Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi Mustaqil ish


Download 108.5 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi108.5 Kb.
#1014039
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish 1


Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi


Mustaqil ish
1. Elektrolitik dissotsiyalanish va tuzlar gidrolizi.
2. Maktab kimyo kursida elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasini o‘qitish metodikasi.
3. Kimyo kursida elektrolitlar nazariyasining o‘rni va ahamiyati.
4. Turli tuzilishga ega bo‘lgan moddalarning elektrolitik dissotsiyalanish mexanizmini ochib berish.
5. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi asosida o‘quvchilarning kislota, asos, tuzlar haqida olgan bilimlarini rivojlantirib, umumlashtirish.
6. Tuzlar gidrolizini o‘qitish metodikasi.
7. Xulosa.
8. Foydalanilgan adabiyotlar va internet sayti


Kimyo kursida elektrolitik - dissotsiatsiya nazariyasini o‘rganish

O‘rta maktab kimyo kursida elektrometik dissotsiatsiya qonuni 9-sinfda o‘tiladi.


Kimyoviy bog‘lar qonuniyatlariga asoslanib, u davriylik bilimni rivojlantiradi, moddalar tuzilishi bilimlariga yangi tushunchalar kiritadi.
Elektrolitlarning xossalari tushuntirib beriladi.
Bu mavzuni o‘tishda o‘quvchilarning oldingi kimyoviy muvozanat bilimlari asos qilib olinadi. Darsning maqsadgai bu dissotsiatsiya jarayoni, sharoiti, mexanizmi, elektrolit moddalar haqida tushuncha, eritmadagi ionlar harakati va ular orasidagi reaksiyalarni o‘rganishdir. Elektrolitlarning har xil zaryadi ionlarga parchalanishi uning ichidagi ziddiyat qarama-qarshilik falsafasidir.
Bu mavzu tarkibi quyidagicha:
Elektrolitlar, eritmadagi ionlar, dissotsiatsiya mohiyati, eritmalardagi ionli reaksiyalarning borishidan boshlanadi.
Mavzu tuzilishi tarkibi eng asosiy markaziy masala bu modda haqida va elektrolit tushunchalar haqida boradi.
Avval elektrolit va elektrolitmaslar farqlanadi, keyin dissotsiatsiya hodisasi tushuntiriladi. Elektrolit dissotsiatsiya gidratlangan ionlar jarayoni kimyoviy ekanligi aytiladi eritma ichidagi ion almashinish hamda oksidlanish-qaytarilish misolida kimyoviy reaksiyalar tushuntiriladi. Bunda 3 muhim yo‘nalish:
1. Ionlar bog‘lanishi yo‘nalishidagi almashinish reaksiyasi boradi
2. Elektrolit tuzining suv bilan ta’siri (gidroliz).
3. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eritmalarda boradi, tarkibi va ion zaryadlari o‘zgarishiga olib keladi.
Bunda oksidlanish - qaytarilish tushunchasi bilan elektrolitik dissotsiatsiya orasida bog‘lanish o‘rnatiladi.
Mavzu o‘tayotganda demonstratsiya laboratoriya eksperimentlarini ham ko‘rsatish kerak.
Elektorlitlardan elektr toki o‘tkazilganda ionlarga dissotsialanishni tushuntirish kerak.
O‘quvchilarga qaytar-kaytmas reaksiyalarni borishi va mohiyati ham tushuntirib boriladi. Umuman bu mavzu ancha dolzarb.
Bu temani o‘rganish jarayonida erish va eritmalar haqida o‘quvchilarning VII sinfda olgan bilimlari yanada rivojlantiriladi. Ishqorlar va tuzlarning ionli tuzilishga ega ekanligi, ularning zritmalari hamda kislotalarning eritmalari elektr o‘tkazuvchan ekanligi asos qilib olingan holda o‘quvchilar elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi bilan tanishtiriladi.
O‘quvchilar temani o‘rganish jarayonida quyidagilarni: eritmalarda ionlar hosil bo‘lish mexanizmini; dissotsilanish darajasi va unga suyultirishning ta’siri haqidagi tushunchani; kuchli va kuchsiz elektrolitlar hakidagi tushunchani; ayni bir element atomlari va ionlarining xossalaridagi farqni; elektrolitlar orasidagi almashinish reaksiyasining mexanizmi va uning oxiriga borish shart-sharoitlarini; ionitlar haqidagi tushunchani; tuzlar gidrolizi; elementlar oksidlari gidratlarining xossalari markaziy atomniig radiusi va valentligiga bog‘liqligini; eritmalar va suyuqlanmalar elektrolizi; elektron nazariya nuqtai nazaridan olganda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularning almashinish reaksiyalaridan farqini bilib olishlari lozim.
Bu temaning ayniqsa muhim ahamiyati shundaki, unda anorganik birikmalarning sinflari haqidagi ma’lumotlar elektron-ion tasavvurlar asosida yanada kengayadi va chuqurlashadi.

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling