Elektron tijorat tizimlaridan foydalanish


Download 30.11 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi30.11 Kb.
#1018968
Bog'liq
ELEKTRON TIJORAT TIZIMLARIDAN FOYDALANISH


ELEKTRON TIJORAT TIZIMLARIDAN FOYDALANISH
Reja :
1. Elektron to‘lovlar va elektron tijorat tizimlarini rivojlantirish – davr talabi
2. Elektron raqamli imzoning e-biznesdagi ahamiyati, O‘zbekistonda joriy etilishi, istiqbollari va huquqiy asoslari.
3. Elektron tijorat — iqtisodiy taraqqiyot garovi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Elektron to‘lovlar va elektron tijorat tizimlarini rivojlantirish – davr talabi
O‘zbekiston Respublikasi hisob-kitoblar mexanizmining yaxshi yo‘lga qo‘yilishi va uning aniq faoliyat yuritishi – barcha rivojlangan davlatlar taraqqiyotining asosiy poydevori hisoblanadi. Har qanday davlatning iqtisodiy qudratini yuqori samaraga ega bo‘lgan pul tizimi va zamonaviy to‘lov mexanizmlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda elektron to‘lovlar va elektron tijorat tizimlarini rivojlantirish maqsadida mazkur muhim yo‘nalishning tadrijiy rivojlanishini ta’minlovchi zarur huquqiy baza yaratilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida “Elektron tijorat to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qator normativ hujjatlar qabul qilingan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa, bank, moliya va tijorat tuzilmalari faoliyatida keng miqyosida foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1730-sonli Qarori, 2012-yil 16-iyuldagi «Statistik, soliq, moliyaviy faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4453-sonli hamda 2012-yil 18-iyuldagi «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4455-sonli Farmonlarida asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Ushbu normativ hujjatlarda plastik kartalar va boshqa elektron to‘lovlar vositalari orqali Internet tarmog‘idan tovar va xizmatlar uchun to‘lov imkoniyatlarini rivojlantirish uchun dasturiy-texnik infratuzilmani takomillashtirish hamda tadbirkorlikda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida rag‘bat-lantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.
Ma’lumki, iqtisodiyot sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi korxonalar hamda iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bochqichga olib chiqdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda elektron to‘lovlar, Internet global tarmog‘i va mobil aloqa vositalari orqali bank sohasi mijozlariga turli interaktiv xizmatlar ko‘rsatish tizimlari joriy etilib, ulardan samarali foydanilmoqda. Iqtisodiy integratsiya va globallashuv sharoitida xo‘jalik subyektlari, jumladan, kichik biznes va tadbirkorlik sohasi vakillari tomonidan o‘z faoliyatlari jarayonida elektron to‘lovlar va elektron tijorat imkoniyatlaridan samarali foydalanish ular o‘rtasidagi o‘zaro sog‘lom raqobatni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy natijalarga erishish omilidir.
Bugungi kunda bank-moliya sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o‘sib boruvchi global tendensiyasi, bank plastik kartalari miqdorining o‘sishi hamda elektron to‘lovlar va elektron tijoratning rivojlanib borishi barobarida mamlakatimizda elektron to‘lovlar va elektron tijorat sohasida loyihalarni amalga oshirilishi faollashmoqda. Mamlakatimiz bank va moliya muassasalari Internet global tarmog‘i va mobil aloqa vositalari orqali o‘z mijozlariga masofadan turib, elektron to‘lovlar, «SMS-banking», «Mobil-banking» kabi interaktiv bank xizmatlarni ko‘rsatmoqdalar.
Shuningdek, statistik, moliyaviy va soliq hisobotlarini taqdim etishda, soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lashda, ro‘yxatga olish va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirishda, yer maydonlarini ajratish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini kreditlashda davlat, nazorat qiluvchi organlar bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi bevosita muloqotni, byurokratik sansalorlik va korrupsiyani istisno etuvchi elektron tizimga, shu jumladan, Internet tarmog‘iga keng miqyosda o‘tishi ta’minlanmoqda. Kichik biznes subyektlari — mikrofirmalar tomonidan zamonaviy va qulay bank xizmatlari, jumladan, bank hisob-varaqlariga masofadan turib, xizmat ko‘rsatish tizimlaridan keng ko‘lamda foydalanish uchun shart-sharoit yaratilib, ushbu tizimdan foydalanish domiy ravishda kengaytirilmoqda.
Shu bilan birga, ular tomonidan respublika va mahalliy byudjetga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni bank hisob-varaqlariga masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali to‘lash imkoniyatini yaratildi. Bank hisob-varaqlariga masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimlaridan foydalanib, to‘lovlarni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan ularning hisob-varag‘iga xizmat ko‘rsatganlik uchun undiriladigan (ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha abonent va vositachilik haqlari) to‘lovlarni 20 foizga kamaytirildi.
Mamlakatimizda internet va mobil banking tizimlarini joriy etilishi bank uchun ham, mijoz uchun ham qo‘shimcha qulayliklar yaratdi. Jumladan, mijoz o‘z hisob-varag‘i bo‘yicha bank amallarini bankka bormasdan, Internet orqali xohlagan joyidan, xohlagan vaqtda bajarish imkoniyatiga ega bo‘lib, hisob-varag‘ining holati, mablag‘ning kelib tushishi, to‘lovlarning aks ettirilishi kabi amallar haqida ma’lumotlarni olishi mumkin. Bu esa mijozni o‘z vaqti va mablag‘ini tejashga, manzilning uzoq-yaqinligiga qaramasdan, bankni ixtiyoriy ravishda tanlashi va o‘z mablag‘larini tezkor boshqarish afzalliklarini yaratadi.
Natijada bunday qulayliklardan foydalanuvchilar soni ko‘paymoqda. Hozirda axborot texnologiyalari sohasi subyektlari tomonidan elektron to‘lovlar va elektron tijoratni amalga oshirishni avtomatlashtirish imkonini beruvchi xilma-xil texnologik yechimlar taklif etilmoqda. Xususan, Internet tarmog‘ida plastik kartalar bilan to‘lovlarni amalga oshirishni imkon beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, joriy etildi. Internet tarmog‘ining «uz» domenida internet-do‘konlar mavjud bo‘lib, foydalanuvchilariga masofadan turib, muayyan vaqt rejimida ehtiyoj tovarlarini xarid qilish va xizmatlardan foydalanishlari uchun xizmat tashkil etilganligi keng aholi qatlamlariga bu yo‘nalishdagi imkoniyatlardan darak beradi.
Bugungi kunda respublika bank tizimida zamonaviy interaktiv xizmat turlaridan biri onlayn kreditlash turini keng miqyosda yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Adliya vazirligida 2000-yil 7-martda 907-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, shuningdek, kichik biznes subyektlarini milliy valutada kreditlash Tartibi»ga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Shu o‘rinda, zamonaviy interaktiv xizmatlarini mamlakatimiz bank tizimida muhim ahamiyat kasb etayotganligini «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan mamlakatimiz bank tizimi fao-liyati yuzasidan o‘rganilgan jamoatchilik fikridan ham bilib olish mumkin. Jumladan, respondentlar mamlakatimiz bank tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda mijozlarga qulayliklar yaratilayotganligiga, bankomat, infokiosk va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalari tarmog‘i faoliyatiga ijobiy munosabat bildirib, ularning qulayligini, to‘lovlar va operatsiyalar bir zumda bajarilishini mamnunlik bilan qayd etishgan.
Shu bilan birga, bank operatsiyalarini masofadan boshqarish xizmatlari — internet-banking, SMS-banking, mobil-banking xizmatlari haqida o‘z munosabatini bildirgan respondentlar ushbu qulayliklar pul mablag‘larini tezkor tarzda boshqarish va vaqtni tejash imkonini berishini, banklarga ortiqcha qatnashga ehtiyoj yo‘qligidan mamnun ekanliklarini hamda bunday qulay xizmat turlarini yanada kengaytirish zarurligini qayd etib o‘tishgan.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, mustaqilligimizning keyingi yillarida respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar barcha banklar tomonidan tizimli amalga oshirilishi, Elektron to‘lovlar va elektron tijorat bo‘yicha axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bank mijozlariga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlash bilan birga, O‘zbekiston bank tizimining muqarrar yuksalishiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi shubhasiz.
Darhaqiqat, mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasida ilgari surilgan qonunchilik tashabbuskorliklarining izchillik bilan amalga oshirilishi davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga zarur asos yaratadi va mamlakatimizda aholi turmush darajasini yanada oshirishga, xususan, fuqarolarga elektron to‘lov va tijorat xizmatlarini keng miqyosda taqdim etishga imkon beradi. Shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlikda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zarurligi, tadbirkorlik subyektlariga davlat organlari tomonidan taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash, elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni davr taqozo etmoqda.
Ta’kidlash joizki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi maqsadli yo‘nalishlarga erishish borasida, davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborot resurslariga ommaviy ulanishni, aholining keng qatlamlarini kommunal xizmatlar uchun elektron to‘lovlarni amalga oshirishini ta’minlovchi telekommunikatsiya tarmoqlari infrastrukturasini rivojlantirish, «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunlar ijrosini ta’min-lashdagi mavjud muammolarni muvaffaqiyatli hal etish maqsadida Internet tarmog‘ining milliy segmentini ma’lumotlar bilan to‘ldirishni rivojlantirishni rag‘batlantirish, Milliy axborot qidiruv tizimining ishlashini tubdan va sifatli yaxshilash hamda undan foydalanuvchilar sonini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, shuningdek, elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirish maqsadida plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitob qilishni texnik va dasturiy infratuzilmasini yaratish, kommunal va boshqa turdagi xizmatlar uchun elektron to‘lovni amalga oshirish va Internet tarmog‘i orqali doimiy ravishda, shaxsiy hisob raqamiga kirishga imkoniyat beruvchi yagona axborot tizimini shakllantirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Elektron raqamli imzoning e-biznesdagi ahamiyati, O‘zbekistonda joriy etilishi, istiqbollari va huquqiy asoslari.

) ga tushuncha berilib, uning qo‘llanilish sabablari ko‘rib chiqiladi. Texnologiyaning dolzarbligi, ERI ning O‘zbekistonda joriy etilishi va qo‘llanilishini, huquqiy asoslar va amaldagi olib borilayotgan tadbirlar, loyihalar bilan tanishtiradi.
Oxirgi yillarda elektron tijorat jahon bo‘ylab jadal rivojlanmoqda.Tabiiyki, bu jarayon moliya-kredit tashkilotlari a’zoligida amalga oshiriladi. Savdoning bu turi ommalashib borar ekan, shuni unutmaslik kerakki, “tanga” ning orqa tomoni ham mavjud. Xorijda elektron tijorat keng rivojlangan mamlakatlarda Internet orqali sotib olinadigan tovar yoki bitimning tannarxi 300 – 400 $ bilan chegaralanadi. Buning sababi tarmoqda axborot xavfsizligi muommolari yetarlicha hal qilinmaganligi bilan tushuntiriladi. BMT ning jinoyatchilikning oldini olish va u bilan kurashish Qo‘mitasi baholashiga ko‘ra kompyuter jinoyatchiligi xalqaro muommo darajasiga ko‘tarilgan. AQSH da bu jinoiy faoliyat daromadliligi bilan qurol va narkotik savdosidan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Xorijlik yetakchi mutaxassislar fikriga ko‘ra elektron tijorat jarayonining rivojlanishi asosan axborot xavfsizligi sohasidagi taraqqiyot bilan belgilanadi. Xo‘sh axborot xafsizligi deganda nima tushuniladi? Axborot xavfsizligi — axborot egasi va undan
foydalanuvchining moddiy va ma’naviy zarar ko‘rishiga sabab bo‘luvchi ma’lumotning yo‘qotilishini, buzilishini, ochilish imkoniyatini yo‘q qiluvchi, tasodifiy va atayin uyushtirilgan ta’sirlarga axborotning bardoshliligidir. Axborot xavfsizligiga erishishda bazis vazifalar — axborotni konfedensialligi, to‘liqligi, unga erkin kirish yo‘li va huquqiy ahamiyatini ta’minlashdir.
Huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan elektron hujjat almashinuvi (EHA) bugungi kunda munozarali mavzu darajasidan real hizmat turiga aylandi. Bu hizmatga talab fond bozorida elektron savdoning rivojlanishi bilan kundan – kunga oshib bormoqda.
“Internet orqali savdo”ni amalga oshirish avval amal qilgan tizimdan butunlay farq qiladi. Avvaldagi kabi maxsus aloqa kanali orqali savdo tizimiga kirish huquqiga huddi o‘sha savdo qatnashchisining o‘zi javob beradi. Biroq treyder mijozning “qog‘oz” talabnomalarini savdo terminaliga o‘z qo‘li bilan kiritish imkoniyatidan tashqari, mijozlarda “shlyuz” dasturi orqali talabnomalarni shaxsan o‘zlari to‘ldirgan elektron va kompyuter tizimlari orqali yo‘naltirgan shakllarini savdo tizimiga yuborish imkoniyati tug‘ildi. Elektron talabnomalarni qayta ishlash jadalligi ularni birma-bir qo‘lda tekshirishdan ming marotaba tezroq amalga oshadi. Bunday talabnomalar tayyorlanadi va kirish nazoratiga maxsus dasturiy ta’minot orqali o‘tkaziladi. Nazoratning muhim bosqichlaridan biri talabnomaning aslligi va muallifligini tekshirilishdadir. Ya’ni, talabnoma matni yuboruvchidan qabul qiluvchiga kompyuter tizimi orqali yetkazib berish jarayonida buzilmaganligini va aynan uni yuborgan shaxs (firma) nomidan kelganligi aniqlanadi. Endilikda hujjat kurer tomonidan disketada yoki Internet tarmog‘ining ochiq kanallari orqali kelganmi muhim rol o‘ynamaydi.Tekshirish jarayoni shunday ishonchli bo‘lishi kerakki, sudda ishni ko‘rish holatida sudya baxsli masalani hal qilishda tekshiruv natijalaridan foydalanishga rozi bo‘lishi kerak.
Mana shunday maqsadlarda
Bundan tashqari, ERI dan foydalanib Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning o‘zaro elektron transchegaraviy aloqasini tashkillashtirish va EReports ERI dan foydalanib moliyaviy hisobotlar va soliq to‘lovchilarning xisob-kitoblarini internet tarmog‘i orqali topshirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Qo‘shni MDH davlatlari, xorijiy mamlakatlar bilan tajriba almashish, o‘zimizda qo‘llanilayotgan va ular tatbiq etgan loyiha va dasturlar bilan tanishish, investorlarni jalb etish maqsadida yurtimizda sohaga oid xalqaro seminarlar, konferensiyalar o‘tkazilib kelnmoqda. Jumladan, 23-25 aprel kunlari o‘tkazilgan Xalqaro konferensiyada O‘zbekistonda ERI ning istiqbollari, kelajakdagi reja va loyihalar, muommolar yoritildi. Bundan oldingi O‘zAAA da 15 fevralda bo‘lib o‘tgan seminarda axborot va kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati birinchi navbatda ma’lumotlarni elektron almashishga asoslangan o‘zaro aloqalarning yangi sohasiga yo‘naltirilganligi ta’kidlandi. ‘ylashimcha, buning uchun turli davlat, korporativ, transchegaraviy jarayonlarda ERI dan foydalanish bilan bog‘liq amaliy muommolarni ko‘rib chiqish kerak. Transchegaraviy o‘zaro aloqa bo‘yicha normativ – huquqiy va texnik shartlarini yaratishda milliy ochiq kalitlar infratuzilmasini shakllanishi muhim ahamiyat kasb etishini ham unutmaslik lozim. Yana bir muommolardan biri shuki, xorijiy tasdiqlovchi (sertifikat beruvchi) markazlar tomonidan berilgan imzolarning kalit sertifikatlarini huquqiy tan olish jarayonlari aniqlanmagan. Davlat ijtimoiy aloqalarida rasman mustahkamlangan ma’muriy reglamentlar va huquqiy ahamiyatga ega hujjat almashinuvidan foydalanuvchi davlat axborot hizmatlarini ko‘rsatuvchi jarayonlar mavjud emas. Bu muommolarni hal etish uchun ikki mamlakat munosabatlari subyektlari — transchegaraviy aloqalarning texnologik infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli takliflarni tayyorlashda vakil shaxslar yordamida aloqada bo‘lish kerak. Transchegaraviy huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan elektron hujjat almashinuvini qo‘llovchi hususiy biznes rivojlanishidagi tijorat tuzilmalari, manfaatdor tashkilotlar tashabbuslari va faoliyatlarini qo‘llab quvvatlash ham maqsadga muvofiqdir. Yana bir muhim o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tadbirlardan biri — ochiq kalitlar infratuzilmasi ierarxiyasini shakllantirishda regional tasdiqlovchi markazlardan foydalanish imkoniyatiga ega ERI sohasida ijroiya vakillik organining “Asosiy tasdiqlash markazi” ni yaratish kerak. ERI ni qo‘llash bilan bog‘liq xavf–xatarlardan sug‘urta qilish mexanizmini huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborot hizmatlariga qo‘llash maqsadga muvofiq
Elektron tijorat — iqtisodiy taraqqiyot garovi
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni izchil diversifikatsiya qilish, ichki va tashqi bozorda raqobatdosh mahsulotlarni ko‘paytirish, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlariga biznes yuritish uchun qulayliklar yaratish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, iqtisodiyotning barcha jabhasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida elektron tijoratning jadal rivojlanishi yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga, innovatsion tadbirkorlik faoliyatining yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi.
Bugungi kunda biznesda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilayotgani natijasida sohaning elektron ko‘rinishi shakllanmoqda, masofalar qisqarib, vaqt tejalayapti. Kundalik turmushimizdagi turli yumushlarni Internet orqali bajarish, xat-xabarlar, to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish amaliyoti tobora kengayib bormoqda. Pirovardida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yangi turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish, elektron tijorat, elektron to‘lovlar tizimi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar samaradorligini oshirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilmoqda. Birgina joriy yil boshidan buyon kichik biznes subyektlaridan davlat xaridlari hajmi 77,9 milliard so‘mni yoki elektron savdolar orqali amalga oshiriladigan davlat xaridlari umumiy hajmining 99,6 foizini tashkil qildi. Ayni paytda davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolarning joriy etilishi hisobidan 22 milliard so‘mlik yoki shu maqsadga mo‘ljallangan 21,9 foiz byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi.
Yurtimizda elektron tijorat sohasidagi munosabatlarning normativ-huquqiy asoslari yaratilgan. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlar ana shular jumlasidandir. Ushbu huquqiy hujjatlar asosida elektron bank hujjat aylanishi, elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti.
Barchaga ma’lumki, keyingi yillarda, yurtimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Natijada elektron tijoratning ahamiyati tobora oshib, aholining ushbu soha xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlari yuksalib borayapti. Shak-shubhasiz, elektron tijorat bozorini taraqqiy toptirish axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib, tegishli mexanizmlarni kengroq joriy qilish, eng avvalo, elektron tijorat sohasining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zaruratini kun tartibiga olib chiqdi. Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan yangi tahrirdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun ham ana shu talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur huquqiy hujjat Prezidentimizning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar doirasida tayyorlangan.
Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida keng jamoatchilik, soha mutaxassislari, siyosiy partiyalarning faol ishtirokida, xalqaro va xorij tajribasi chuqur o‘rganilib, ilg‘or yutuq hamda tajribalar hisobga olingan holda qabul qilingan. Senat tomonidan ushbu hujjatning keng muhokamasi tashkil etildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Qonun elektron tijoratni rivojlantirish uchun yangi huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va texnik sharoitlar yaratadi. U tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish imkonini beradi. Elektron tijoratni yanada rivojlantirishga, elektron savdoda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga, bitimlarni tuzish tartib-taomillarini soddalashtirishga, elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini ro‘yobga chiqarishning huquqiy mexanizmlarini o‘rnatish va muhofaza etishga xizmat qiladi.
Mazkur Qonun respublikada elektron tijoratni yanada keng joriy etishga huquqiy zamin yaratib, savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar (tranzaksiya xarajatlari)ni kamaytiradi. Elektron tijorat subyektlarining biri-biridan geografik uzoqligi bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatish uchun sharoit tug‘diradi. Jumladan, bozorda yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lishida muhim omilga aylanadi. Qolaversa, u tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanishi, xalqaro standartlarga javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini yaratishga qo‘shimcha imkon beradi.
Umuman, Qonunda ko‘zda tutilayotgan qoidalar umumdavlat va hududlar manfaatlariga uyg‘un bo‘lib, ular mamlakatda kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligi, investitsiya faolligini yuksaltirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligi va sifati oshishida ayni muddao bo‘ladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o’z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo’llanishi yotadi. O’zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O’zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo’lgan holatdagina sodir bo’ladi.
O’zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron tijorat so’zining ma’nosini tushunishga harakat qilib ko’rgan. Hali o’zining uzoq tarixini qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat bilan bog’liq AQSh bozorlarida yiliga o’rtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida mablag’lar aylanadi Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda.Olib borilgan va bajarilgan ishlar asosida bir qancha ijobiy natijalarga erishildi. Masalan, axborot almahinuvi tezligini oshirish va unga sarflanadigan vaqtni kamaytirish maqsadida olib borilgan ishlarning natijasi Respublikada xalqaro axborot tarmoqlari tezligini oshishida ko’rinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Tanlangan asarlar to`plami. 1-4 tomlar.

  2. O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi Qonuni. 1996.

  3. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari to`plami.- Toshkent 2003.

  4. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. -T.: Moliya, 2005. -510 b.

  5. Karimov N. O`zbekiston Respublikasi investitstion loyihalarni moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish yo`llari. -T.: Fan va texnologiya, 2007.

Download 30.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling