fahmiy (empirik, amaliy, tajribaviy) bilish


Download 24 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi24 Kb.

1 -topshiriq.Ilmiy bilish – maxsus metodologiya va usullar asosida borliq haqida bilim hosil qilish. Olimlar tomonidan tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi murakkab va rang-barang hodisalar mohiyatini, rivojlanish qonunlarini ilmiy o‘rganishning aniq usullari ishlab chiqilgan, ular ilmiy tadqiqotlarning yo‘nalishi va xususiyatlarini ifodalaydi. 2-topshiriq.Falsafada ilmiy bilishning navbatma-navbat takrorlanib turuvchi ikki turi farqlanadi:

a) fahmiy (empirik, amaliy, tajribaviy) bilish;

b) nazariy (idrokiy, mantiqiy, aqliy) bilish.

Birinchi bosqichda o‘rganilayotgan manbaning tarkibiy qismlari, belgi-xususiyatlarini aniqlash, saralash, tartiblash va tasvirlash amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor o‘rganish manbaining sezgi a’zolari bilan anglanuvchi tashqi, zohiriy xususiyatlarini aniqlashga qaratiladi. Aslida bu hali tom ma’nodagi ilmiy bilish emas, lekin ilmiy o‘rganishning zaruriy, tarkibiy qismi, bosqichi hisoblanadi.Nazariy bilish empirik, ya’ni fahmiy bilishsiz amalga oshmaydi. Empirik bilish jarayonida to‘plangan faktik material nazariy bilish jarayonida aqliy tafakkur yo‘li bilan umumlashtirilib, ularning mohiyati ochiladi. 3-topshiriq. Orif ko‘zi ojizlarning fil haqidagi tasavvurlarini “bog‘lab”, umumlashtirib, ularning qarashlari asosida, bizning talqinimizcha, nazariy tafakkur yo‘li bilan fil haqida idrokiy bilim hosil qiladi. Shu tariqa Navoiy empirik va nazariy bilish hamda bilimni, empirik va nazariyotchi biluvchi (olim) ni farqlaydi, shu bilan birga ikkinchisi birinchisining mehnatlarisiz ish ko‘ra olmasligini uqtiradi. Bunday holat barcha fanlarda mavjud.



4-topshiriq.Manbani o‘rganishning har ikki bosqichi ham birday muhim, ikkinchisini birinchisisiz, birinchisini ikkinchisisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularni bir-biridan uzish, qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas. Bilishning ikki zaruriy bosqichi ham cheklangan. Ya’ni empirik bilim nazariy xulosalar uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Nazariy bilim empirik dalillarsiz asossizdir. Shuning uchun Nemis shoiri Hyote “Nazariya quruq yog‘ochdir” deya nazariy bilimning empirik dalillardan uzilganligiga e’tiborni tortadi.Nazariy o‘rganish jarayonida til hodisalarida zohiriy (nutqiy) va botiniy (lisoniy) jihat izchil farqlanadi. Har bir birlik yondoshlari bilan o‘zaro munosabatda o‘rganiladi, ular bir sistema sifatida qaraladi. Masalan, yuqoridagi misollarning birinchisida (Gulnoraning kitobi) qaratqich kelishigining “qarashlilik”, ikkinchisida (Gulnoraning opasi) “mansublik” nutqiy (xususiy) ma’nolari voqelangan. Biroq qaratqich kelishigi shaklining barcha qo‘llanishi uchun umumiy jihat – “oldingi so‘zni keyingi so‘zga tobelash” ma’nosi bevosita sezgi a’zolari yordamida anglashilmaydi, balki ong bilan idrok etiladi, shuning uchun u lisoniy ahamiyatga ega. Bu umumiylik yuqoridagi misollarda “Gulnora so‘zining opa so‘ziga qaratuvchilik munosabatini ifodalashi”, “Gulnora so‘zining kitob so‘ziga qaratuvchilikmunosabatinifodalashi” tarzida bevosita kuzatishga chiqqan, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan qiymat kasb etib, xususiylashgan.Empirik yondashuvda har bir birlik alohida-alohida tekshiriladi. Masalan, a unlisini boshqa unlisiz, biror zamon yoki kelishik shakli esa boshqasidan ajratib, uzib o‘rganiladi. Nazariy o‘rganish bosqichida esa ular o‘z sistemadoshi (o‘zi bilan bir sistemaga kiruvchi) bilan yaxlitlikda tahlil etiladi. Har bir birlik, deylik, biror unlining, boshqa sistemadoshi, ya’ni boshqa unli bilan o‘zaro munosabatida namoyon bo‘ladigan belgisi nazariyotchi tishunos uchun belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Bitta unlini ajratib olib o‘rganish empirik o‘rganish deyiladi. Бир unlini boshqa unlilar qurshovida o‘rganish nazariy o‘rganish, sistem yondashuv deb ataladi. Nazariy tilshunoslik har qanday birlikning mohiyati uning boshqa sistemadoshlariga munosabatini chuqur tahlil qilish bilan ochiladi, degan metodologiyaga tayanadi. Masalan, o unlisining mohiyati uning boshqa unlilar bilan o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash asosida ochiladi. Biror til birligining boshqa til birligiga o‘xshash va farqli jihatlari bo‘ladi. Bu munosabat deyiladi. Masalan, bir unlining boshqa unlilarga o‘xshashi va ulardan farqlanishi munosabat termini bilan baholanadi. Yoki bosh kelishik shaklining boshqa kelishiklarga o‘xshashligi va farqlanishi “bosh kelishikning boshqa kelishiklarga munosabati” deb tushuntiriladi. Munosabatlardan uzib baholangan narsa haqidagi bilimlar mavhum ва ziddiyatli bo‘ladi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling