Issiqxona sharoitdagi pomidorda yer yuzi tunlamlarining uchrashi


Download 19.02 Kb.
Sana16.03.2023
Hajmi19.02 Kb.
#1273167

Kuzatishlarimiz jarayonida shu narsa maʼlum boʻldiki, kuzgi tunlam qurtlari havo xarorati 30-35S, nisbiy namlik esa 40-50 foiz boʻlganda juda yaxshi koʻpayadi. Haroratning pasayib, namlikning oshishi bilan bu zararkunandanig populyatsiya zichligi keskin kamaya boshlaydi. Ayniqsa, issiqxonalarda namlikning oshishi va qishda moʻtaʼdil harorat (10-20°C) boʻlishi bu zararkunandaning qisman nobud boʻlishiga olib keladi.
Yer yuzi tunlamlari. 2000-2004 yillarda oʻtkazilgan tajribalar davrida biz issiqxona sharoitida pamidor bilan u yoki bu darajada oziqlanadigan 5 ta turdagi tunlamlarni aniqladik. Ularning nomlari va uchrash miqdori (3.1.3.) jadvalda keltirilgan.
Issiqxona sharoitdagi pomidorda yer yuzi tunlamlarining uchrashi.

T\r

Tunlamlar turlari

Uchrashi, %

1

G’oʻza tunlami(Helicoverpa armigera.Hbn)

85,8

2

Gamma tunlami(Autographa gamma.L.)

5,5

3

Beda tunlami(Heliothіѕ vererlasa)

3,0

4

Metalsimon tunlam(Puѕia chrysitis L.)

2,4

5

Serkumfleks tunlami (Syngrapha circumflexa L.)

2,3

Bu jadvaldan koʻrinib turibdiki tajriba dalasida ancha koʻp uchraydigani oʻza tunlami (82,8%) hisoblanadi. G’oʻza tunlami zichligiga bogliq holatda unga qarshi kurash alohida xoʻjalik ahamiyatiga egadir.
Dehqonlar oʻzlarining tomorqa uchastkasidagi issiqxonalarda koʻsak qurtini koʻp xollarda kuzatmaydilar yoki amalda unga qarshi kurash choralarini qoʻllashga eʼtibor bermaydilar.
Shuning uchun biz oʻz oldimizga koʻsak qurtining zararini oʻrganish va unga qarshi kurash choralarini ishlab chikishni maqsad qilib oldik.
Koʻsak qurti- Helicoverpa armigera Hbn. Issiqxona sharoitida pomidorning bir necha turdagi zararkunandalari boʻlib, ular ichida eng havflisi hisoblangan oʻsimlikka koʻsak qurti katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Koʻsak qurti shonaga kirgan pomidorning oʻsuv nuqtasiga bittadan, ayrim hollarda ikkitadan tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan 1-yoshdagi qurtlar avvalo oʻsuv nuqtasidagi barglar bilan oziqlanib, keyinchalik 2-3 yoshdagilari shona va gullarini zararlab, katta yoshdagi qurtlari mevani zararlaydi va isteʼmolga yaroqsiz qilib qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurt issiqxona sharoitda 25-30 kun yashab 20-25 dona shona, gul va mevalarni nobud qiladi. Bu zararkunanda ayniqsa, issiqxonada kuzgi va qishki ekilgan pomidorlarga katta xavf soladi.
Koʻsak qurti boʻyicha tajribalar Farg’ona viloyati Uchko’prik tumanidagi «Mehrigiyo» agrofirma issiqxonasida olib borildi. Oʻtkazilgan tajribalardan maʼlum boʻldiki, issiqxona sharoitida kuzgi- qishki davrga moʻljallab ekilgan pomidorda avgust oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklaridan boshlab koʻsak qurti kapalaklari paydo boʻladi.
Avgust oyining oxiri sentabr oyining boshlarida urg’ochi kapalaklarning ekilgan pomidorga tuxum qoʻyishi kuzatildi. Tuxumdan qurtlarning chiqishi sentabr oyining ikkinchi oʻn kunligiga toʻgri keldi. Kuzda havo haroratining past kelishi va namlikning yuqori boʻlishi bu zararkunandaning rivojlanish siklini uzoq davom etishiga sabab boʻladi. Izlanishlarimiz natijalariga koʻra issiqxona sharoitida koʻsak qurti qishlovsiz yil davomida rivojlanib boradi.
Issiqxona sharoitida havo haroratining pasayishi va havo nisbiy namligining oshishi bilan zararkunanda populyatsiyasinig zichligi kamayib boradi.
Tajriba uchastkalarimizda dekabr oyining boshlariga kelib g’umbakka aylangan zararkunanda namlik yuqori boʻlishi sababli turli xil entomopatogen zambru'lar taʼsirida nobud boʻldi.
Izlanishlarimiz jarayonida koʻsak qurtining issikxona sharoitida serpushtliligini oʻrgandik. Bunda zararkunandaning kapalaklari issiqxona ichida, 0,5 litrli shisha bankalarga solib kuzatib borildi. Bu tajribada kapalaklarning necha kun yashashi, umbakdan chiqqan kapalaklar necha kundan keyin tuxum qoʻyishi, kapalak jami qancha tuxum qoʻyishi va tuxumlardan qurtlarining chiqishi kabi xususiyatlari oʻrganildi.
Tajribamiz natijalaridan shu maʼlum boʻldiki, koʻsak qurtining urg'ochi kapalagi oʻrtacha 24 kungacha, erkak kapalagi esa 20,6 kungacha yashar ekan. Urg'ochi kapalaklarning pushdorligi 900 tadan 1850 tagacha oʻzgarib turdi va oʻrtacha 1252,2 donani tashkil qildi. Tuxumlarning embrional rivojlanish davri 4-8 kun davom etishi aniqlandi va koʻsak qurti tuxumining embrional rivojlanish oʻrtacha 4,8 kunga toʻgri keldi. Issiqxona sharoitida kapalaklar koʻp tuxum qoʻyishiga qaramasdan tuxumlarning 16,9- 30,7 foizga yaqin qismi turli xil sabablarga koʻra, 11,6-38,2% gacha steril boʻlib nobud boʻlishi maʼlum boʻldi .
Tuxumdan chiqqan 55,9% qurtlar 6 yoshni oʻtab Tumbakka aylanadi. 1-chi yoshdagi qutlar bosh kapsulasining eni 0,3mm boʻlib, ular asosan oʻsuv nuqtasidagi barglar bilan oziqlandi. Ikkichi yoshga oʻtgan qurtlarning bosh kapsulasi 0,53 mm, ular issiqxonadagi pamidorning shonalari bilan oziqlanishi kuzatildi. Uchinchi yoshdagi qurtlarning bosh kapsulasi 0,9-1,0 mm boʻlib ular shona va gullarni zararlashi kuzatildi. Toʻrtinchi yoshdagi qurtlar bosh kasulasining eni 1,3-1,5 mm boʻlib, shu yoshdan boshlab pomidor guli va tugunchalarini zararlashi kuzatildi. Beshinchi va oltinchi yoshdagi qurtlarning bosh kapsulasi 1,9-2,4 va 2,6mm boʻlib ular asosan pomidorning yetilayotgan hosilini zararlashi kuzatildi.
Download 19.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling