Epik asar kompozitsiyasi reja: Epik asarning o'ziga xos xususiyatlari Epik asar kompozitsiyasi


Download 23.91 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi23.91 Kb.
#1016681
  1   2
Bog'liq
Epik asar kompozitsiyasi


EPIK ASAR KOMPOZITSIYASI
Reja:


1.Epik asarning o'ziga xos xususiyatlari
2.Epik asar kompozitsiyasi
3.Epik roman va epik dostonda kompozitsiya

EPIK ASAR KOMPOZITSIYASI
Badiiy asar unsurlarini o‘z o‘rnida, me’yorida, butun bilan mustahkam aloqada bo‘ladigan va bu aloqalar anglanadigan tarzda joylashtirilishi kompozitsiya deyiladi. Kompozitsiya (lat., tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha unsurlarni shunday uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning o‘zi bo‘lmaydi, zero, har bir unsur asar butunligida o‘zining funksiyasiga ega, muayyan g‘oyaviy-badiiy yuk tashiydi. Asarning nutq sathidan boshlab to badiiy voqeligi qadar o‘z qurilishiga – kompozitsiyasiga ega. Bu esa epik, dramatik va lirik turga mansub asarlarning kompozitsiyasi bir-biridan jiddiy farq qiladi deganidir.
2. Asar badiiyati va ijodkor mahorati kompozitsiyaga nechog‘liq bog‘liq?
Muayyan asar badiiyati haqida so‘z ketganda eng avval uning kompozitsion xususiyatlariga, ijodkor badiiy mahorati haqida so‘z borganda esa kompozitsiya yaratish mahoratiga ayricha e’tibor beriladi. Zero, badiiy asarda voqelik muayyan badiiy shaklda aks etadi, yangi reallik – badiiy voqelik yaratiladi. Ya’ni san’atkor bir butunlik (hayot materiali)dan ikkinchi bir butunlikni – uning badiiy modelini yaratadi, hayot materiali (dispozitsiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga aylantiradi. Shunga ko‘ra dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira olish iqtidori, iste’dodi ijodkor shaxsning tug‘ma imkoniyatlari sanaladi.
3. Badiiy shaklning nechta aspekti farqlanadi?
An’anaga ko‘ra badiiy shaklning uch aspekti farqlanadi: 1) asarning nutqiy qurilishi, 2) tasvirlanayotgan predmetli olam – badiiy voqelik va 3) bu ikki sath birliklarini bir-biriga o‘zaro munosabatdorlikda va uyg‘un muvofiqlashtirgan holda joylashtirish – kompozitsiya.
4. Badiiy shaklning uch aspekti farqlash an’anasi ildizi qayerdan boshlanadi? Ushbu an’ana ildizi antik ritorikaga borib taqaladi. Jumladan, Rim notiqligida qo‘llangan inventiyo (nutqda taqdim etiluvchi predmetlarni yaratish), dispositio (ularni muayyan tartibda joylashtirish) va elocutio (nutqqa zeb bergan holda yorqin ifodalash) terminlari mos ravishda badiiy voqelik, kompozitsiya va nutqiy qurilish atamalariga mohiyatan mos keladi. Keyincha, XVI-XVII asrlarda bu istilohlar G‘arb poetika ilmiga olib kirilgan.
5. Adabiyotshunoslikda epik asar qurilishini tadqiq etishda qaysi masalalarga diqqat qilinadi?
Zamonaviy adabiyotshunoslikda epik asar qurilishini tadqiq etishda matn kompozitsiyasi, syujet kompozitsiyasi, personajlar sistemasi, badiiy vaqt va zamon, rivoya kompozitsiyasi, nuqtai nazar kompozitsiyasi kabi masalalar diqqat markazida turadi.
6. Epik matn kompozitsiyasi qanday qismlardan iborat?
Epik asar matni rivoya, tavsif va dialog dan tarkib topadi, shu bois ular epik nutqning kompozitsion shakllari sifatida e’tirof etiladi.
7. Epik matn kompozitsiyasida rivoyaning tutgan o‘rni.
Rivoya makon va zamonda kechgan voqealarni so‘z vositasida aks ettirish, sodda qilib aytsak, hikoya qilishdir. Avvalo aytish kerakki, xuddi ko‘chirma gap tarkibida avtor gapi sintaktik qurilmani yaxlitlashtiruvchi unsur bo‘lgani kabi, rivoya ham epik asar nutq shakllarini yaxlitlashtiruvchi omildir. Ya’ni tavsif ham, dialog ham rivoya orqali, bamisoli rivoyaga o‘rab taqdim etiladi. Agar rivoya obyekti harakat bo‘lsa, tavsif turg‘un holatdagi narsa, joy, holat, xususiyat kabilarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, voqea yuz berayotgan joyga oid tafsilotlar, peyzaj, interer, portret, muallif xarakteristikasi, ruhiy holat tasviri kabilar. Dialogda nutq subyektlari o‘zgarsa ham, jarayon baribir rivoya orqali tasvirlanadi: personajlar nutqini roviy izohlab, sharhlab, to‘ldirib boradi, natijada o‘quvchi personaj gaplarini go‘yo roviy “qulog‘i” bilan eshitadi. Rivoya, tavsif va dialogning salmog‘i, ularning muayyan ketma-ketlikda va mutanosib tarzda joylashtirilishi epik asar kompozitsiyasiga qo‘yiluvchi muhim talablardan sanaladi. Deylik, rivoya salmog‘i ortib ketgan holda o‘quvchining voqea zamiridagi mohiyatdan chalg‘ib qolishi, tavsif ko‘payib ketganida esa asarning o‘quvchini zeriktirish havfi ortadi.
8. Epik asar kompozitsiyasining syujetga aloqadorligi.
Epik asar kompozitsiyasining o‘zagini syujet tashkil qiladi. Bu tabiiy ham. Negaki, voqeabandlik – epik asar tabiatini belgilovchi xususiyat, bu turdagi asarlar makon va zamonda kechuvchi voqealarni hikoya qilish asosiga quriladiYa’ni syujet haqidagi aytilgan gaplarning aksariyati mohiyatan syujet qurilishi – kompozitsiyasi haqidagi gaplardir.
9. Obrazlar sistemasining asar kompozitsiyasida tutgan o‘rni.
Obrazlar sistemasi ham kompozitsiya masalasi bo‘lib, buning asoslari obraz turlaridan kelib chiqadi. Obrazning predmetlilik darajasiga ko‘ra tasnifi ko‘ra detal obrazlardan boshlab badiiy voqelik qadar bir-biriga bog‘liq ierarxik tizim ko‘z oldimizga keladi. Masalan, “O‘tkan kunlar” romani boshlanishidagi
Download 23.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling