Ergashgan qo ʻ shma gaplar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1340683
  1   2   3
Bog'liq
Taqdimot



Namangan davlat universiteti
Fililogiya va tillarni oʻqitish:oʻzbek tili yoʻnalishi S. Uzb.AU-20 
talabasi 
Bozorboyeva
Gulhayoning Hozirgi oʻzbek adabiy tilidan 
seminar mashgʻuloti


2.2.Ergash gapli qoʻshma gaplarning boshqa 
qoʻshma gaplar bilan munosabati
1.
Ergashgan qoʻshma gap va uning turlari
2.
Ergash gapni bosh gapga bogʻlovchi vositalar
3.
Ergash gapli qoʻshma gaplarning sodda gaplar bilan ma'nodoshligi 


Atamalar:

Ergashgan qoʻshma gap

Bosh gap

Ergash gap

Nisbiy soʻz


Ergashgan qoʻshma gap va uning turlari
Qismlari ergashtiruvchi bogʻlovchilar yoki shunday bogʻlovchi vazifasidagi soʻzlar 
yordamida bogʻlangan qoʻshma gaplar 
ergashgan qo
ʻ
shma gaplar
hisoblanadi. 
Masalan: 
Kamtar boʻl, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi. 
Chin doʻst yurakdan soʻzlar, chunki u sening yomon boʻlishingni aslo xohlamaydi. 
Ergashgan qoʻshma gaplar, tarkibida nechta gap boʻlishidan qatʼiy nazar, doimo ikki 
qismdan tashkil topadi: 1) bosh gap; 2) ergash gap
Bosh gap-mazmuni izohlanayotgan gap. 
Bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi. 


Bosh va ergash gap oʻzaro oʻrin lash ish orqali, 
maxsus fe’l shaklining qoʻllanishi orqali va 
yordamchi soʻzlar orqali munosabatga 
kirishadi. 
Bosh va ergash gaplar : 1) oʻz funksiyalari;
2) konkret mazmuni;
3) bogʻlanish usuli;
4) leksik sostavi orqali belgilanadi. 


Ergashgan qoʻshma gaplar tuzilishiga koʻra
soʻz birikmalariga oʻxshaydi. Soʻz birikmasi
tarkibidagi soʻzlar ham nechta boʻlishidan
qatʼiy nazar, doimo ikki qismdan: hokim va
tobe soʻzdan tashkil topadi. Masalan: Inson
qanchalik kamtar boʻlsa, u shunchalik
maqtovga loyiq direktori.


Ergash gapni bosh gapga bogʻlovchi vositalar:

Ergashtiruvchi bogʻlovchilar

Koʻmakchili qurilmalar

-ki yuklamasi

Nisbiy soʻzlar

Deb soʻzi


Ergashtiruvchi bogʻlovchili ergashgan 
qoʻshma gaplar bosh gapga quyidagi 
bogʻlovchilar yordamida bogʻlanadi:
• Sabab bogʻlovchilari: chunki, negaki
• Maqsad bogʻlovchilari: toki
• Shart bogʻlovchilari: agar, agarda, 
basharti, mabodo


Sabab , maqsad bogʻlovchilari ergash gap boshida 
qoʻllanadi va ergash gap bosh gapdan soʻng keladi. Bunday 
vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan 
ajratiladi. 
Masalan: Hamisha toʻgʻrilar yonida boʻlinglar, chunki
ular sizni hech qachon yomon yoʻlga boshlamaydi


Shart bogʻlovchilari gap boshida keladi. Ergash gap kesimi 
shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday ergash 
gaplar bosh gapdan oldin keladi. Koʻpincha shart 
bogʻlovchilari qoʻllanmasa ham, shart mayli shakli qoʻshma 
gap qismlarini bogʻlayveradi. Masalan: 
Mabodo
men chiqol-
may qolsam, qoʻni-qoʻshnilarga oʻzing bosh boʻlib, borib 
kelaveringlar.
Kishida odob boʻl
sa
, ilm ham boʻlishi lozim. 


Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini 
bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu 
sababli, shu tufayli singari koʻmakchili qurilmalar 
vositasida bogʻlanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling