Engil atletika inson uchun tabiiy bo’lgan yugurish, sakrash, irg’itish kabi jismoniy mashqlarni birlashtiruvchi sport turi. U yurish, yugurish, sakrash, irg’itish va ko’pkurashni o’z ichiga oladi. Yurish


Download 11.37 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi11.37 Kb.
#1378308
Bog'liq
4-mustaqilish


4-mustaqil ish.
Yengil atletika. Ko’pkurash haqida.
Engil atletika - inson uchun tabiiy bo’lgan yugurish, sakrash, irg’itish kabi jismoniy mashqlarni birlashtiruvchi sport turi. U yurish, yugurish, sakrash, irg’itish va ko’pkurashni o’z ichiga oladi.
Yurish - insonning tabiiy harakatlanish usuli. Sportchayurish oddiy yurishdan katta tezligi va katta tezlikni hamda harakatlar tejamkorlikni ta’minlashi bilan farq qiladi.
Sportcha yurishning asosiy qoidasi - bu sportchining oyoqlari (bir yoki ikkala oyoq yuzalari bilan) yo’ldan uzilmasligi kerak. Yugurish engil atletikaning asosiy turi hisoblanadi. U tarkibiy qismi sifatida ko’plab engil atletika mashqlariga kiradi.
Yugurish o’zining xususiyatiga qarab inson organizmiga turlicha ta’sir ko’rsatadi.
Maydonda sekin yugurish (uzoq vaqt) asosan sog’lomlashtirish ahamiyatiga ega.
Tez (sprinterlik) yugurishi tezlik-kuch sifatlarini takomillashtirishga yordam beradi.
O ’rta va uzun masofalarga yugurish chidamlilikni tarbiyalaydi.
To’siqlar oshib yugurish epchillikni, harakatlarini boshqarish qobiliyatini takomillashtirishga yordam beradi.
Kross - notekis yo’llardan yugurish umumiy chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi.
Estafetali yugurish-bosqichlar uzunligi va soniga bog’liq bo’ladi. Masalan, 4 x 60 4x100 4x400. Shahar ko’chalari bo’ylab ixtiyoriy masofali-bosqichlar bilan estafetali yugurish usuli keng qo’llaniladi.
Sun’iy to’siqlar osha yugurishni stipl-chez deb ataladi.
Sakrashlar o’z maqsadiga qarab, uzunlikka va balandlikka sakrashlardan iborat bo’ladi. Ular joyidan turib va yugurib bajariladi.
Ko’pkurash - engil atletikaning bir necha turlaridan tashkil topgan turlaridan biridir. Unga kiruvchi turlarni soni bo’yicha ayollar - ettikurashi, erkaklar - o’nkurashi deb ataydilar.
Ko‘pkurash: yugurish, sakrash va uloqtirishlarning har xil turlarini o‘z ichiga oladi. Ko‘pkurash tarkibiga kirgan musobaqalar soniga qarab ularning nomi farqlanadi: to ‘rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, o‘nkurash
Engil atletika mashqlari sog’lomlashtirish ahamiyatiga ega. Mashg’ulotlar ochiq havoda o’tkaziladi, mashqlar muskullarning barcha guruhlariga ta’sir ko’rsatadi, harakatlanish apparatini mustahkamlaydi, nafas olish va qon-tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Shunday qilib, engil atletika mashqlari yordamida insonning har tomonlama jismoniy barkamol rivojlanishi masalasi hal etiladi. Engil atletika, ayniqsa, o’sib kelayotgan organizmni shakllantirish, yosh avlodni jismoniy tarbiyalash uchun katta ahamiyatga ega.
Engil atletikaning amaliyligi muhim ahamiyatga ega, bu esa engil atletika yordamida egallangan xususiyatlar va ko’nikmalarning hayot va amaliy faoliyatda qanchalik foydali bo’lishi mumkinligi bilan belgilanadi. Bu xususda engil atletikaga teng keladigan sport turi yo’q. Chidamlilik, kuch, tezlik, epchillik, chaqqonlik, qiyinchiliklarni engib o’tish ko’nikmalari (yugurish, sakrash, irg’itish) mehnat faoliyatida hamda harbiy ishlarda keng foydalaniladi.
Tarbiyaviy ahamiyati engil atletika mashg’ulotlari shaxs xarakterini shakllantirishi, inson irodasini mustahkamlashi, qiyinchiliklardan qo’rqmaslikka, ularni dadil engishga o’rgatishdan iborat.
Ta’limiy ahamiyati - engil atletika mashg’ulotlari vositasida foydali ko’nikma va bilimlar egallanadi.
Musobaqalarni osonlashtirish uchun yengil atletikaning bunday og‘ir turlari bo‘yicha musobaqalar ikki kun mobaynida o‘tkaziladi. Ko‘pkurashning asosiy turlarida ko‘pkurash bo‘yicha shug'ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bo‘lishlaridan tashqari, sprinterlardek tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli, o'rta masofalarga yuguruvchilardek chidamli bo‘lishlari kerak.
Ko‘pkurash dasturini to‘la bajarish esa umuman a’lo darajada chidamli bo’lish, yuqori darajada rivojlangan irodaviy fazilatlar talab qiladi.
Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish — yengil atletika bilan endigina shug'ullanayotganlar uchun har tomonlama jismoniy rivoj topishning eng yaxshi yo‘lidir. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko'rsatishi bilan birga yengil atletikaning alohida turida maxsus mashq qilish uchun ham yaxshi zamin yaratib beradi. Ko‘pkurash natijasi sportchining ko‘pkurash tarkibidagi har bir turda ko‘rsatgan natijasi uchun olgan ochkolar yig‘indisi bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus ochkolar jadvalidan foydalaniladi.
Download 11.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling