Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G’arb falsafasi tayyorladi: 208-guruh talabasi Yuldasheva Parizoda


Download 0.73 Mb.
bet1/2
Sana30.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#178188
  1   2
Bog'liq
FALSAFA 3-mavzu

FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G’ARB FALSAFASI

Tayyorladi: 208-guruh talabasi Yuldasheva Parizoda

REJA:

  • Antik davr Yunon va Rim falsafasi
  • O‘rta asr G‘arb falsafasi. 
  • Uyg‘onish  va yangi davr falsafasi.
  • XVII asr G‘arbiy Yevropa falsafasi. (Frensis Bekon, Tomas Gobbs, Rene Dekart, Spinoza, Jon Lokk)
  • XX – XXI asr  falsafasining oqimlari va ular ijodida fan falsafasining rivoji

Qadimgi Yunon –Rim falsafiy maktabi falsafa tarixida antik falsafa nomi bilan ataladi.

Mil. av. VI va milodiy VI asrlar oralig‘idagi davrni o‘z ichiga qamrab oluvchi antik davr falsafasi qadimgi Yunon va Rim xalqlari donishmandligi mahsuli sanaladi. G‘arb falsafiy tafakkur taraqqiyotining keyingi bosqichlarida vujudga kelgan deyarli barcha maktablar, tasavvurlar kategoriya va muammolar uchun  ilk g‘oyaviy ildiz vazifasini o‘tagan antik falsafa jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Qadim zamonlardan to bugungi kunga qadar G‘arb falsafasi, fani va madaniyati o‘z tamaddunining beshigi, tafakkur tarzining manbai sifatida qayta-qayta murojaat qilib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, falsafa atamasining o‘zi ham ayni davr tafakkurining mahsuli hisoblanadi. Faylasuf haqiqatni sevguvchi, hamisha uni izlaguvchi insondir.

Shu ma’noda olamni yaxlitligicha  anglash, borliqning bosh sababini aniqlash faylasufning asosiy vazifasi hisoblangan. San’at va dindan farqli ravishda falsafa olamning yaxlitligi va uning bosh ibtidosini fantaziya va afsonalardan xoli tarzda, ratsional dalillarga asoslangan holda tushuntirib berishi lozim bo‘lgan. Bu esa insonning ruhiy erkinlikka olib keladi deb hisoblangan. SHu ma’noda falsafaga nafaqat shunchaki haqiqatni izlash yo‘li, balki alohida hayot tarzi- inson ruhiy mavjudligining sharti deb ham qaralgan.

Antik falsafaning ibtidosi Miletlik Fales(Mil. av. 625-547 yillar) qarashlarining shakllanishi bilan bog‘lanadi. Uning xronologik yakuni esa, Rim imperatori Yustinian “Afinadagi falsafiy maktablarni yopish to‘g‘risida” kredet chiqargan Milodiy 529 yil sanasi bilan belgilanadi. G‘oyaviy mazmuni va xarakteri, ayniqsa falsafiy mushohada yuritish usuliga ko‘ra qadimgi Sharq falsafiy ta’limotlaridan farq qiluvchi antik falsafada insoniyat tarixidagi  olamni ratsional tushunishga bo‘lgan ilk urinishlar kuzatildi. U yaratgan tafakkur uslubi keyinchalik vujudga kelgan ilg‘or sivilizatsiyalar uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Antik falsafa taraqqiyotini shartli to‘rt bosqichga ajratib o‘rganiladi:  1) Yunon falsafasi shakllana boshlagan ilk davrlardan Mil. Avv. IV  asrgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga qamrab oluvchi “suqrotgacha bo‘lgan davr”; 2) Mil. Avv. V asrdan mil.Avv.IV asrning o‘rtalarigacha davom etgan “mumtoz davr” bu davrda Suqrot, Aflotun, Arastularning ijodi vujudga kelib, keng tarqaldi; 3) Mil. Avv. IV asr oxirlari va Mil. Avv. II asr oralig‘ida rivoj topgan ta’limotlarga nisbatan Ellin falsafasi atamasi qo‘llaniladi; 4) Mil. Avv. II asr oralig‘ida taraqqiy topgan antik donishmandlik  Rim davri deb ataladi. Antik falsafa bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

1.Antik falsafa asosida ob’ektivizm tamoyili yotadi. Aniqrog‘i, sub’ekt ob’ektdan alohida ajratilib, undan yuqori qo‘yilmaydi. 2. Antik falsafani moddiy-hissiy kosmologizm sifatida tavsiflash mumkin. Antik falsafaning ontologik g‘oyalari O‘rta asrlardagi singari mutloq shaxsga emas, hissiy kosmosga tayanadi. 3. Antik falsafa panteistik xususiyatga ega bo‘lib, unda xudo va tabiat aynanlashtiriladi. Unga ko‘ra, kosmos mutloq ilohiylik hisoblanadi. 

4. Kosmos zarurat bilan shartlangan. Insonga nisbatan qo‘llanilganda mazkur zarurat taqdir ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.ammo, Yunon falsafasiga ko‘ra insonlar birgina tabiat qonunlariga bo‘ysunib emas, balki aqliy mushohadaga asoslanib ham yashashlari lozim. Yunonlar xudolar o‘rnatgan qonunlarni ham tan olgan holda aqlga tayanib yashash g‘oyasini ilgari surganlar. 5. Inson kashfiyotlarining eng muhimlaridan biri qonun hisoblanadi. Yunon falsafasida ta’kidlanishicha, qonun ustuvorligi o‘rnatilgan shahar davlat-polis  hisoblanadi. Yunon polislaridagi turli xalq yig‘inlari va sudlarda notiqlar tomonidan qo‘llanilgan dalillash hamda xulosa chiqarish usullari kishilarning aql kuchiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirdi.

Ba’zida “Uyg‘onish davri” atamasi keng ma’noda uzoq muddat davom etgan ma’naviy va ijodiy turg‘unlikning o‘rniga keluvchi tez, intensiv madaniy rivojlanish ma’nosida tushuniladi. VIII-IX asrlardagi Karolinglar Renessansi, Evropada shaharlar taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda ro‘y bergan XII asr Renessansi, shuningdek, gruzin, eron, arman, arab, hind, xitoy Renessansi haqida so‘z borganda atama ayni keng ma’nosida qo‘llaniladi deyish mumkin. Tor ma’noda esa XIV asrda SHimoliy Italiyada boshlanib, XVI asrda G‘arbiy Evropaning kattagina qismiga yoyilgan hamda Antik madaniyat ideallari va qadriyatlarining qayta “uyg‘onishi”, qayta qadr topishi bilan tavsiflanuvchi davr tushuniladi. “Uyg‘onish davri” atamasi xuddi “O‘rta asrlar” kategoriyasi singari nafaqat xronologik, balki ma’naviy mazmunga ham ega. Mazkur davrni “O‘rta asrlar”dan ham, “Yangi davr”dan ham ajratib turadigan aniq chegarani belgilash imkonini beruvchi uning o‘ziga xos jihati ko‘proq ma’naviy hayot sohasida namoyon bo‘ladi. Agar ushbu o‘ziga xoslik ko‘zdan qochirilsa, “Uyg‘onish davri”ni yo “O‘rta asrlar”, yo “Yangi davr”ning qismi sifatida olib qarash yoki bo‘lmasa, ularning o‘zaro almashinuv paytidagi nomustaqil davr o‘laroq baholashga to‘g‘ri keladi.

Buyuk geografik kashfiyotlar davri. Uyg‘onish davriga kelib, madaniy hayotda ham, sivilizatsiya rivojida ham birdek katta burilish ro‘y berdi. XIV-XVI asrlarda hayot sur’atlarining keskin oshishi, Evropa xalqlari turmush tarzining tubdan o‘zgarishi, ularning tor, mahalliy hududlar chegarasidan chiqib, butunjahon miqyosida faoliyat ko‘rsatishiga sabab bo‘lgan ulkan kashfiyotlar qilindi. Bular orasida eng muhimlari sifatida kompas, porox hamda kitob chop etishning yo‘lga qo‘yilishini ko‘rsatish mumkin.

1. Kompas. Kompasning kashf etilishi dengizchilarga katta tavakkal bilan ummon orqali o‘zlariga noma’lum o‘lkalarga ham suzib borish imkonini berdi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli dunyo hududining O‘rta asrlarda tasavvur qilingandan birmuncha kengligi ma’lum bo‘ldi, harakatsiz yulduzlar sohasi – qotib qolgan borliq haqidagi xayollar barham topdi. Insoniyat tafakkuri “Er qobig‘i”dan tashqariga chiqib, cheksizlik sari intilardi. Inson yangitdan o‘zini “dunyo fuqarosi” o‘laroq tasavvur qilib, “global dunyoqarash” sohibiga aylana boshladi.

2. Porox. Evropada poroxning kashf etilishi (u kompas cingari allaqachon Xitoyda kashf etilgan edi) bilan, uni turli vayronkor qurollar: to‘p va zambaraklar, o‘qotar qurollar yasashda qo‘llanila boshladi. Hatto Venetsiyaning zambarak va yadrodan tashkil topgan qurol-aslahalari uning harbiy qudrati ramzi va Sharq bilan o‘zaro savdo va madaniy aloqalarining tayanchi ekanligi to‘g‘risida afsona ham mavjud.

3. Kitob chop etishning yo‘lga qo‘yilishi. Evropada birinchi marta XVasrda kitob nashr etilgan. Biroq bunday kitoblar nisbatan birmuncha qimmat va kamyob bo‘lgan. Tommazo Kampanellaning g‘ururlanib: “XVII asrda o‘tgan besh ming yildagidan ko‘ra ko‘proq kitob chop etildi”, deb aytgan so‘zlarida jon bor.

Davrning asosiy yutuqlari sirasiga yuksak mahorat bilan ishlangan haykaltaroshlik, me’morchilik va tasviriy san’at namunalarining yaratilishi, Lyuterning diniy islohoti kabilar kiritiladi. Antik falsafaning yangitdan chuqur tadqiqi Uyg‘onish davrining falsafiy fikr sohasidagi ulkan xizmatlaridan sanaladi.

Dunyoqarashning yangilanishi  tabiyki turli ziddiyat va  qarama- qarshiliklarga olib keldi.  Eskicha an’analarning hukmronligidan  xalos bo‘lish ko‘p  harakat va vaqt talab qilardi.  Biroq, bunga qaramay, yangicha falsafiy yo‘nalishlarning vujudga kelishi ijtimoiy zaruratga aylandi. Yangi davr  falsafasining yirik namoyondalaridan biri  -  Frensis Bekon (1561- 1626 yillar).

Uning mashxur asarlari: “Yangi organon” (1620 y), “Falsafaga  raddiyalar” (1608 y), “Yangi Atlantida” (1620 y).   Bekon an’anaviy bilish usullarini  samarasiz ekanligini  tanqid qiladi va ularning sabablarini  inson tafakkuridagi to‘rtta  idollarda deb ko‘rsatadi, bular: “urug‘ idoli”, “g‘or idoli”, “bozor idoli”, “teatr  idoli”.   Bekon inson tafakkurini turli nufuz va bid’atlar ta’siridan  xalos qilishni ta’kidlaydi xamda bilishda tajribaga asoslangan induktiv usulni ilgari suradi.

Bu davrda Bekon empirizmiga muqobil tarzda   fransuz faylasufi Rene Dekartning (1596 - 1650 yillar),  ratsionalizmi   yuzaga keldi.

Uni haqli ravishda yangi davr Evropa falsafasining asoschilaridan biri sifatida  ko‘rsatishadi. Xuddi Bekon kabi Dekart falsafasining ham asosiy   mohiyati,  bu  -  bilimlarning xaqqoniyligi  muammosi edi.  Ammo Bekondan farqli  tarzda Dekart, tajribaga emas, bilish jarayonining o‘ziga  urg‘u berdi. 

U matematik dalillash va analez metodiga  tayangan holda   bilishning o‘ziga xos to‘rtta qoidasini ajratib ko‘rsatadi: 1) to‘la ishonch hosil qilmay turib, biror narsani haqiqat o‘rnida qabul qilmaslik; 2)  o‘rganilayotgan  muammoni talab qilingan darajada  qismlarga bo‘lib   tahlil qilish; 3)  fikrning bosqichma –bosqich tarzda  oddiydan murakkabga qarab  yo‘nalganligi; 4)  muammoni o‘rganish jarayoni  qat’iy va to‘la hisob-kitob asosida olib borilishi hamda  hech bir elementni  nazardan chetda qoldirmaslik. Dekart    barcha mavjud narsalarning, bir-biridan mustaqil  holda  moddiy va nomoddiy substansiyalardan tashkil topganligini  takidlaydi. Moddiy substansiyaning atributi ko‘lam, nomoddiy substansiyaning atributi – aql. Bu substansiyalarni o‘z  atributlari yordamida bilish mumkin. Dekartga ko‘ra moddiy tabiat  mexanik xarakterga ega, uning mohiyati   ko‘lam va harakat  orqali namoyon bo‘ladi. Shu bois har qanday moddiy jism  mexanik qonun asosida  harakatlanadi va  ruhiy ibtidoga bo‘ysunmaydi. 

Dekartning ushbu mulohazalari  o‘simlik va hayvonot olamiga  taalluqli.  Insondagi aql va jism o‘rtasidagi  bog‘liqlikning murakkabligi shundaki,  ularning har ikkisi ham  alohida mustaqil substansiya: aql bo‘linmas va ko‘lamga ega emas, jism esa,  bo‘linuvchan, ko‘lamga ega, murakkab.

Dekart falsafasining keyingi davr uchun ahamiyatli jihati, unda inson aqlining markaziy o‘ringa  ko‘tarilishidir. Yangi davrdagi keyingi falsafiy qarashlar  ratsionalizm va empirizmning o‘ziga xos sintezi vujudga kelgunga qadar, ushbu  ikki maktabning  o‘zaro qarshi kurashi sifatida  namoyon bo‘ldi  umuman olganda ratsionalizm ham, empirizm ham   o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘rta asrlar Evropa madaniy hayotiga singib ketgan an’analarga qarshi  kurashish natijasi o‘laroq  yuzaga keldi. Har ikkala maktab ham,  insonning aql imkoniyatlarini baholash  muammolariga echim izlashni,  tom ma’nodagi ilm ma’rifatni yuzaga chiqarishni maqsad  qildi.  Faylasuflar nafaqat tabiatshunoslik fanlariga diqqat qaratdi,  endilikda  yangi davr Evropa kishisining  ijtimoiy-siyosiy xuquqiy  o‘rni haqida ham yangicha qarashlar shakilandi.

Benedikt (Barux) Spinoza (1632-1677 yillar)  Niderlandiyalik faylasuf.  Spinoza o‘z qarashlarini  Dekart ratsionalizmning davomchisi sifatida ko‘rsatadi. Uning eng yirik asarlaridan biri “Etika” matematik dalilash metodi   asosida  yozilgan.  “Etika”ning har bir qismi  keltirilgan aksiomalarni ta’riflash va teoremalarni isbotlash bilan boshlanadi.

Spinoza falsafasining asosiy tushunchalaridan biri  bu -   yagona va cheksiz substansiya bo‘lib,  u ayni paytda xudo va tabiat sifatida namoyon bo‘ladi.  Dekartdan farqli ravishda Spinoza olamning ilk ibtidosini yagona mohiyatda deb  biladi va falsafiy monizm prinsipini yoqlaydi.  Substansiya ko‘plab, cheksiz atributlarga ega, inson ulardan faqat “ko‘lam” va “aql”nigina anglay oladi.  Har bir atribut o‘zida substansiya mohiyatini aks ettiradi, biroq ular  substansiyaga nisbatan chegaralangandir. 

Jon Lokk (1632  1704 yillar) ingliz faylasufi.  Inson aql idrokining paydo bo‘lishi, uning imkoniyatlari chegaralari xaqidagi  g‘oyalar Lokk falsafasining  asosini tashkil etdi. Bekon kabi Lokk ham , har qanday bilim tajribaga asoslanishi kerakligini takidlaydi.

Lokk empirizmni “tug‘ma g‘oyalar” konsepsiyasini  ilgari suruvchi  ratsionalizmga  qarshi qo‘yadi.  U bilish jarayonida “tug‘ma g‘oyalar”  konsepsiyasining ahamiyatini butunlay inkor qiladi.  “Er yuzida  butun boshli xalqlar  biz bilgan xudo haqidagi tushunchalardan xabardor emas, bolalar, aqli zaiflar esa,  mantiq qoidalarini deyarli bilmaydi. Xo‘sh, u holda tug‘ma g‘oyalarning mavjudligini qanday isbotlash mumkin. Insonda tug‘ma g‘oyalar emas, bilish imkoniyati mavjud, ammo bu konsepsiyaning paradoks jihati shundaki,  inson o‘zidagi mavjud  bu g‘oyalarni  o‘zi bilmaydi” deya takidlaydi Lokk. Ratsionalizmga qarshi o‘laroq Lokk, inson aqlini toza qog‘ozga o‘xshatadi: undagi bilimlar faqat tajriba asosidagina to‘planadi. Lokkk qarashlariga ko‘ra falsafaning asosiy metodi tajribaga  tayanishi kerak. 

XX asr falsafasi  o‘zining ko‘p predmetli ekanligi bilan xam ajralib turadi. Undagi  maktab va yo‘nalishlarning turfa xilligi zamonaviy fan va madaniyatning ko‘p qatlamliligini ko‘rsatadi.  XX asr  falsafiy  yo‘nalishlarining tasnifiy muammosi  batafsil,  chuqur  tahlil etilmagan, biroq shunga qaramay, tatqiqotchilar  quyidagi uchta   guruhiy tasnifni keltirishadi: 1) tahliliy pozitivistik yo‘nalish; (mantiqiy pozitivizm, postpozitivizm), 2) ekzistensial fenomenologik yo‘nalish; 3) diniy falsafiy yo‘nalish; (neotomizm, neoprotestantizm, islom va budaviylik falsafasi).

Yuqoridagi tasnifdan ayrim yo‘nalishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling