F. Shubert ijodi. F. Shubert yaratgan asarlar


Download 0.67 Mb.
Sana05.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1427123
Bog'liq
F.Shubert


FRANTS SHUBERT
HAYOTI VA IJODI
1797-1828
  • F.Shubert musiqa san'atidagi romantizm oqimining ilk namoyondalaridan biri.
  • F.Shubert ijodi.
  • F.Shubert yaratgan asarlar.
  • Musiqa tinglash.
  • Tayanch so’zlar.
  • Uyga vazifa.

Reja :
Buyuk avstriyalik kompozitor Franc Shubert Betxovenning zamondoshi edi. U bor yo’g’i o’ttiz bir yil umr ko’rdi va ijodiy faoliyati gullab yashnagan paytda vafot etdi. Hayotidagi doimiy muvaffaqiyatsizliklar, muhtojlik va nochorlik kompozitorni jismonan va ruhan holdan toydirdi va bevaqt vafotiga sabab bo’ldi. Shubert yaratgan to’qqizta simfoniyaning birortasi ham kompozitor hayotligida ijro etilmadi. Operalari ham sahna yuzini ko’rmadi. Olti yuzdan ortiq qo’shig’idan faqat ikki yuztasi, yigirmadan ortiq sonatasidan faqat ikkitasi nashr etildi. Agar kompozitorlar R.Shuman va I.Brams kabi Shubert musiqasining qadriga etuvchi jonkuyar kishilarning sa’i-harakati va izlab topish borasidagi ulkan mehnati bo’lmaganda Shubertning juda ko’p asarlari izsiz yo’qolib ketardi.
Shubert musiqa san’atidagi romantizmning ilk namoyandalaridan biri edi. U butun iste’dodini «kichkina inson» ning boy ichki dunyosini ko’rsatish, eng nozik his-tuyg’ularini tarannum etishga sarfladi. Doimiy turmush qiyinchiliklari, omadsizlik, muhtojlik uni tinimsiz ijoddan chalg’ita olmadi. «Men har kuni ertalab musiqa yozaman. Bir asarni tugatishim bilan darrov boshqasini boshlayman», - der edi kompozitor. U asarlarini juda tez fursatda yozib tugatar, musiqiy fikrlari uzluksiz ravishda tug’ilganidan qog’ozga tushirishga arang ulgurar edi. Agar nota qog’ozi tugagan bo’lsa turli qog’oz parchalariga yozar edi. Agar asar sifat jihatdan mukammal holatga kelmasa, kompozitor uning ustida to qoniqish hosil qilmaguncha ishlardi. Ba’zi she’rlarga Shubert ettitadan qo’shiq variantlarini yozgani ma’lum. Shubert mavjud barcha janrlarda juda ko’p ajoyib asarlar yozdi. Vokal va fortepiano miniatyuralaridan tortib yirik simfoniyalargacha – hamma janrlarda o’zining yangi, o’ziga xos va betakror uslubini namoyish qildi
Shubert yaratgan asosiy asardar quyidagilardir:
600 dan ortiq qo’shiqlar, 9 ta simfoniya, 4 ta opera , 4 ta zingshpil, 22 ta torli kvartet, «Forel» nomli kvintet, fortepiano uchun 22 ta sonata, ekspromtlar, musiqiy lahzalar, xor va vokal ansambl uchun 100 dan ortiq asarlar.
Tayanch iboralar. 1. Zingshpil - nemischa so’z, «zing» - kuylamoq, «shpil» - o’ynamoq. Nemis kulgili operasining bir turi. Unda musiqiy nomerlar orasida so’zlashuv dialoglari ham bo’lar edi. 2. Musiqiy lahza - fortepiano uchun yoziladigan kichik pesa (miniatyura). Birinchi marta Shubert ijodida paydo bo’ldi (6 ta musiqiy lahza). 3. Miniatyura - fortepiano, ovoz yoki boshqa soz uchun yoziladigan kichik musiqiy asar. 4. Ekspromt - lotincha so’z, «tayyor» degan ma’noni bildiradi. Badiha uslubida yoziladigan fortepiano asari.
Uyga vazifa:
  • Ma’ruza matni asosida konspekt yozing.
  • Mustaqil ravishda F.Shubertning hayotiy va ijodiy yo’lini topib o’qing.
  • Tayanch iboralar yodlang.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling