Eng namunali xona


Download 13.93 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi13.93 Kb.
#1325017
Bog'liq
TTJ na\'munali xona


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 2023-yil mart oyi davomida Talabalar turar joyida “Eng namunali xona” ko‘rik-tanlovini tashkil etilganligi to‘g‘risida


MA’LUMOT


Talabalar turar joyida talaba-yoshlarning yashash sharoitini yanada yaxshilash ma’qsadida ko‘rik-tanlov tashkil etildi va talabalar turar joyida olib borilayotgan ishlarni tartibga solishning izchil tizimini yaratish, talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarida faolligini oshirish, mavjud kamchiliklarga barham berish, ularning sog‘lom va xavfsiz yashash sharoitlariga bo‘lgan huquqlarini muhofazalash va to‘la ro‘yobga chiqarish maqsadlarida o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik-tanlov institutning Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda institut psixologi hamkorligida 2023-yil mart oyi davomida baholash komissiyasi “Eng namunali xona”ni aniqlashda quyidagi baholash mezonlaridan foydalandi:
- Texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishi - 15 ball;
- Jihozlar va ularning saqlanishi hamda tozaligi (sanitar-maishiy holati) - 25 ball;
- “Ichki tartib-qoidalari” va “Odob-axloq kodeksi”ga rioya qilishi - 15 ball;
- Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faolligi - 15 ball;
- Sport tadbirlaridagi faolligi - 15 ball;
- Biriktirilgan hududlarning tozaligi, navbatchilik tartibiga rioya qilinishi - 15 ball;
Jami - 100 ball.
nizom talablari asosida ishtirokchilar quyidagicha baholandi,
1-qavat, 111-Talaba qizlar xonasi,
2-qavat, 217- Servis fakulteti talaba-yoshlari xonasi,
3-qavat, 304- Iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlari xonasi,
3-qavat, 330- Bank-moliya fakulteti talaba-yoshlari xonasi,
4-qavat, 415- Buxgaltirya xisobi va menejment, fakulteti talaba-yoshlari xonasilari yakuniy natijalarga ko‘ra baholash komissiyasi a’zolari tamonidan g‘olib deb topildi
.


Talabalarni turar joy bilan ta’minlash
ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i A.To‘rayev
Download 13.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling