Fakultet nomi : Qishloq xo’jalik maxsulotlarni saqlash va qayta ishlash


Download 384.93 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2023
Hajmi384.93 Kb.
#1259365
  1   2   3
Bog'liq
Organik kislotaral, alkaloidlar, glikozidlar


Toshkent davlat agrar universiteti

Fakultet nomi : Qishloq xo’jalik maxsulotlarni saqlash va qayta ishlash
2-35 guruh talabasining tayyorlagan
Fan nomi : O’simliklar biokimyosi


Mavzu : Organik kislotaral, alkaloidlar, glikozidlar.

Bajardi : Suvonov Xayitali






1-ORGANIK KISLOTALAR
Organik kislotalar o‘simliklar tarkibida uchraydigan boshqa muhim birikmalar — uglevodlar va oqsillar kabi juda keng tarqalgan moddalar hisoblanadi. Ular o‘simliklarning hamma qismida: urug‘i, bargi, ildizlarida, gulida va mevalarida uchraydi. Nordon mevalar tarkibida organik kislotalar erkin holda va qisman nordon tuzlar sifatida uchraydi. Ba’zi o‘simliklar bargida, masalan, rovoch, otquloqning barglarida va poyasida erkin organik kislotalar yoki ularning nordon tuzlari ko‘p to‘planadi. Usimliklarning turli qismlarida uchraydigan organik kislotalar miqdori bir xil emas. Urug‘da ular 0,5% ga yaqin bo‘lsa, barg va mevalarda 8 — 12% ni tashkil qiladi. Ular ayniqsa loviya doni, tamaki bargi, limon mevasi tarkibida ko‘p to‘pyaanadi. Organik kislotalar o‘simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ular uglevodorodlar, yog‘lar va oqsillarning oksidlanish reaksiyalarida srglnq Lipshgmyalyap sifatida ishtirok etadi. SHu bilan birga, organik kislotalar, aminokislotalar, alkoloidlar va boshqa bir qator birikmalar hosil bo‘lishida ham aktiv ishtirok etadi. Nafas olish protsessida hosil bo‘lgan organik kislotalar ammiakni biriktirib olib, aminokislotalar hosil qiladi. Moylar hosil bo‘lish reaksiyasi ham organik kislotalar bilan bog‘liq. Barcha yog‘larning 90% ga yaqini yuqori molekulyar yog‘ kislotalardan iborat. SHunday qilib, uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvi organik kislotalar orqali amalga oshadi va o‘earo bog‘lanib turadi. Muhim biologik pigmentlar — gemoglobin va xlorofill sintez qilinishida organik kislotalar aktiv ishtirok etadi. Ko‘pgina fiziologik aktiv moddalar: S vitamin, tabiiy o‘stiruvchi moddalar — auksinlar, gibberellinlar ham organik kislotalarga kiradi. Organik kislotalar nafae olish protsessida o‘simliklarning barcha qismida hosil bo‘ladi. Usimliklarning yashil barglarida fotosintez protsessida ham ba’zi organik kislotalar hosil bo‘lishi keyingi yillarda olib borilgan tek-, shirishlarda aniqlangan. SHunday qilib, organik kislotalar hatsiqatda ham usimliklar olamida juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan birikmalar hisoblanadi. Alifatik organik kislotalar Usimliklar tarkibida uchraydigan organik kislotalar xlmiyaviy tuzilishiga va xossalariga ko‘ra har xil bo‘ladi. Bulardan alifatik, ya’ni halqasiz organik kislotalar eng kup tarqalgan va har tomonlama yaxshi o‘rganilgan. Krebsssiklidagi organik kislotalardan olma va limon kislotalar o‘simliklar olamida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ular har vaqt birgalikda uchraydi. Tarkibida bunday kislotalar tutmaydigan biror o‘simlik bo‘lmasa kerak. Usimliklar tarkibida uchraydigan kislotalarning asosiy qismi ham ana shu ikkala kislotaga to‘g‘ri keladi. Krebsssiklidagi suksinat, fumarat, akonit va boshqa kislotalar birmuncha kam bo‘ladi.' Piruvat, ketoglutarat, oksaloatsetat kabi ketokislotalar myotabolik jihatdan aktiv bo‘lganligi sababli juda kam mmqdorda uchraydi. Quyida o‘simliklar olamida ko‘p tarqalgan v.a muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ba’zi organik kislotalar bilan tanishamiz. Bu kislotalar ximiyaviy tuzilishiga ko‘ra bir asosli, ikki asosli va uch asosli kislotalarga bo‘linadi. Har bir gruppa ichida alьdo va ketokislotalar bor. Bir asosli kislotalar. Bu gruppaga formiat (chumoli)* atsetat (sirka), propionat, butirat, izomoy va izovalerianat 1 kislotalar kiradi:

F o r m i a t k i s l o t a har xil mevalarda, ninabargdi daraxtlar bargida va qichitqitikanda topilgan.
Ass e t a t k i s l o t a deyarli barcha usimliklarda uchraydi. Soldatenkov ma’lumotiga ko‘ra, boshoqli usimliklar doni tar kibidagi organik kislotalarning 75% ni atsetat kislota tashkil etar ekan. Usimliklardagi uchuvchan kislotalarning asosiy qismi ana shu kislotaga to‘g‘ri keladi. Bu kislota moddalar almashinuvi protsessida muhim ahamiyatga ega va piruvat kislotaning dekarboksillanishi va yog‘larning r-oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi.
M oy k i s l o t a ko‘p o‘simliklar tarkibida erkin yoki birikkan holda uchraydi. Erkin moy kislota qo‘lansa hidli buladi. U, asosan, moy hosil qiluvchi achish protsessida hosil bo‘ladi. Bir asosli kislotalarga tarkibida gidroksil va karbonil gruppa tutuvchi glioksilat, glikolat va laktat (sut) kislotala\r ham kiradi.

G l i o k s i l a t o‘simliklarda keng tarqalgan oddiy alьdokislota bo‘lib, ko‘pchilik moddalarnnng sintezlanishida aktiv ishtirok etadi.
G l i k o l a t yoki o k s i ass e t a t k i s l o ­ ta ko‘pchilik o‘simliklarda, masalan, g‘o‘ra uzumda va shakarsamish barglarida ko‘p uchraydi. Glikolat kislota fotosintez protsessida hosil bo‘lishi aniqlangan. Ma’lum sharoitda o‘zlashtirilgan karbonat angidridning 90% ga yaqinssismi glikolatga aylanishi aniqlangan. Glikolat kislota bilan glioksilat kislota o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-biriga aylanib turadi. Tamaki o‘simligining barglaridan glioksilat kislotani glikolat kislotagacha qaytaruvchi ferment kristall holda ajratib olingan. Glikolat kislotani glioksilat kislotagacha oksidlovchi ferment ham o‘simliklardan topilgan. P. A. Kolesnikov bu kislotalarning o‘zaro munosabatini quyidagicha
ifodalashni taklif qilgan:

Usimliklarda bundayssiklning mavjudligi organik kislotalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega.
Glioksilat kislota atsetat kislota bilan reaksiyaga kirishib, malat kislota hosil qiladi:

P i r u v a t k i s l o t a yuqori metabolik aktivlikka ega bulgan kislota xisoblanadn. SHu sababli usimliklar tarkibida juda ham kam uchraydi. Piruvat kislota moddalar almashinuvining oraliq mahsuli bo‘lib, uglevodlarning parchalanishidan hosil buladi.
L a k t a t k i s l o t a bir qator o‘simliklardan topilgan bo‘lib, ayniqsa, malina barglarida ko‘p to‘planishi aniqlangan. Bu kislota o‘simliklarning anaerob nafas olish protsessida hosil bo‘ladi. Ikki asosli kislotalar. Usimliklarda ko‘p tarqalgan ikki asosli organik kislotalarga oksalat, malonat, malat, suksinat, fumarat, tartarat kislotalar kiradi:

O k s a l a t k i s l o t a eng oddiy dikarbon kislota bo‘lib, o‘simliklarda, oz miqdorda bo‘lsa-da, ko‘p tarqalgan. Bu kislota ba’zi o‘simliklarda, masalan, otquloq, ismaloqda 1 0 — 16% gacha to‘planadi. Odatda, oksalat kislota ko‘pincha kam eriydigan kalьsiyli tuz sifatida uchraydi. Usimliklarning ba’zi organlarida oksalat kislota kristall holda to‘planadi va ular quruq moddasining anchagina qismini, ba’zi sersuv, seret o‘simliklarda (masalan, sukkulentlarda) 50% ga yaqinini tashkil qiladi. Ismaloq tarkibida bu kislotalar ko‘p miqdorda bo‘lishiga qaramay, uning shirasi neytral muhitga zqin bo‘lgan reaksiyani beradi, Bu esa kislotalarning ko‘p qismi neytral tuzlar shaklida ekanligidan dalolat beradi. Boshqa hollarda oksalat kislota erkin holda uchrab, o‘simliklar shirasini kislotali qilib yuboradi. Masalan, begoniya o‘simligidan olingan shiraning rN-2 ga teng.
M a l o n a t k i s l o t a dukkakli o‘simliklar tarkibida kup uchraydi. Lovmya o‘simligining poyasida bu kislota miqdor jihatdan asosiy kislota hisoblanadi. Oz miqdorda boshqa usimliklarda ham topilgan. Agar loviyaning poyasida malonat kislota bir tekis tarqalganda edi, hosil bulgan eritmadagi malonatning konsentratsiyasi 0,2 M ga teng bular edi. Bu, o‘e
navbatida, to‘qima va hujayralarda sodir bo‘ladigan oksidlanish protsesslarining aktivligini paoaytirib yuborar edi. CHunki malonat kislota oksidlanish protsesslarining muhim fermenti hisoblangan suksinatdegidrogenazaning ingibitorы xisoblanadn.
S u kss i n a t k i s l o t a ko‘pchilik o‘simliklarda, masalan, smorodina, olcha, gilos va boshqa danakli mevalar g‘o‘rasidan topilgan. Oz miqdorda spirtli achish protsessida ham hosil bo‘ladi. Piyozda, uning barglarida suksinat kislota boshqa kislotalarga nisbatan ko‘proq uchrashi aniqlangan,
M a l a t k i s l o t a usimliklar olamida eng ko‘p tarqalgan kislota bo‘lib,

S i t r a t k i s l o t a xuddi malat kislota kabi usimliklarda ko‘p tarqalgan bo‘lib,ssitrus o‘simliklar mevasi tarkibidagi kislotalarning asosiy qismini tashkil etadi. Limon tarkibidagi quruq moddaning 9%ssitrat kislotaga to‘g‘ri keladi. Akademik O. S. Sodiqov ma’lumotiga ko‘ra, g‘o‘za barglarida limon kislota birmuncha ko‘p bo‘lib, undan sanoat miqyosida limon kislota tayyorlash mumkin ekan.
I z oss i t r a t k i s l o t a ko‘proq sersuv o‘simliklarda uchraydi. Maymunjon mevalari tarkibidagi organik kislotalarning 50% dan ortig‘ini izotsitrat kislota tashkil qiladi. Bu kislota uglevodlar va organik kislotalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega bulgan oraliq modda hisoblanadi.
A k o n i t k i s l o t a shaqarqamish tarkibida uchraydigan asosiy organik kislotadir. Makkajo‘xori, bug‘doy va arpaning yosh maysalarida boshqa kislotalarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Tabiatda bu kislotaningssis-izomeri ko‘p tarqalgan bo‘lib, akonit kislota almashinuvida ishtirok etuvchi akonitaza fermenti ham shu izomerga moslashgan. Usimliklarda akonit kislota avval trans-shaklda hosil bo‘lib, keyinchalikssis-shaklga aylanadi, deb taxmin qilinadi. CHunki tabiiy holda transshakldagi akonit kislota ko‘proq uchraydi. Usimliklar tarkibida yusorida tanishilgan alifatik organik kislotalardan tashqari, yana bir qator kamdan-kam uchraydigan kislotalar: uron kislotalar, aromatik kislotalar ham uchraydi.


Download 384.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling