Elektr tarmoqlari va tizimlari


Download 0.64 Mb.
bet1/12
Sana31.01.2024
Hajmi0.64 Mb.
#1830718
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi yechimi Zayridinov Dilshod



NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETI
«ENERGO MEXANIKA» FAKULTETI
«ELEKTR ENERGETIKASI» KAFEDRASI
5B - 20 EE GURUH TALABASI
RAIMOV TOSHMUXAMMADNING

ELEKTR TARMOQLARI VA TIZIMLARI”
fanidan bajargan
KURS LOYIHASI

Navoiy 2023


KIRISH
Bu yo'nalishlarni bitiruvchilari ilmiy–tadqiqot (tadqiqotchi–muhandis) va loyihalash (loyihalovchi–muhandis) tashkilotlarida va elektr tarmoqlari korxonasida (elektrik–muhandis), kollejlarda (pedagok–muhandis) ishlashi mumkin. O'quv jarayonida kurs loyihasiga alohida ahamiyat beriladi, chunki u tanlangan yo'nalish bo'yicha mustaqil ishlashni o'rgatadi.
Kurs loyihasini bajarish davomida, talaba nazariy qismida olingan bilimlarini mustahkamlash, elektr tizimlarini loyiha qilish usuli, bildirgichlardan foydalanish, zamonaviy komp`yuterlar yordamida hisob va grafik ishlarini bajarishni o'rganadi.
1. Loyihalashni davomida talabalar quyidagilar:
–tuman elektr tarmoqlarining loyihalash usuli;
–tuman elektr tarmoqlarini nominal kuchlanishi, tizimning maksimal, minimal va avariyadan keyingi rejimlarini hisoblash;
–transformatorlardagi kuchlanish pog'onalarini tanlash;
–havo liniyalari simlarining markalari, kuch transformatorlarining ko'rsatkichlari bilan tanishadilar.
2. Elektr o'zgarish liniyalarining o'tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlashni, transformatorlarning yuklash qobiliyatini aniqlash, variantlarni texnik– iqtisodiy qiyoslash usulini o'rganishni, transformator pog'onalarini tanlashni, komp`yuterlarda dasturlar tuzishni va erakli hisoblarni bajarishni o'rganishlari kerak.
3. Ijobiy tomoni:
–kuch transformatorlari, kompensatsiya qurilmalarining quvvatini, elektr uzatish liniyalarining simlarini tanlashda, tuman elektr tarmoqlarini optimal variantlarini tanlash yo'lini ahtarish;
–Zamonaviy komp`yuter yordamida dasturlash texnalogiyasini o'rganish; –tuman elektr tarmoqlarini printsipial va almashtirish sxemasini tuzishda;
–arzon va ishonchli asbob–uskunalar tanlash yo'li bilan iqtisodiy hisobda tuman elektr armoqlariga tuzatishlar kiritish.
4. Baholash mezoni: guruh oldida kurs loyihasini himoya qilish, eng yaxshi kurs loyihalarini talabalar ishlari tanloviga tavsiya qilish.
Kurs loyihasi topshirig'ida quyidagilar ko'rsatiladi:
1.Elektr manbai (elektr stantsiyasi) va iste'molchilarning (yuklamalarning) joylashishi;
2.Elektr tizimlari yuklamalarining tavsiflari (xarakteristikalari), xususan: aktiv
quvvat (Pmaks), maksimal rejimdagi, elektr iste'molchi– larning toifa (kategoriya) lari, shu rejimdagi bir yilda iste'mol qilingan elektr energiyasi;
3.Belgilangan quvvat, kosyog va elektr stantsiyasining turi;
4. Ishlab chiqaruvchi va iste'mol qilinuvchi markazlar orasidagi masofalar. Loyihada 2 ta variantning (ochiq va halqali tarmoq) texnik–iqtisodiy qiyoslash masalasi ko'rib chiqiladi.
Loyihalash davrida talaba qo'yilgan masalani tartibli ravishda yechishni, qabul qilingan yechimlarni qisqa va aniq formada izohlashni, grafik qismini texnik jihatdan mukammal bajarishni o'rganishi kerak.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling