Ingliz va o`zbek tillarida ba`zi taom nomlarining etimologiyasi


Download 38.92 Kb.
bet1/3
Sana07.05.2023
Hajmi38.92 Kb.
#1438852
  1   2   3
Bog'liq
konferensiya tezis Mahliyo Norboyeva


INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA BA`ZI TAOM NOMLARINING ETIMOLOGIYASI

Norboyeva Mahliyo Bahrom qizi


bahromovnamahliyo197@gmail.com
+998976927007
Termiz davlat pedagogika instituti,
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) mutaxassisligi 1-kurs magistranti
Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz va o`zbek tillaridagi ba`zi taom nomlarining etimologiyasi haqida so`z boradi. Ingliz va o`zbek tillari taom turlariga boy bo`lishiga qaramay, bu taom nomlarining kelib chiqish tarixi haqida ma`lumotga ega insonlar juda ozchilikni tashkil qiladi. Ushbu maqolada keltirilgan taom nomlarining etimologiyasi va ularning ma`nosi har ikkila tilda tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: etimologiya, puding, crumpet, bangers and mash, shepherd`s pie, haggis, manti, mastava, palov, lag`mon.
Abstract: This article talks about the etymology of some food names in English and Uzbek languages. Despite the fact that the English and Uzbek languages ​​are rich in food types, hardly any people are aware of the history of the origin of these food names. The etymology of food names presented in this article and their meanings are analyzed in both languages.
Keywords: etymology, puding, crumpet, bangers and mash, shepherd`s pie, haggis, manti, mastava, palov, lagmon.
Аннотация: В данной статье рассказывается об этимологии названий некоторых продуктов питания в английском и узбекском языках. Несмотря на то, что английский и узбекский языки богаты видами еды, мало кто знает об истории происхождения названий этих блюд. Этимология названий продуктов питания, представленных в статье, и их значение анализируются в обоих языках.
Ключевые слова: этимология, пудинг, пышка, сосиски и пюре, пастуший пирог, хаггис, манты, мастава, плов, лагмон.
So`nggi bir necha o`n yilliklardan buyon taom nomlarining kelib chiqishini o`rganishga jalb qilingan odamlar soni tobora jadal suratlarda o`sib bormoqda. Millatimizning taniqli olimlari bu soha rivojlanishiga o`zlarining ulkan hissalarini qo`shishgan. Misol uchun, filologiya fanlari nomzodi Gulnoza Odilova “Dunyo adabiyotida “taom” va “tanovul” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borib, mavzu yuzasidan ko`plab taom nomlarining kelib chiqish tarixini o`rgangan. Bundan tashqari, Y.U.Nurovaning “Suyuq ovqat nomlari ishtirok etgan paremalarning etnolingvistik tadqiqi ” mavzusida olib borgan ishlari ba'zi oziq-ovqat nomlarining etimologiyasi bilan bog'liq sohaning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Xususan, taom nomlarining kelib chiqish tarixi tilshunoslikning etimologiya bo`limida o`rganiladi. Etimologiya- tilshunoslik fanining muhim va murakkab sohasi. Etimologiya so'zi asli yunoncha etymon va logos so'zlaridan tashkil topgan. etymon- so'zi «chin, haqiqiy, asl mohiyat» ma’nosini, logos so'zi esa; «ta’lim» ma’nosini anglatadi. Shunga ko'ra etimologiya sohasida so'zlarni asl shakli va ma’nosini aniqlash bo'yicha izlanishlar olib boriladi. Etimologiya tilshunoslikning juda qadimiy sohasi bo‘lib, eramizdan avvalgi davrlarda yashagan filosof va filologlar ham so‘zlarning kelib chiqish tarixi bilan shug‘ullanganlar. Etimologiyada so‘zlarning haqiqiy va birinchi asl ma’nolari, shakllari til tarixi hamda boshqa tillardagi shu so‘z to ‘g‘ri kelgan o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlar bilan qiyoslash asosida aniqlanadi. Bunda so‘zlarning kelib chiqish tarixi, ma’nosi chuqur tahlil qilinadi.1
Ingliz tili taom nomlariga boy va men ushbu maqolada ularning ba`zilarini kelib chiqish tarixini misol tariqasida keltirdim.

Download 38.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling