Elektromagnit to’lqinlar Umov Poynting vektori Elektromagnit to’lqinlar shkalasi


Download 137.8 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi137.8 Kb.
#1819199
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektromagnit to’lqinlar Umov Poynting vektori Elektromagnit to’


5 – Ma’ruza
Reja :

  1. Elektromagnit to’lqinlar

  2. Umov - Poynting vektori

  3. Elektromagnit to’lqinlar shkalasi



Tayanch iboralar : Elektromagnit to’lqinlar, fazo, elektromagnit to’lqin, to’lqin energiyasi oqimi ,differensial tenglama, radioto’lqinlar, infraqizil, ko’zga ko’rinadigan nurlar, ultrabinafsha nurlar, Rentgen nurlari, -nurla-nish.
5.1 Elektromagnit to’lqinlar
Dielektrik uchun Maksvellning birinchi va ikkinchi tenglamalaridan quyidagi fikr kelib chiqadi, ya’ni elektr va magnit maydonlarning o’zaro bog’liqligi, bu maydonlardan birining o’zgarishi qo’shni nuqtalarda boshqasining paydo bo’lishini eslatadi. Bu esa fazoda elektromagnit to’lqinlarni paydo bo’lishi va tarqalishiga olib keladi.
Faraz qilaylik, fazoning qandaydir joyida (5.1-rasm,1-nuqtada) kuchlanganligi bo’lgan elektr maydoni hosil qilingan.



5.1 - rasm. Elektromagnit to’lqin tarqalishida elektr va magnit maydonlarning taqsimlanishi

Maydon kuchlanganligini 0 dan E gacha o’zgarishi Maksvellning 1 - tenglamasiga asosan





elektr maydon kuch chiziqlarini o’rab oluvchi magnit maydonini hosil bo’lishiga olib keladi.
Kuchlanganligi bo’lgan magnit maydonining paydo bo’lishi, Maksvellning 2 - tenglamasiga asosan



yana elektr maydonini hosil qiladi. Elektr maydoni uyurmali va yopiq bo’lib 2 - nuqtada pastga, 1 - nuqtada yuqoriga yo’nalgan bo’ladi.


Shunday qilib, qandaydir nuqtada paydo bo’lgan elektr (yoki magnit) maydoni barcha yo’nalishlarda bir vaqtda tarqaladigan elektr va magnit to’lqinlarning manbai bo’lib qoladi.
Elektr va magnit to’lqinlarining majmuasi elektromagnit to’lqin deb ataladi.
Bu holda, elektormagnit to’lqin o’tuvchi har bir nuqtada va kuchlanganliklarning har biri maksimumgacha o’sib, nolgacha kamayishga intiladi.
Agarda boshlang’ich nuqtada maydon kuchlanganligi uzoq vaqt qonuniyat bilan tebranib tursa, u holda to’lqin o’tadigan har bir nuqtada va maydon kuchlanganliklari ham shu qonuniyat bilan tebranadilar. Bu ikkala vektorlar bir-biriga perpendikulyar bo’lib, to’lqin tarqalishi yo’nalishiga perpendikulyardir, yani elektromagnit to’lqin ko’ndalang to’lqindir.
Ikki maydon kuchlanganliklari vektorlarining vaqtning bir momentida har xil nuqtalarda yo’nalganliklari 5.2 - rasmda keltirilgan.
Maksvell tenglamalaridan quyidagi differensial tenglamalarni keltirib chiqarish mumkin:




Download 137.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling