Elektron jurnal va kundalik tizimi


Download 446.72 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi446.72 Kb.
#1037101
Bog'liq
KUNDALIK .COM HAQIDA





Zamonaviy texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan davrda yashayapmiz. Albatta, amaliyotga joriy qilingan har bir yangilik, innovatsion loyihalar zamirida faoliyatini yengillashtirish, mavjud muammolarni kamaytirish va zamon bilan hamnafas yashash maqsad qilinadi. Yakunlanayotgan yilda Xalq ta’limi sohasida o’ziga xos burilish yasagan yangiliklardan biri elektron jurnal va KUNDALIK TIZIMI joriy etilishi bo’ldi.
Bugungi kunda “Kundalik” raqamli ta’lim platformasi Toshkent shahridagi barcha maktablarda va viloyatlardagi sifatli axborot resurs bazasiga ega bo’lgan umumta’lim muassasalarida joriy qilingan. Shuningdek, platform 22 ta nodavlat ta’lim muassasalarida ham amalga oshirildi. Nafaqat maktablar, balki o’rta maxsus ta’lim muassasalari “Kundalik” platformasiga o’tdi.
Ushbu tizimning afzalliklari;
Mazkur tizim o’qituvchi, o’quvchi, ota-onalar, ta’lim muassasalari ma’muriyatlari hamda ta’limni boshqarish organlari vakillari uchun yagona electron ta’lim muhitini yaratadi. U orqali o’qituvchilar jurnal to’ldirish, hisobot ishlarida qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Ota-onalar istagan vaqtda farzandlarining baholari bilan tanishib borish imkoniga ega bo’ladi.
Tizim afzalliklardan yana biri o’quvchilarga qo’yilayotgan baholarni o’zlashtirish holatlariga barham berishdir. Bundan tashqari , jurnal bilan to’liq vao’z vaqtida ishlaydigan yoki ishlamaydigan o’qituvchilar ham yuzaga chiqadi.
Elektron jurnalning o’qituvchilar uchun qulay tomonlari bisyor, masalan , bir o’quvchi boshqa maktabga ko’chyotganda reyting daftarchasi to’ldirish, choraklik baholari va boshqa hujjatlarni hech qiyinchiliksiz topish imkoni bor. Corak oxirida director o’rinbosarlariga hisobot topshirish jarayonida sinf rahbarlarining ishi ham ancha yengillashdi. O’qituvvchilar o’quvchilarni darsning o’zidayoq baholashi kerak. Yo’qsa, ko’rsatkichi pasayib ketadi.
Elektron kundalikka yilda bir marotaba pul to’lab obuna bo’lish. O’qituvchilar bundan mustasno. Obuna narxi – 8000 so’m. “Kundalik” kompaniyasiga tushgan mablag’lar platformaning texnik infratuzilmasini saqlash, uni rivojlantirish va kengaytirishga sarflanadi. Loyiha to’liq “Kundalik” kompaniyasi tomonidan moliyalashtiradi. Ro’livni amalga oshirish uchun ota-onada oylik maosh uchun plastik kartalar bo’lishi kerak. Kirish bir yilga taqdim etiladi, ya’ni elektron kundalik 2020-yil noyabrda sotib olinadigan bo’lsa, u holda, 2021-yil noyabrgacha amal qiladi.
Ushbu tizm maktablararo raqobatga sabab bo’lmoqda. Nega deganda, bir hafta yangi stastika chiqariladi va har bir maktab o’tgan haftada yaxshi yoki

yomon faoliyat olib borganini hammma bilib boradi. Buning natijasida o’z-o’zidan maktablar irasida raqobat shakllanadi.


Kundalik o’quvchilar va ularning ota-onalari uchun baholar va uy vazifalarini kecha-yu kunduz ko’rish imkoniyati ya’ni avval o’quvchi qaysi fandan nima vazifa berilganini eslay olmaydigan bo’lsa, hozirda bu muammo kundalikda bartaraf etilgan sababli o’quvchi xohlagan vaqtda kundalik.com tizimiga o’z login va parol yordamida kirib uy vazifasini ko’rish imkoniyati mavjud. Shu bilan bir qatorda tizim samarali aloqa uchun xavfsiz tarmoq hisoblanadi, ya’ni o’quvchi dars vaqtida mavzuni tushunmay qolgan bo’lsa, o’zining savollarini o’qituvchiga tizim orqali bemlol yuborish imkonini beradi va ushbu muloqotning xavfsizligi ta’minlngan bo’lib, begona shaxsga ko’rinmaydi. Shu bilan birga asosiy qulayligi va xavfsizligi shundaki, har bir o’quvchi o’z bahosini faqatgina o’zi va unga biriktirilgan shaxs ( ota-onasi yoki boshqa bir qarindoshi) ko’rish huquqiga ega.
Download 446.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling