Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun


Download 16.2 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi16.2 Kb.
#1242833
TuriReferat
Bog'liq
Taqriz-5


02.00.08-Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Tilloyev Lochin Ismatilloyevichning «Surkov materiallari quyuqlashtiruvchisini olish orqali chiqindi «Sariq moy»ni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida tayyorlangan dissertatsiya ishi avtoreferatiga
TAQRIZ
Bugungi kunda dunyoda neft va gaz, kimyo sanoati sohalarini kengaytirish maqsadida uglevodorod xomashyolariga bo‘lgan talabning yuqori darajada o‘sishi kuzatilmoqda. Sanoatning mazkur sohalarini yanada rivojlantirish maqsadida tabiiy uglevodorod xomashyo resusrlarini chuqur qayta ishlash bilan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning sifatini yaxshilash, sanoat tarmoqlarida hosil bo‘ladigan uglevodorodli chiqindilarni qayta ishlash, qayta ishlab olingan mahsulotlardan unumli foydalanishga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Mazkur talablarni qondirish uchun uglevodorodli chiqindilarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahonda uglevodorodli chiqindilarni hosil bo‘lishidan butkul voz kechish borasida rivojlangan mamlakatlarda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda, Hususan, Germaniya 2045 yilga borib uglevodorodli chiqindilar chiqishini nolga tushirish, Kanada esa 2050 yilgacha uglevodorodli chiqindilarni hosil bo’lishini butkul to’xtatishni maqsad qilib qo’ygan. Shunga ko‘ra, uglevodorodli xom ashyolarni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chiqindilarni fizik-kimyoviy jarayonlar orqali qayta ishlash texnologiyalarini yaratishga, sanoat ehtiyojlari uchun tayyor va yarim tayyor mahsulotlar olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida “Davrimizning o‘tkir muammolaridan biri – global iqlim o‘zgarishlaridir. Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta’sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o‘zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug‘dirmoqda”, – degan edi. Bunday global iqlim o‘zgarishlarini oldini olish choralaridan biri bu ishlab chiqarish texnologik tizimlarida hosil bo‘ladigan uglevodorodli chiqindilarni ko‘mib yubormasdan qayta ishlash muammolarini yechish va bu boradagi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bilan chiqindilardan keladigan zararli oqibatlarni oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu dissertatsiya ishining maqsadi yuqorida keltirilgan dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan.
Dissertatsiya ishida keltirilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi, ilmiy va amaliy ahamiyati va xulosalarning aniqligini hamda ishonchligini qayt etgan holda, ko‘rilgan ishda zamonaviy tadqiqot va tahlil usullaridan foydalanilgan, yuqori ilmiy tadqiqot ishi sifatida baholash mumkin.
Tilloyev Lochin Ismatilloyevich tomonidan «Surkov materiallari quyuqlashtiruvchisini olish orqali chiqindi «Sariq moy»ni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida bajarilgan dissertatsiya ishi avtorefiratini kamchiliklarsiz ijobiy deb baholayman.
Dissertatsiya avtoreferatining mazmuni, hajmi, uning rasmiylashtirilishi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablarga javob beradi va doktorant Tilloyev Lochin Ismatilloyevichning «Surkov materiallari quyuqlashtiruvchisini olish orqali chiqindi «Sariq moy»ni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida 02.00.08-Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Buxoro muhandislik - texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli Ilmiy kengashida himoya qilishga tavsiya etaman.
Download 16.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling