Etil bromid sintezi
Download 182.14 Kb.
|
portal.guldu.uz-ETIL BROMID SINTEZI
- Bu sahifa navigatsiya:
- GULISTОN- 2015 Laboratoratori ishi № 25 ETIL BROMID SINTEZI Ishning maqsadi
- Kerakli asbob va reaktivlar
- FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR
O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O`RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI GULISTОN DАVLАT UNIVЕRSITЕTIОRGАNIK KIMYO fаnidan Labarotoriya ishi № 25 ETIL BROMID SINTEZI laboratoriya ishi uchun uslubiy qo`llanma GULISTОN- 2015 Laboratoratori ishi № 25 ETIL BROMID SINTEZI Ishning maqsadi: Laboratoriya sharoitida etil bromid sintez qilish Identiv o’quv maqsadi: 1. Talaba etil bromid sintezi reaksiyalarini tushunib bajaradi. 2. Talaba mustaqil holda laboratoriyada etil bromid sintezini amalga oshira oladi. Kerakli asbob va reaktivlar: 30 ml etil spirt, 25 gr kaliy bromid, sulfat kislota, qum hammomi, termometr. Ishni bajarilish tartibi: Sig`imi 250 ml bo`lgan tubi yumaloq kolbaga 30 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi va unga tezlik bilan aralashtirib turib 30 ml etil spirt qo`shiladi. Aralashma xona temperaturasigacha sovitiladi va ehtiyotlik bilan unga 20 ml muzli suv (tashqaridan doimo kolbani sovitib turgan holda), keyin 25 gr maydalangan kaliy bromid qo`shiladi. Reaksion aralashmali kolba egik shisha nay yordamida yaxshi ishlaydigan, alonj o`rnatilgan sovitgichga ulanadi. Alonjning uchi yig`gich kobadagi muzli suvning ichiga 1-1.5 sm tushiriladi. Yig`gich-kolba esa muzli hammomda sovitib turiladi. Reaksion aralashma qum yoki havo hammomida yig`gich kolba tubiga yog`simon modda yig`ila boshlanguncha kuchli alangada qizdiriladi. Agar kolbadagi reaksion aralashma ko`piklashsa, qizdirish qisqa vaqtga sekinlashtiriladi. Haydash jarayonida yig`gich-kolbadagi suv alonjga ko`tarilishi mumkin. U vaqtda alonjning uchi bir oz suyuqlikka tegib turadigan yoki alonjni bir tomonga bursa bo`ladigan qilib yig`gich-kolba bir oz pastga tushiriladi. Ushbu laboraroriya ishi quyidagi 30-rasmda tasvirlangan qurilma yordamida amalga oshiriladi 30-rasm. Etil bromid sintez qilish qurilmasi 1-qum hammomi; 2-tubi yumaloq kolba; 3-sovutgich; 4-alonj; 5-yig`gich kolba; 6-muzli hammom. Reaksiya tamom bo`lgandan keyin yig`gich-kolbadagi modda ajratgich voronkaga quyiladi va etil bromid (pastki qavat) 100 ml hajmli konussimon kolbaga ajratib olinadi. Kolba muzli suv (yaxshisi tuzli qor) bilan sovitiladi va idish tubida alohida qavat hosil bo`lib ajralguncha etil bromidga ehtiyotlik bilan tomizgich voronka orqali konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Etil bromid tarkibidagi dietil efir va etanolni yo`qotish va quritish uchun unga sulfat kislota qo`shiladi, bu vaqtda etil bromide quriydi. Bu jarayonda issiqlik ajralib chiqadi. Shuning uchun oson uchuvchan etil bromidni yo`qotmaslik maqsadida etil bromidga sovitib turgan holda sulfat kislota qo`shiladi. Aralashma quruq ajratgich voronkada ajratiladi va kichik alanga bilan qizdiriladigan suv hammomida etil bromide haydaladi. Yig`gich kolba muzli suvda sovitiladi. Etil bromid 35-400C temperatura intervalida haydaladi, asosiy massa 38-390C da haydaladi. Tozalanmagan etil bromid tarkibida brom qo`shilmasi bo`lgani uchun u sariq rangli bo`ladi. Etil bromidning unumi 20 gr. Molekulyar massasi 108.97; qaynash temperaturasi 38.40C; zichligi 1.4555 Nazorat savollari. Etil bromid sintezi qanday sharoitda olib boriladi? Etil bromidning sifat reaksiyalarini o`tkazing? FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR 1. Ахмедов К.Н., Йўлдошев Ҳ.Й. Органик кимё усуллари. Т.: Университет». 1998, 2003й 1 ва2-қисм. 2. Sobirov Z. Organik kimyo. T.: Aloqachi. 2005 y. 396 b 3.Голодников Г.В. Практические работы по органическому синтезу Издат.ЛГУ.Ленинград.1966. 4.О.С.Содиқов, А.Каримжонов Органик химиядан практикум Т.:“Ўқитувчи”.1973. 5.Ю.К.Юрьев “Практические работы по органической химии” Издат. МГУ. М.:1964. 6.С.И.Искандаров, А.А.Абдусаматов,Р.А.Шоймардонов Органик кимё Т. “Ўқитувчи”1979. 7.Органик синтездан практикум рус тилидаги нашридан С.Ю.Шомаҳмудова, Т.Х.Холдорова таржимаси Т.:“Ўқитувчи”.1979. Download 182.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling