Epik asar kompozitsiyasi reja: Epik asarning o'ziga xos xususiyatlari Epik asar kompozitsiyasi


Download 23.91 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi23.91 Kb.
#1016681
1   2
Bog'liq
Epik asar kompozitsiyasi

karvonsaroy obrazi (bu obrazni quyidagilar shakllantiradi: darbozasi sharqi-janubiyga qaragan, dongdor, Toshkent, Samarqand va Buxoro savdogarlari to‘xtaydi, musofirlarga to‘la, bir-ikki hujrani istisno qilinsa, hammasi band; kechka tomon shovqinli, jonli, hamma ovqatga unnagan) Otabekning yo‘qlab kelinishini to‘laqonli tasvirlashga xizmat qiladigan detal maqomidadir. O‘z navbatida karvonsaroy va unda kechgan voqea obrazlari Otabek bilan Homid bahsi asosida xarakter va sharoit obrazini yaratishga zamin yaratadi. Nihoyat, bularning bari asardagi eng ko‘lamli obraz – badiiy voqelikning muhim uzvi, detallaridir.
10. Epik asarda kompozitsiya va personajlar sistemasi.
Epik asarda personajlar sistemasi – ularning o‘zaro aloqadorlikda joylashtirilishi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliyotda “obrazlar sistemasi” va “personajlar sistemasi” terminlari ba’zan sinonim o‘laroq qo‘llanadiki, bu to‘g‘ri emas. Negaki, “obrazlar sistemasi” atamasi, yuqorida ko‘rib o‘tdik, asardagi barcha obrazlarni anglatsa, “personajlar sistemasi” deganda shuning bir qismi – inson obrazlari tizimigina ko‘zda tutiladi. Personajlarning sistemada tutgan o‘rni, zimmasidagi g‘oyaviy-estetik yuk zalvori bir xil emas. Shu jihatdan asardagi personajlar (bu narsa katta epik janrga mansub asarlarda yaqqol ko‘rinadi) tabaqalanadi, ya’ni ular bosh personaj (yoki bosh qahramon), personaj, (yoki qahramon), ikkinchi darajali personajlar va epizodik personajlar tarzida bir-biridan farqlanadi. U yoki bu personajning asar (sistema)dagi joylashuvi, maqomi, boshqa personajlar bilan munosabatlari unga yuklanayotgan badiiy-estetik funksiyalar bilan, yana ham aniqrog‘i, yozuvchining g‘oyaviy-badiiy niyati, ifodalash ko‘zda tutilgan mazmun bilan bevosita bog‘liq. Demak, asar personajlar sistemasida u yoki bu personaj tabiiy ravishda, ya’ni hikoya qilinayotgan voqealarda ishtirok etayotgani uchungina o‘z-o‘zidan o‘rinlashib qolavermaydi. Aksincha, personajlar sistemasi muayyan reja (badiiy niyat)ga muvofiq ravishda “quriladi”, shuning uchun ham u epik asar kompozitsiyasining muhim komponentiga aylanadi.
11. Epik asarlarda retrospektiv syujetning o‘rni.
Ma’lumki, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealar makon va zamonda kechadi, shunga ko‘ra adabiyotshunoslikda “badiiy vaqt” tushunchasi keng qo‘llanadi. Avvalo, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealarning yuz berish vaqti bilan ularni hikoya qilish vaqtini farqlash kerak. Asardagi voqealarning yuz berish vaqtini “syujet vaqti”, ularning hikoya qilinish vaqtini esa “kompozitsiya vaqti” deb olinsa, u holda bu ikkisining har vaqt ham bir-biriga mos kelmasligini ko‘rish qiyin emas. Yozuvchi zarur o‘rinda asar vaqtidan chekinib, o‘tmishda yuz bergan voqealarni (“retrospektiv vaqt”ni)tasvirlashi mumkin. Retrospeksiya deb ataluvchi bu usulning mohiyati shuki, unda yozuvchi syujet voqealarini, ya’ni faqat oldinga oquvchi vaqtni go‘yo to‘xtatib qo‘yadi-da, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqeani tasvirlashga o‘tadi. Agar A.Qodiriy mazkur usulni romanning bittagina o‘rnida qo‘llagan bo‘lsa, ba’zi asarlar borki, ularning syujet qurilishida retrospeksiya yetakchi mavqe egallab, asarning badiiy vaqtidagi va o‘tmishdagi voqealar navbatma-navbat berib boriladi. Ayrim adabiyotlarda uni syujet kompozitsiyasi nuqtai nazaridan retrospektiv syujet deb farqlanadi. Umuman olganda, syujet qurilishida voqealarning haqiqatda yuz berish tartibining o‘zgartirilishi o‘quvchi diqqat-e’tiborini voqeadan uning zamiridagi mohiyatga ko‘chirishi bilan ahamiyatlidir. Shu bois ham adiblar badiiy vaqt bilan bog‘liq ijodiy tajribalarga tez-tez qo‘l urishadi.
12. “Syujet vaqti” va “parallel vaqt” tushunchalari.
Yozuvchi yuz berishi jihatidan bir paytga to‘g‘ri keladigan voqealarni navbati bilan tasvirlashi ham mumkinki, bu epik asarlarda “badiiy vaqt” imkoniyatlarining ancha kengligini ko‘rsatadi. Avvalo shuki, “syujet vaqti” asarning asosiy syujet chizig‘idagi voqelarning yuz berish vaqti bilan belgilanadi. Shu chiziqdagi voqea bilan bir paytda boshqa syujet chizig‘ida kechayotgan voqea esa shartli ravishda “parallel vaqt”da deb hisoblanadi. Masalan, “Kecha” romanidagi Enaxonning shaharlik o‘rtoqlarini ziyofat qilish haqida onasi bilan tashvishli suhbati “syujet vaqti”da, Xadichaxon bilan Poshshaxon kundoshdan o‘ch olmoq qasdida mehmonlarni mingboshi xonadoniga chorlash haqida reja tuzishlari “parallel vaqt”da sodir bo‘ladi. Yoki Zebining mingboshiga taslim bo‘lishi bilan Sultonxonning Hakimjon hujrasiga yo‘l olishi ham xuddi shunday – bir vaqtda kechadi.
13. Diskretlilik badiiy vaqtning muhim xususiyati.
Asar syujetidagi voqealar o‘quvchi tasavvurida uzluksizlik illyuziyasini hosil qilgani (shu bois ham biz syujet voqealari haqida gapirganda “keyin bunday bo‘ladi” deymiz, “shuncha vaqtdan keyin bunday bo‘ladi” demaymiz) bilan, haqiqatda ularning orasida katta vaqt bo‘shlig‘i mavjudligi aqlga tayin. Zero, real vaqtga xos uzluksizlikni berish uchun shu vaqt davomidagi voqealarning hammasi qalamga olinishi lozim bo‘lur ediki, bu, albatta, imkondan tashqarida. Shunga ko‘ra diskretlilik (ya’ni, uzluksiz emaslik) badiiy vaqtning muhim xususiyati sanaladiki, buni shartlilik asosida qabul qilamiz. Mazkur shartlilik umume’tirof etilgani uchun ham syujetga voqealar saylab olinaveradi – oradagi vaqt bo‘shlig‘i tabiiydek taassurot qoldiraveradi, uni to‘ldirishni talab qilish hech kimning xayoliga kelmaydi ham.
14. Kompozitrsiyada roviy obrazi.
Rivoya kompozitsiyasi haqida so‘z borganda eng avval roviy, ya’ni hikoya qilib beruvchining kim ekanligi masalasi o‘rtaga chiqadi. An’anaviy tarzda rivoyaning uchinchi shaxs tilidan va birinchi shaxs tilidan olib borilishi farqlanadi. Uchinchi shaxs tilidan hikoya qiluvchini (mas., “Kecha”dagi) roviy deb yuritiladi. Bu turdagi roviyning kim ekani aniq ma’lum emas, faqat kimdir – uchinchi bir shaxs hikoya qilib berayotgani anglashiladiki, “roviy shaxs emas – funksiya” deyilishi shundan. Yana bir muhim shart shuki, roviy tasvirlanayotgan badiiy voqelik ichida mavjud emas.
Odatda, shaxsi aniq roviy deganda roviy-muallif va roviy-personaj ko‘rsatiladi, ayrimlar esa muallif-personaj ko‘rinishini ham shu siraga qo‘shadi. Avvalo, roviy istilohi keng va tor ma’noda ishlatilishiga diqqat qilish lozim. Ya’ni keng ma’noda istiloh umuman asar voqealarini hikoya qilib beruvchini, tor ma’noda esa uning bir ko‘rinishi – kimligi mavhum uchinchi shaxs tilidan hikoya qiluvchinigina anglatadi. Roviy-muallif ham xuddi roviy kabi asar badiiy voqeligida mavjud emas. Masalan, “O‘tgan kunlar”da roviyning kim ekani “Men – yozuvchi...” deb boshlanuvchi mashhur lirik chekinishda aniq-ravshan aytiladi, biroq muallifning o‘zi asar voqeligida ishtirok etmaydi. Bundan farqli o‘laroq, Sh.Xolmirzaevning “Bodom qishda gulladi” hikoyasi personajlaridan biri “Anavi odam yozuvchi!” deb tanishtirgan roviy voqeada bevosita ishtirok etadi. Shunga o‘xshash, “Shum bola”da voqealar qissaning bosh qahramoni tilidan hikoya qilinadi. Keyingi ikki holatda voqealar “men” tilidan beriladiki, shunga ko‘ra asarga roviy-personaj yoki muallif-personaj bevosita guvohi yo ishtirokchisi bo‘lgan voqealargina kiritilishi mumkin.
15. Kompozitsiyada roviy nigohi tushunchasi.
Epik asarda tasvirlanganki narsa bo‘lsa, kimningdir (ko‘proq roviy) nigohi orqali ko‘riladi. Deylik, yuqoridagi parchaning roviy nigohi orqali berilganini sezish unchalik qiyin emas. Shu bilan birga, voqelik personaj nigohi orqali berilishi ham ko‘p kuzatiladiki, nigohlarning almashinishi ham muhim badiiy-estetik funksiya bajaradi, o‘rni bilan esa kompozitsion bo‘lak chegarasini ham belgilaydi. (Cho‘lponning “Oydin kechalarda” hikoyasi misoli)
16. Kompozitsiya va struktura.
Kompozitsiya asar qismlarining o‘zaro aloqalari, ularning butunlikka birikish yo‘llari bo‘gani uchun u mohiyatan struktura tushunchasiga yaqin keladiki, shu yaqinlik sababli ba’zan “kompozitsiya” va “struktura” istilohlarining sinonim sifatida qo‘llanishiga duch kelamiz. Holbuki, asarning qurilishi faqat uni tashkil qilayotgan ichki unsurlarning muayyan maqsadga muvofiq joylashtirilishi-yu o‘zaro aloqalaridangina iborat emas – uning bir jism o‘laroq yaxlit holdagi ko‘rinishi ham bor. Shu bois adabiyotshunoslikda ba’zan “tashqi kompozitsiya” istilohi qo‘llanadiki, bundan asar qurilishi ham ikkita aspektli ekanini anglash qiyin emas. Tashqi qompozitsiya tushunchasi ba’zan arxitektonika istilohi bilan ham ifodalanadi1. Xullas, bu o‘rinda gap adabiy asarning tashqi qurilishi, uning qism, bob, fasl, band, parda va ko‘rinishlarga bo‘linishi, sarlavha, epigraf, so‘zboshi va so‘ngso‘z, izoh kabilar bilan ta’minlanishi haqida bormoqda. Ya’ni, asosan, matn uzvlari haqida. Shu bois arxitektonikani ba’zi mutaxassislar matnning tashqi kompozitsiyasi deb ham ta’riflaydilar2. Shuningdek, yuqorida sanalgan uzvlarning ko‘pi adabiyotshunoslikka oid manbalarda “matn ramkasi komponentlari” deb ham yuritiladi.



1 Федотов О.И. Основы теории литературы. В 2 ч. Ч.1.- М.: Владос, 2003.- С.253

2 Николина Н.А. Филологический анализ текста.- М.: ACADEMIA, 2003. - С.45

Download 23.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling