasi bir nechta variantda standart belgilanadi. Har bir belgilanishni alohida hoatlarda qo‘llash mumkin.
Agar standartda kerakli belgilanish mavjud bo‘lmasa, elementning harakat pritsipidan kelib chiqqan holda standartda ko‘zda tutilgan, apparat, uskuna va mashinalarning anologlariga qo‘llanilgan belgilashlardan foydalaniladi.
Elektr apparatlari va ularning detallari sxemalarda normal holatda tasvirlanadi, ya’ni kuchlanish bo‘lmaganda apparatlarda mexanik harakat ham bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, rele, ulanishlar yakorlari va shu kabilar qo‘yib yuborilgan, rubilniklar, ajratuvchilar va boshqalar o‘chirilgan bo‘ladi.
Uchfazali dvigatellar

Doimiy tok dvigateli



Rubilnik Avtomat o‘chirgich





Saqlagich

Magnitli puskatel





Issiqlik relesi





Biriktirish ulanishlari

KV kuchlanishning elektromagnitik relesi



Elektr tokining yo‘nalishini o‘zgartiruvchi asbob (pereklyuchatel)





Vaqt relesi





Tugmalar (knopkalar)

Umumiy o‘tkazgich (sim)


Yerga ulanish

Ajratgichlar

Lampalar





Transformatorlar



Ampermetr Voltmetr



Elektromagnitik mufta,
tormoz Kondensatorlar



Diodlar

Tiristorlar



Bioqutbli tranzistorlar


Rezistorlar







Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling