Ergasheva Nafosat Ermat qizi


Download 18.85 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi18.85 Kb.
#1292501
Bog'liq
maqola 2


Ergasheva Nafosat Ermat qizi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qituvchi

Til insoniyatga tabiat in’om etgan bebaho ne’matdir, uni mahluqot to’dasidan insoniyat rutbasidagi oliy sinf o’laroq ayirgan qudratdir. Bashariyat to’plagan necha ming yilliklar mobaynida to’plagan butun aqliy va hissiy tajribalari aynan til vositasida salomat saqlanib keladi.


Til millat ko’zgusi. Kishini o’zigamas so’ziga boq deydi, dono xalqimiz. So’zlaganda odob, axloq, me’yor bilan, gapni o’rni bilan gapirgan kishi har joyda o’z o’rniga bo’ladi. Biz hamisha chiroyli, ochiq va mazmunli, so’zlashishga o’rganishimiz kerak, chunki so’zlashish odobi kishining ziynati hisoblanadi. So’zlashganda ham maqol, iboralar, o’xshatishlardan o’rinli foydalanishimiz lozim. Bu xusususiyatimiz bilan biz o’zimizga buyuklik eshiklarini ochib beramiz. Har bir inson so’zlashish mobaynida o’z maqsadiga bilim saviyasi, madaniyati bilan yondashar ekan muomala madaniyati yuksak cho’qqiga ko’tarilib boraveradi. Bugun bizda bir qancha tilimiz bilan bog’liq muammolar borki, buni biz to’g’rilik bilan hal qilishimiz kerak.
Lutf-takallufda, so’z jozibadorligida 7-iqlimni titratgan buyuk bobokalonimiz A.Navoiyning milliy tilimizga bo’lgan hurmati bugun bizga juda oqsagan. Milliy tilimizning mehrli mavjlari Navoiy qalamida qadr topgan ediku. Millatimiz iftixori duru-javohirdek asrab-avaylagan, tikonlardan tozalagan tilimizga bo’lgan hurmat bugun bizni tark eta boshlagandek go’yo. Ulug’ donishmandlar aytganidek, ilm boru amal yo’qolib bormoqda.
Bejizga Fitrat o’zining 1909-yilda yozgan “Tilimiz” nomli maqolasida millatimiz tiliga bo’layotgan behurmatlik, boshqa tillardan kirayotgan so’zlar sof turkey tilimizga rahna solmasun, tilimiz boyligiga jabr qilmasun deb yozg’urmaganku. Usha davrda tilimizga Ruscha, yevropacha so’zlar to’fonining salbiy ta’sirlari bugungi kunda ham qaytalanayotgandek.
Bugun bizga, tilimizga hech kim rahna solmayaptiku.. Bu tilda bulbulzabon, so’z podshosi A. Navoiy 26035 ta so’zdan foydalanib dunyo ahlini lol qoldirgan.
A.Avloniy shunday degan edi: “Bizga rus lisoniy tilini bilmak kerakli narsadir. Lekin o’z o’rnida ishlatmak va so’zlamak lozimdur.”
Milliy iftixorimiz, dinimiz, tarimiz, tilimiz toptalgan kezlarda hatto o’zbek ismlari ham buzib aytildi, ruscha talqin qilindi. O’sha mashum vaqtlarni Erkin Vohidov taassuf bilan eslaydi.

Mirzolar – mishaga aylangan yillar


Suvonlar – Sashaga aylangan yillar
Alisher – Alikka, Kamol – Kolyaga
Muattar – Mashaga aylangan yillar,
Men sizdan o’kinib yashayman
Gulchehra ismini Gulya deganlar
Zulxumor, Zumradni Zulya deganlar
Rasmana nomini aytsa ortingdan
Men sizdan o’kinib yashayman

Ha inson shaxsiyatiga tegadigan darajada hatto ismlar ruslashtiribv aytildi. Bu bilan A.Avloniy aytganidek: “Zig’ir yog’I solib, moshkichiri kabi qilib aralash-quralash qilmak til ruhini buzadi” degan edi.


Hozirchi kim bizni boshimizda qilich o’ynatib turibdi? Hech kim! Lekin til ruhi buzilmoqda buni esa sizu biz bilib-bilmay amalga oshirmoqdamiz. O’zimizcha zamonaviy so’z sifatida foydalanayotgan ayrim so’zlar ma’nosini o’zimiz anglab yetmaganmiz ham. Misol qilib: daje, tolko, lubboy, karochchi, vapshe, abezatelna, ladno, doljen, dalshe, tak kabi so’zlar bugun bizning kundalik so’zlashuv jarayonimizda o’z o’rniga ega bo’lib olmoqda. Ta’lim dargohlarida, davlat idoralarida ham bunday nomaqbul so’zlarni ishlatmoqdamiz. Hattoki ommaviy axborot vosiytalari, gazeta, jurnallarda ham bugun adabiy til normalariga rioya qilinmayapti. Va aksincha G’arbga tanqid qilinmoqda. Sharqona til nazoratiga befarq bo’lib bormoqdamiz. Bir qancha ko’rsatuv nomlarida ham tushunarsiz ma’no ohanglari ufurib turadi. Masalan: Vay-fay so’zining ma’nosi nima? Bu so’z ma’nosini anglab yetish ham mushkuldek go’yo. Oynai jahon orqali efirga chiqadigan jurnalistlarimiz nutqi ham sof adabiy tildan yiroqlashib bormoqda. Muloqot davomida argon shevalardan bemalol foydalanmoqdalar. Masalan: Toshkent shevasida (votti, kelotti). Bu bilan madaniyatimizga o’z salbiy ta’sirlarini ko’rsatmoqda, vaholanki bu bilan tilimiz taraqqiyotiga taxdid ham qilmoqdalar.
Jonli so’zlashuv nutqimizda asosan umumxalq tiliga asoslangan holda shakllangan bo’ladi. Jonli so’zlashuv nutqida shevalarga xos til birliklari ko’p ishlatiladi. Kundalik aloqa aralashuvi uchun xizmat qiluvchi til birliklaridan, qarg’ishlar, hol-ahvol so’rashlar, qarindosh-urug’chilikka oid so’zlar singari boshqa tillarga tegishli kundalik turmush bilan bog’liq varvarizmlarni, har xil so’kinishlar ma’nosini bilmaymiz, bu so’zlar anglatayotgan ma’no esa yeti uxlab tushimizga kirmagan ham. Masalan: zaybal, svolch kabi so’zlarning ma’nosini umuman bilmaymiz ham.
Vaholanki bu kabi so’zlar nutqqa salbiy ta’sir qilishni ham bilmaymiz. Keyingi vaqtlarda rus-o’zbek ikki tillilikni rivojlanishi o’zining ma’lum ijobiy tomonlari bilan birga o’zbeklar nutqida parazit so’zlar kirib kelishiga sabab boldi. Ko’pgina kishilar o’z nutqini nazorat qilmasligi , ma’qul so’z qidirishga erinchoqlik qilishi, rus tilidagi atamalarning o’zbek tiliga xos shakllarini bilmasligi, ayrim holatlarda esas o’zini rus tilini bilishini ko’z-ko’z qilishga intilishi oqibatida nutqda ularning qo’llanilishi uchramoqda. Parazit so’zlar, asosan, so’zlovchining o’z nutqini kuztib bormasligi, e’tiborsizligi natijasida vujudga keladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Kundalik turmushimizda ayrim kishilar nutqida O’zlari sezmagan holda demak, xo’sh, immakeyin, ya’ni, anaqa, nima desam ekan, nimaydi, borku kabi so’zlarni takrorlashga o’rganib qolganmiz. Ba’zi ma’ruzachilar nutqida ham bunday so’zlar 50-60 ba’zida 70 tagacha takrortlanishi kuzatilgan. Dars jarayonida ham bunday so’zlarning qo’llanilishi o’z salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Bu masalaning yomon tomoni shundaki bu so’zlarni qo’llash bora-bora odatga aylanib qoladi. Bu odatdan qutilishning birdan bir yo’li shundaki – biz o’z ona tilimizni har tomonlama chuqur o’rganishimiz, badiiy asarlarni ko’proq o’qishimiz, o’qiganda ham notanish so’zlarning ma’nosiga chuqur e’tibor berishimiz kerak.
Ijodkorlar ham badiiy asarlarni yozganlarida, asardagi parazit so’zlar xar xil shevalardan bo’rttirib foy dalanadilar, Bu bilan ijodkor bu parazit so’zlarni yoqlab chiqmaydi balki, bu bilan asarga jonlilik kiritmoqchi bo’ladi. Masalan: G’. G’ulom “Shum bola” asarida innankeyin so’zidan foydalanadi. Bu odatni yomon qusur ekanini ko’rsatib beradi. O’lmas Umarbekovning “Sovg’a” asarida esa “tasadduq” so’zi 18 marta qo’llanilib bu ijobiy saviyaga ega so’z hisoblanadi.
Nutq sofligini, tozaligini saqlash bu bizga ona vatanga xizmat qilish bilan abrobardir. To’g’ri har bir millatno o’z ona tilisi bor. Qaysidir til uzoq o’tmishga ega, ba’zilari endi tetapoya qilayotgan tillar bo’lib bu tillarga hech bir xusumat bilan qarshga hech kimning haqqi yo’q. Konstitutsiyamizning 24-moddasida birn bir tilga xusumat bilan bexurmatlik bilan qaralishi qat’iyan man etiladi.
Davlatlar o’rtasida diplomatik aloqalar bo’lsa, bir davlat 2-bir davlat bilan ma’lum aloqalar, savdo aloqalar qilar ekan bir tildan ikkinchi tilga so’zlar kirib kelaveradi. Lekin bu degani sof turekiy so’zlarimiz chetdan kelgan so’zlar ostida qolib ketishi kerak deganimasku. Fitrat bejizga, boshqa tillardan so’zlar kirib kelaversin, yangi so’zlarni kirib kelishi lug’at boyligimizni boyitadi lekin bu so’zlar o’zbekcha so’zlar buyrug’I ostida kelsin deb fig’on chekmagan.
Buyuk bir jasorat bilan mustaqillik me’mori birinchi prezidentimiz I. A. Karimov 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomini osonlikcha qo’lga kiritganmidi. O’sha davr rahbarlari ikki tillikni zo’r berib targ’ib qilish yo’lidan borayotgan bir davrda davlat tili maqomini berish g’oyasini ilgari surib chiqdi. Biz bu jasoratning qadriga yetishimiz, avaylab asrashimiz zarur. Nutq yomon tuzilsa, tildan o’pka qilmaslik kerak. Ana shu noyob quroldan mohirlik bilan foydalanganlar ham bor, undan noo’rin foydalanganlar ham bor. Navoiy ta’biri bilan aytganda. Badiiy so’zlash qobiliyati zaif bo’lgan kishining nutqi be’maza, ma’nosi tor bo’ladi.
Yaxyo ibn Maoz aytadi:”Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsalar bilan qaynab turadi, tillar esa uning cho’michidir. Biron kishi gapirayotganida unga nazar solib turgan, chunki uning tili qalbidagi bor narsani olib chiqadi. Xullas dilning ta’mini bayon qiladi”. Ya’ni til sezgisi bilan qozondagi taom mazasini bilingani kabi, insonning qalbidagui narsani gapidan bilish mumkin. Shu sababli ham so’zni so’zlashda juda ehtiyotkor bo’lmoq kerak. Sababi so’zni zoye ketkizib qo’yishimiz mumkin. Bu so’z o’rinlimi yoki yo’qmi buni bilishimiz kerak. Mobodo bir so’zni aytsak, undanda ko’ra foydalirog’I qolib ketmadimikan deb tafakkur qilishimiz kerak. Chunki til sohibi xoxlasa ham, til qalblardagi asrorlardan xabar beradi. Biz bugungi kun yoshlari kelajagimiz egalari ma’nosi tor so’zlardan o’zimizni tiyaylik va o’z o’rnida foydalanib, tilimizni tikonlardan asraylik.
Download 18.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling